Ish vaqti bu odamning ish grafigi yoki mehnat intizomi doirasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajargan holda ishxonada o‘tkazgan vaqtidir. Ish kuni tushunchasi vaqt chegarasini bildiradi va uning mobaynida ishchi ish joyidan ajralmasligi nazarda tutiladi.
Mehnat kodeksining 114-moddasida ish vaqti tushunchasiga tavsif berilgan: “Xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi”. Ish haftasining esa asosan ikki turi mavjud — bu 2 kun dam olinadigan 5 kunlik ish haftasi yoki 1 kun dam olinadigan 6 kunlik ish haftasi. MKning 115-moddasiga ko‘ra, hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.
Tashkilotlarda ish kunlari bo‘yicha ish vaqti davomiyligining boshqa tartibi ham ko‘zda tutilishi mumkin. Bunda asosiysi ish vaqtining haftasiga 40 soatdan ortib ketmasligi shart.
Shuningdek, mehnat qonunchiligida Qisqartirilgan ish haftasi degan tushuncha mavjud. Ushbu holatda odam belgilangan me'yor bo‘yicha ishlaydi, ya'ni kuniga 8 soatdan, ammo haftasiga 5 kun emas, masalan, uch yoki to‘rt.
Qisqartirilgan, ya'ni noto‘liq ish kuni bo‘yicha ish beruvchi bilan oldindan kelishib olish darkor. Bunday turdagi ish rejimida ishlashga quyidagilarga ruxsat beriladi:
byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta'minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga.
Aytish kerakki, ish vaqtining muddati:
16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlarga – haftasiga 36 soatdan;
15 dan 16 yoshgacha bo‘lganlarga – haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilangan.
Bundan tashqari, qonunchilik bilan “Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxati” tasdiqlangan (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan). Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim va pedagog xodimlar televidenie va radioeshittirish sohalarining ayrim xodimlariga mazkur huquq berilgan.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati ish haftasining besh yoki olti soatlik bo‘lishidan qat'iy nazar barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Bundan tashqari, Mehnat kodeksining119-moddasiga ko‘ra, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish chog‘ida ham, keyinchalik ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin. Ammo qonunchilikda to‘liqsiz ish vaqtida ish soati qancha vaqtga (soatga) qisqarishiga aniqlik kiritilmagan.
Qonunchilikka ko‘ra ish beruvchi quyidagilarga iltimosiga ko‘ra ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majbur:
14 yoshga to‘lmagan (16yoshga to‘lmagan nogiron) bolasi bor ayolning;
homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a'zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning.
To‘liqsiz ish sharoitida ishlash xodim uchun asosiy yillik ta'tilning qisqartirilishi, mehnat stajining kamaytirilishi va boshqa mehnat huquqlarining qisqartirilishiga sabab bo‘la olmaydi.
To‘liqsiz ish vaqti mehnat shartnomasida albatta ko‘rsatilishi kerak.
To‘liqsiz ish vaqti qisqartirilgan ish vaqtidan mehnatga haq to‘lash tartibi bilan farqlanadi. Agar to‘liqsiz ish kunida mehnatga haq to‘lash ishlangan vaqt, bajarilgan ishga qarab amalga oshirilsa, qisqartirilgan ish vaqtida mehnatga qonunchilik bilan belgilangan miqdorda to‘liq haq to‘lanadi.
Shuningdek, mehnat qonunchiligida Ish vaqtidan tashqari ish tushunchasi mavjud. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi. Qonunchilikka ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin, ammo quyidagi holatlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi:
ish smenasining muddati 12 soatdan iborat bo‘lganda;
shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda.
Ish vaqtidan tashqari ish uchun ikki hissadan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanadi. Ammo MKning 125-moddasiga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun:
surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan;
mehnat sharoiti og‘ir va zararli ishlarda — 1 kunda 2 soatdan;