4. Mehnat ta’tillari va ularning turlari.
Mehnat tatili-bu vaqtning shunday muayyan bir davriki, uning muddati qonun hujatlarida belgilab qo’yilganidan kam bo’lmaydi va har bir xodimga uzluksiz dam olish hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchu nish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda, har yili beriladi. Barcha mehnat tatilini belgilanib tartibiga qarab, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tatillar;
-jamoa kelishuvlarida, shuningdek, jamoa shartnomasi yoki korxonaning boshqa lokal normativ hujjatlarida nazarda tutilgan tatillar;
-mehnat shartnomasi nazarda tutilgan tatillar
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida yillik mehnat tatillarining ikki turi, yani asosiy va qo’shimcha tatillar belgilangan. Asosiy tatil, o’z navbatida, minimal asosiy tatil hamda, uzaytirilgan asosiy tatilga bo’linadi.
Minimal asosiy tatil qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yilgan. Mehnat Kodeksining 134-moddasiga binoan, uning muddati har bir ish yilida o’n besh kundan kam bo’lmasligi kerak. Uzaytirilgan asosiy tatil-muddati o’n besh ish kunidan ko’proq bo’lgan tatildir.
Yillik qo’shimcha tatil-ayrim toifadagi xodimlarga asosiy tatil, shu jumladan, uzaytirilgan asosiy tatildan tashqari beriladigan ta tildir. Minimal asosiy tatil. O’n besh ish kunidan kam bo’lmagan muddatli mehnat tatilini belgilash to’g’risidagi talab beistesno barcha xodimlarga, shu jumladan, mudatidan qati nazar mudatli mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarga, to’liqsiz i shvaqti rejimi asosida ishlayotgan xodimlarga, uyida kasanachilik asosida ishlayotgan xodimlarga va boshqalarga ham to’la taalluqlidir. Yillik asosiy tatil mudatini uzaytirishga amaldagi qonun hujjatlari monelik qilmaydi. Lekin, bunday hollarda minimal asosiy tatil o’z manosini yo’qotadi va yillik uzaytirilgan asosiy tatilga aylanadi. Xodim qo’shimcha tatil olish huquqiga ega bo’lgan hollarda ham tatilning umumiy muddati uzayadi, chunki qo’shimcha tatil asosiy tatil muddatiga qo’shiladi.
Uzaytirilgan asosiy tatil. Mehnat Kodeksi 1,35-modasining birinchi qismiga binoan, yo shva sog’lig’i holatini hisobga olgan holda, muddati kamida o’ttiz kalendar kundan iborat bo’lgan yillik uzaytirilgan asosiy tatil 18 yoshga to’lmagan shaxslarga, hamda, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga belgilanishi mumkin. Chunonchi, yangi tahrirdagi «Sudlar to’g’risida»gi O’zbekiston Rnspublikasi Qonunning 75-moddasiga binoan, mamlakatimizning amaldagi sud tizimiga mansub barcha sudyalarga muddati 36 ish kunidan iborat haq to’lanadigan yillik tatil tayin etiladi.
Qonun hujjatlarida mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xusuyatlarini, hamda boshqa hollarni etiborga olib boshqa toifadagi xodimlarga ham uzaytirilgan asosiy tatillar nazarda tutilgan. Uzaytirilgan asosiy tatil xususan, quyidagilarga:
1.Oliy o’quv yurtlari, malmka oshirish institutlarining o’qituvchilariga muddati 48 ish kunidan iborat bo’lgan tatil beriladi. Bunda shuni etiborga olish joizki, bunday bilim dargohlarining mamuriyat va o’quv-ilmiy bo’limlari xodimlariga (rektorlar (direktorlar), ularning ilmiy kotiblar, bo’linmalar mudirlari, ilmiy bo’limlar boshliqlari, ilmiy-tadqiqot bo’limlari mudirlari, asperantura, talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti rahbarlari, uslubiyotchilar, kata ilmiy xodimlar, ilmiy xodimlar, labrorantlarga) muddati 24 ish kunidan iborat yillik uzaytirilgan tatil beriladi. Biroq, yuqorida aytib o’tilgan o’quv yurtlarining rektorlari (direktorlari), ularning o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, fakultetlarning dekanlari, bo’linmalar mudirlari, ilmiy bo’limlar boshliqlari, aspirantura va talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti rahbarlari shuningdek, ilmiy kotiblar o’zlarining asosiy ishlari bilan bir qatorda, shu o’quv yurtida yillik normaning kamida uchdan bir miqdorida dars beradigan bo’lsalar, ularning yillik tatil muddati 48 ish kuniga qadar uzaytiriladi.
2.Maktablar va pedagogika bilim yurtlarining direktorlari (mudirlari), ilmiy bilimlar mudirlari, o’qituvchilar, xarbiy rahbarlar va maktab inspektorlari, kuni uzaytirilgan maktablar, hamda, maktablardagi kuni uzaytirilgan guruhlar tarbiyachilari, maktab-internat tarbiyachilariga muddati 48 ish kunidan iborat, labarantlarga muddati 24 ish kunidan iborat.
3.Bolalar bog’chalarining mudirlari, tarbiyachilariga, to’garak rahbarlariga, musiqa xodimlariga muddati 36 ish kunidan iborat tatil beriladi.
4.Bolalar uylari, hamda, alohida rejimdagi bolalar bog’chalari xodimlariga, direktorlari (mudirlari), ularning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, o’qituvchilari, tarbiyachilari, to’garak rahbarlari, musiqa xodimlari, mehnat ta’lim yo’riqchilari, eshitish kabinetining yo’riqchilariga 48 ish kunidan iborat: bo’linmalar, ustaxonalar mudirlari, vrachlar, feldsherlar, tibbiyot hamshiralari, evakuatorlar, enaga, hamda, kiyim-kechak, yotoq anjomlarini beruvchi xodimlarga 24 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
5.Pedagogika va maktabgacha tarbiya uslubiyot kabinetlarining mudirlari, uslubiyotchilari va yo’riqchilariga 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
6.maktabdan tashqarii bolalar muassasalari direktorlariga 24 ish kunidan shu muassasalardagi to’garaklar rahbarlariga esa 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
7.Ommaviy madaniy-ma’rifiy muassasalarning ayrim xodimlariga (direktorlar, mudirlar, voizlar, ekskursiya etakchilari, maslahatchilar, yo’riqchilar, badiiy havaskorlik rahbarlari, to’garaklar va sektsiyalar rahbarlari, ommaviy tadbirlar uyushtiruvchilarga) 24 ish kunidan iborat ta’til beriladi. Ayni shunday muddatli ta’til muzey, lektsiya, ekskursiya va klub ishlari yo’nalishidagi uslubiyot kabinetlari mudirlari va direktorlariga, hamda, uslubiyotchilariga ham belgilangan.
8.Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va bolalar uylarida uch yshga to’lmagan bolalar tarbiyasi bilan mashg’ul tibbiyot hamshiralari, hamda yasli guruhlari tarbiyachilariga 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
9.O’qituvchilar malakasini oshirish institutlarining direktorlari, ularning o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosarlari, kabinet mudirlari va uslubiyotchilarga 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
10.Davolash-profilaktika muassasalarining pedagok xodimlari: tarbiyachi-uslubiyotchilarga, mehnat inspektorlariga, ruhiy kasalliklar, ruhiy-nevrologik kasalliklar, silga qarshi kurash, yuqumli kasalliklar muassasalaridagi, eshitish va gapirishda nuqsoni bo’lgan bolalar, markaziy asab tizimi shkastlangan va aqli zaif bolalar muassasalardagi musiqa rahbarlari 48 ish kunidan iborat; boshqa muassasalar yoki ularning bo’linmalardagi shunday mutaxasislarga 36 ish kunidan iborat ta’til; shunday muassasalarning pedagogika ishlari mudirlari, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar davolash-profilaktika muassasalardagi pedagogika mudirlariga 48 ish kunidan, maktabgacha yoshdagi bolalar davolash-profilaktika muassasalarida esa 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
11.Bolalar-o’smirlar sport maktablarining shtatli trenir-o’qituvchilariga 36 ish kunidan iborat ta’til beriladi.
12.O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining ilmiy-tadqiqot, ilmiy-muzey, ilmiy-badiiy va ilmiy-kutubxonachilik muassasalarining ayrim xodimlariga, shuningdek, ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo’yiladigan boshqa ilmiy muassasalarning ayrim xodimlariga: direktorlarga, ularning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlariga, bo’linmalar, bo’limlar, sho’’balar va labaratoriyalar mudirlariga mustaqil ilmiy ish olib borayotgan ilmiy kotiblarga, bosh etakchi va katta ilmiy xodimlarga, bosh va katta kutubxonachilarga, bosh va katta bibliograflarga, katta muharrirlarga, basharti ularda Fan doktori ilmiy darajasi bo’lsa, muddati 48 ish kunidan iborat, hamda fan nomzodi ilmiy darajasi bo’lsa 36 ish kunidan iborat yillik ta’til beriladi. Agar mazkur shaxslar ilmiy darajasi bo’lmasa, ularning yillik ta’tili muddati 24 ish kunidan iborat bo’ladi.
13.Kutubxonalar direktorlari, ularning ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, filiallari, bo’linmalar, bo’limlar, sho’’balar, kabinetlar va o’quv zallari mudirlari, ilmiy kotiblar, bosh va katta bibliograflar, hamda, kutubxonachilar, tarjimon kutubxonachilar va kutubxonachi va bibliograflar, muharrir bibliograflar, kutubxonalardagi ish bilan mashg’ul kata muharrir, mutaxasis muharrir va muharrirlarga muddati 24 ish kunidan iborat yillik asosiy tatil beriladi.
Qo’shimcha tatillar. Qo’shimcha tatil bu ayrim xodimlarga o’zlariga belgilangan asosiy (minimal yoki uzaytirilgan) tatildan tashqarii (qo’shimcha ravishda) beriladigan mehnat tatili turidir. Mehnat kodeksning 136-moddasiga muvofiq, qo’shimcha tatillar quyidagi xodimlarga belgilanishi kerak:
-mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga;
-o’ziga xos bo’lgan, shuningdek, og’ir va noqulay-tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga,
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Yana shunga e’tibor qaratish kerakki, Mehnat Kodeksining 232-moddasi o’n ikki yoshga to’lmagan ikki yoki undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili ijtimoiy qo’shimcha ta’til berilishini nazarda tutadi. Chunonchi, qo’shimcha ta’til olish huquqiga Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil harakati sababli nogiron bo’lib qolganlardan, Chernobil AES da ishlagan yoki halokat natijasida zararlangan zonada halokat oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan, maxsus yig’inlarga chaqirilgan va halokat oqibatlarini tugatish bilan bog’liq zararlangan zonadagi ishlarni bajarishga jalb etilgan xarbiy xizmatchilar va xarbiy majburiyatli shaxslar egadirlar. Ko’rsatib o’tilgan xodimlarga ish haqi saqlangan holda, har yili beriladigan qo’shimcha ta’til muddati 14 kalendar kundan iborat bo’ladi. «Prokuratura to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 52-moddasiga muvofiq, prokuror-tergov xodimlariga asosiy ta’til (30 sutka) dan tashqari ish staji uchun:
-o’n kalendar yildan keyin-5 sutka;
-yigirma kalendar yildan keyin-10sutka;
-yigirma besh kalendar yildan keyin-15 sutka muddat bilan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi.
Mehnat ta’tillarini beri shva ulardan foydalanish.
Mehnat ta’tillarini berish tartibi va navbati. Yillik mehnat ta’tilini berish navbati ko’p jihatdan korxona bajarayotgan vazifalarning o’ziga xos xususiyatlariga va talay boshqa holatlarga bog’liq bo’ladi. Xodimlarga mehnat ta’tillarini beri shvaqti jadvalda shunday mo’ljal bilan belgilanishi kerakki, toki ulardan foydalanish normal ishlab chiqarish jarayoniga halaqit bermasin. Biroq, hatto, ana shu holat ham ayrim xodimlarga mehnat ta’tilini, yilning ular uchun qulay vaqtida berishni rad etishga asos bo’la olmaydi. Bunday xodimlar ro’yxati Mehnat Kodeksi 144-moddasining uchunchi qismida nazarda tutilgan bo’lib, unga binoan, ta’til xodimning xohishiga ko’ra, yozgi yoki uning uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
-o’n to’rt yoshga to’lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz ona (beva erkaklar beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz ona) larga va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
-I va II guruh nogironlariga;
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;
-ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga.
Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xohishlariga binoan, xotinlarning homiladorlik va tug’ish ta’tili davrida beriladi.
Mehnat Kodeksi 143-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy qoidaga ko’ra, birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda mehnat shartnomasiga binoan, ish boshlangan kundan e’tiboran olti oy o’tganidan keyin paydo bo’ladi. Mehnat Kodeksi 143-moddasining uchinchi qismiga binoan, ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo’yicha olti oy o’tmasdan beriladi:
-ayollarga-homiladorlik va tug’ish ta’tili oldidan yoki undan keyin;
-I va II guruh nogironlariga;
-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga;
-muddatli harbiy xizmatdan zahiraga bo’shatilgan va ishga joylashgan harbiy xizmatchilarga;
-o’rindoshlik asosida ishlayotganlarga;
-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilimi yurtlarida, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash institutlari va kurslarida o’qiyotganlarga, agar ular o’zlarining yillik ta’tillarini imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o’quv ishlarini bajarish vaqtiga to’g’rilab olishni shohlasalar;
-texnologiyadagi ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga.
Ko’rsatilgan hollarda ish beruvchi, shuningdek, xodimning unga ishga kirga kunidan boshlab olti oy o’tmasdan to’liq muddatli haq to’lanadigan ta’tilni berish to’g’risidagi idtimosini qanoatlantirish shart. Avvalgi ish joyidagi mehnat shartnomasi xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o’zgarishi munosabati bilan birinchi ish yili uchun mehnat ta’tilidan muddatidan oldin foydalanish huquqiga ega. Binobarin, birinchi ish yili xohishiga ko’ra, istalgan paytda, shu jumladan, mazkur korxonadagi ishning olti oyi o’tmasdan oldin ham berilishi mumkin. Xodim muddatidan oldin ta’til olish uchun tasdiqlovchi hujjat sifatida unga avvalgi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqning ko’chirma nusxasini ish beruvchiga taqdim etishi mumkin. Ta’til mazkur toifadagi xodimlar uchun belgilangandan kam bo’lmagan muddatga berilishi va to’liq miqdorda haq to’lanishi lozim.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ish vaqti bu odamning ish grafigi yoki mehnat intizomi doirasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda ishxonada o‘tkazgan vaqtidir. Ish kuni tushunchasi vaqt chegarasini bildiradi va uning mobaynida ishchi ish joyidan ajralmasligi nazarda tutiladi. Mehnat kodeksining 114-moddasida ish vaqti tushunchasiga tavsif berilgan: “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi”. Qonunchilikda ko‘proq ish vaqti va ish haftasi tushunchalaridan foydalaniladi.
Xodimlar uchun Ish vaqtining meʼyori muddati haftasiga 40 soatdan ortiq boʻlmasligi, 6 kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati — 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan ortib ketmasligi shart. Ayrim to-ifadagi xodimlar uchun ular yoshi, sogʻligʻi, mehnat shartlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga holatlarni inobatga olib, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnat haqini kamaytirmasdan, Ish vaqtining qisqartirilgan muddatlari belgilanadi (q. Ish kupi). Mazkur ishlarning roʻyxati va Ish vaqtining aniq muddati OʻzR hukumati tomonidan belgilanadi. Bay-ram kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi keli-shuvga binoan, ishga qabul qilish chogʻida va keyinchalik ham toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilab qoʻyilishi mumkin. Toʻliqsiz Ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat taʼtili muddatini, mehnat stajini hisoblash va b. mexnatga oid huquklarni bironbir tarzda cheklashga asos boʻla olmaydi, bunda ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.
Korxona va muassasalarda mehnat rejimlarini ratsional oʻrnatish, ish grafiklarini, ish kuni davomida ishlash va dam olish rejimlarini tu-zish, asbob-uskunalar va ishchilarning bekor turish vaqtini hamda Ish vaqtini unumsiz sarflashini tugatish tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat rejimi ish boshlanishi va tugashi, ovqatlanish uchun tanaffus vaqti qamda korxona xodimlarining oʻz vazifalarini baja-rayotgan vaqtdagi axloq qoidalarini, huquq va burchlarini aniqlashni koʻzda tutadi. Ish va dam olish kunlarining almashinuvini, smenalarning davom etish vaqtini, ishchilarini bir smenadan ikkinchisiga oʻtish tartiblarini belgilash uchun ish grafiklari tuziladi.
Xalqaro mehnat statistikasi 8konferensiyasi (1962-y.) hujjatlarida Ish vaqtini meʼyordagi Ish vaqti (qonun hamda qoidalar bilan yoki ularga muvofiq, shuningdek, jamoa shartnomalari va arbitraj qarorlari bilan belgilangan vaqt), qaqi qi y I. v. (jumladan, meʼyordagi vaqt oraligʻida haqiqiy ishlangan soatlar, ish oʻrnida ishga tayyorlanish uchun ketadigan vaqt, ish joyida ishsiz oʻtkaziladigan, ammo mehnat shartnomasida haq toʻlash kafolatlab qoʻyilgan vaqt, ish oʻrnida odam olishga sarf boʻladigan qisqa vaqtlar) va haq toʻlanadigan Ish vaqtiga ajratish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |