Rasm-4.5.1. sug’orish shlanglarini 0,50-0,70 sm chuqurlikka yotqizish
.
87
4.5.2-rasm.Tuproq ostidan sug’orish usulini mantaj qilish.
Rasm-4.6.3 tuproq ostidan sug’orish usulini go’za ekiniga qo’llanilishi.
4.7
Noan’anaviy sug’orish tenikasining konstruktsiyasi va ish
tamoyillari
Adir yonbag’irliklarida sug’orishni tashkil qilishda uning yuqori qismida
o’tkazilgan betonlangan yoki temir-beton nov kanallaridan yoxud quvurli
ta’minlash tarmoqlaridan foydalanish mumkin. Sug’orish uchun suv sarfi
tarmoqning yuqori qismida joylashtirilgan boshqaruvchi zadvijka orqali sintetik
to’r material yordamida oquvchan jisimlardan tozalangan xolda beriladi.
Yonbag’irlikning tabiiy rel’ef sharoiti natijasida vujudga keladigan yuqori
bosim xar bir ko’chat qatori uchun joylashtiriladigan moslamalar yordamida
so’ndirilib, zaruriy miqdordagi past—0.9...1.0 metrli bosim saqlab qolingan xolda
sug’orish, quvurlari belgilangan miqdordagi suv sarfi bilan ta’minlab turiladi.
88
Yuqorida joylashgan ko’chat qatorlari extiyojidan ortiqcha suv sarflari
yonbag’irlikning quyi qismiga taqsimlash quvuri orqali o’tkazib beriladi.
Bosimni rostlovchi moslamalarning asosiy konstruktiv xususiyatlaridan yana
biri, zaruriyat yuzasidan ixtiyoriy ko’chat qatoridagi sug’orish ishlarini aloxida
xolda olib borish yoki to’xtata olish imkoniyatidir. Bu moslamalar yordamida
uzatilgan suv sarfi sug’orish quvurlari uzunligi bo’yicha bir tekis masofada
ochilgan turlicha diametrli tuynukchalar orqali egat uzunligi bo’yicha bir xil
miqdordagi oqim dastalari xolatida taqsimlaydi. Oqim dastalarining miqdori va
tuynuklar orasidagi masofalar qator uzunligi va uning bo’ylama nishabligiga
bog’liq xolda maxsus xisoblash usullari yordamida aniqlanadi. Suv chiqarish
tuynuklari orasidagi masofalarni imkon qadar qisqartirilishi egat uzunligi bo’yicha
namlanishni bir tekkis bo’lishini, muayyan qatorga mumkin qadar eng ko’p
miqdorda umumiy suv sarfi olishni ta’minlaydi. Buning natijasida esa sug’orish
jarayoni qisqa muddatlarda sifatli darajada o’tkazilishi mumkin.
Adir yonbag’irliklaridagi konturli intensiv bog’ yoki uzumzorlarda qo’llash
uchun biz tavsiya etayotgan sug’orish texnikasi yordamida suv sarfi ko’chat
qatorlari bo’ylab ochilgan egatlarning boshidan oxirigacha juda qisqa masofalarda
(1,5-4,0 m.), xisoblangan bir xil miqdorda taqsimlab beradi. Bu bilan bir
marotabalik sug’orish me’yori egat chuqurligining 3/4….4/5 qismi suv bilan
to’lishi arafasida yakunlanadi.
89
1.
Taqsimlash qismi diametri 50-75 mm.li polietilen quvurlardan terrasalangan
yonbag’irliklarni ko’ndalang yo’nalishi bo’yicha qirqimi nusxasida
terrasaning o’zida 65-70 sm; qiyaliklarida esa 20-25 sm chuqurlikda
yotqiziladi.
2.
Suv bosimini barqarorlashtiruvchi moslamalar terrassalardagi ko’chat
qatorlari boshlanishiga o’rnatiladi.
3.
Sug’orish qismi diametri 25-32 mm.li poliyetilen quvurlardan tayyorlanib
ko’chat qatori bo’lab yer satxidan 10-15 sm yuqorida tortilgan shpaler
simlariga bog’lanib, uzunligi, bo’yicha bir tekis masofada turlicha diametrli
suv chiqarish tuynuklari va so’ngi qismda tiqin bilan jixozlanadi.
Nazariy va amaliy jihatdan qaralganda sug’orish texnikasi va uning
texnologiyalarining qo’llanilishi maydonning bo’ylama nishabligiga bog’liq holda
loyihalashtirilishi zarur bo’ladi. CHunki nishablikka bog’liq ravishda sug’orish
quvurining umumiy suv sarfi, uzunligi, diametri va boshqa gidravlik
parametrlarning o’zgarishi kutiladi. Jumladan, nishablikning qimmati 0.003dan
kichik yoki 0-ga teng xolatlarda egatlarda suvning bo’ylama yo’nalishda
xarakatlanishi cheklanib, oqim xosil bo’lmasligi, faqatgina egat ichida suv
to’plana borishi kuzatiladi (a-rasm).
Bu yerda: 1- sug’orish quvuri { (d=20…32mm-li boshidan oxirigacha juda qisqa
masofalarda (1,5-4,0 m.) belgilangan bir xil miqdordagi suv sarflarini taqsimlab
beruvchi suv chiqarish tuynuklari bilan jixozlangan};
2.-egatning qirg’og’i; 3-egatdagi to’plangan suv satxi;
90
q- sug’orish quvurlari tuynuklaridan berilayotgan suv sarfi;
Δℓ-suv chiqarish tuynuklari orasidagi masofa;
h- egatdagi to’planayotgan suv chuqurligi;
N-egatning chuqurligi.
Ko’chat qatorlarining egati bo’ylama nishablikka ega bo’lgan xolatlarda esa,
egatga tushgan suv ma’lum darajada oqimga ega bo’lib, egat oxirida uning miqdori
sezilarli darajada ortib, tashlama xosil qilishi va egatning boshlang’ich qismlarida
namlik yetarli darajada to’planmay qolishi yoki umumiy sug’orish me’yorining
xaddan ortiq bo’lib ,sug’orish texnikasi foydali ish koeffitsiyentini kamayib
ketishiga olib keladi.
Bu yerda: ℓ-egatning ajratilgan bo’lagining uzunligi;
h
1,
h
2
- mos ravishda egatning ajratilgan bo’lagining boshlanishi va oxiridagi
suvning chuqurliklari; 4-xisobiy bo’lakni ajratuvchi to’siq.
4.Po’kakli habarchi tarmoqning eng quyi qismida joylashgan suv bosimi va
sarfini barqarorlashtiruvchi moslamaga o’rnatiladi. Uning vazifasi sug’orish
jarayonida suv sarfi barqarorligi buzilgan, sug’orish quvurlari ish jarayonida yuz
bergan kamchiliklar haqida kunduzi tovushli, kechasi yorug’lik yordamida habar
tarqatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |