O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI
MEHNAT BOZORI TATQIQOTLARI INSTITUTI
MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA MALAKA OSHIRISH KURSLARI
“ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI”
kursidan
REFERAT
MAVZU: Ish vaqti va dam olish tartibi
Bajardi: Mirzanazarov Davlat
Kurs rahbari: Dot. E. R. Xayitboyev
Toshkent-2022
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………3
1. Mehnat qonunchiligida ish vaqti
2. Ishdan tashqari ish
3. Dam olish vaqti va uning huquqiy kafolatlari
4. Mehnat ta’tillari va ularning turlari.
XULOSA……………………………………………………………………. 20
FOYDALANILGAN Adabiyotlar………………..................................22
KIRISH
Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
MKning asosiy vazifasi xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.
ISH VAQTI — xodimning ijtimoiy tashkil etilgan mehnatda ishtiroki davomiyligi meʼyori; xodim bevosita oʻz mehnat vazifalarini bajarishi uchun lozim boʻlgan, qonun bilan yoki qonun asosida belgilangan vaqt.
Tabelda belgilangan, yaʼni Ish vaqtida ish joyida boʻlganlikni hisobga olish xujjatida qayd qilingan real vaqt Ish vaqti hisoblanadi. Ish vaqti ishlab chiqarish uchun ketgan mehnat sarfi va mehnat xara-jatlari hajmini ifodalaydi, yaʼni mehnatning oʻlchovi hisoblanadi. Ish vaqtini oʻlchashning asosiy birliklari kishi-kun, kishi-soat, kishiminut (xronometraj, ish vaqti fo-tografiyasi va lahzaviy kuzatishlar oʻtkazish), kishi-oy, kishichorak, kishi-yil kabilardan iborat. Tabel hisobi kishi-kunda hisoblanadigan Ish vaqti haqidagi maʼlumotlarning asosiy manbadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |