7-LABORATORIYA ISHI
QATTIQ JISMLARNING SIRPANISH ISHQALANISH KOEFFITSIYENTINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: tribometr yordamida turli xil qattiq jismlar orasidagi sirpanish ishqalanish koeffitsiyentini aniqlashni o’rganish.
Kerakli asbob va qurilmalar: Tribometr, ishqalanish koeffitsiyenti aniqlanadigan yog’och va metal taxtalar, tarozi toshlari, shayton, shtangensirkul.
Nazariy qism Jismlarning o’zaro tegib turgan sirtlari orasida paydo bo’ladigan va ularning harakatlanishiga qarshilik ko’rsatuvchi kuch ishqalanish kuchi deb ataladi. Bu kuch jismlar sirtlari bo’ylab yo’nalgan harakatga qarshi bo’ladi. ishqalanish ikki xil bo’ladi. tashqi va ichki ishqalanish. Tashqi ishqalanish ikki qattiq jism sirtlari o’zaro tegib turgan nuqtalarda bo’ladi. jismlar o’zaro bir- biriga nisbatan qo’zg’almas bo’lganida ular orasidagi ishqalanish tinch ishqalanish bo’ladi. jismlar harakatlanganda sirpanish ishqalanish paydo bo’ladi. qattiq jismlarning biri tinch turib uning ustida ikkinchi dumalaganda hosil bo’ladigan ishqalasnish dumalanish ishqalanish deyiladi. Suyuqlik va gazalarning o’zaro harakatida ichki ishqalanish (qovushqoqlik) paydo bo’ladi. jism tekis harakatlanganida jismni tortish kuchiga teng bo’ladi. ya’ni:
F=Fi U holda dinamikaning asosiy qonunini quyidagicha yozish mumkin.
F+Fi=ma Bunda F jismni tortish kuchi; Fi ishqalanish kuchi; a tezlanish; m jism massasi.
Eng katta ishqalanish kuchi jism tinch turganda bo’ladi. sirpanish ishqalanish o’rinli bo’lganida ishqalanish kuchi tortish kuchiga proporsional bo’ladi va jism tekis tezlanishisiz harakatlanadi ya’ni,
Fi=µN, Bunda µ ishqalanish koeffitsiyenti.
Agar tribometr ustidagi taxtachani harakatlantiruvchi F kuch Fi sirpanish ishqalanish kuchidan katta bo’lsa taxtacha tezlanishga ega bo’ladi. agar Fi> F bo’lsa u vaqtda harakat sekinlanuvchan bo’lib jism asta sekin to’xtab qoladi. Agar bo’lsa u holda taxtacha tekis harakat qiladi. Demak taxtachani twkis harakatga keltirib sirpanish ishqalanish kuchini aniqlash mumkin. Buning uchun taxtani sekin tortib yuborilganda u tekis harakatga kelguncha pallachaga tarozi toshlaridan qo’yib boorish kerak. Bu vaqtda taxtachani harakatlantiruvchi F kuch tarozi toshlari bilan pallacha og’irligining yig’indisiga teng bo’ladi ya’ni;
F=PT+Pn
Bunda PT tarozi toshlarining og’riligi; Pn pallachaning og’irligi.
Ishqalanish kuchi son qiymati jihatidan harakatlantiruvchi kuchga teng bo’lgani uchun Fu=PT+Pn deb yoza olamiz. PT=mTg, Pn=mng ekanligini nazarga olsak (bu yerda mT toshlarining massasi mn pallachaning massasi) u holda Fu=(mT+mn)g bo’ladi.
Binobarin sirpanish ishqalanish koeffitsiyentining ifodasini quyidagicha ko’rinishda yozish mumkin.
, bu yerda m taxtachaning massasi, P=mg taxtachaning og’irligi
.QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI
Sirpanish ishqalanish kuchini tribometr deb ataladigan asbob yordamida o’tkazilgan tajribalar asosida aniqlash mumkin. Tribometrning tuzilishi rasmda keltirilgan. Uzunligi 60-50 sm va kengligi 10-15 sm bo’lgan A stolcha ustiga bir- biriga parallel holda B taxtacha va silliq sirtli M metall yotqizilgan. B taxtachaning chetiga deyarli ishqalanishsiz harakatlanadigan V blok mahkamlangan. Silliq sirt ustida yog’och yoki metal taxtacha (yuk) ni harakatga keltirish uchun unga bog’lanagan ip blok orqali o’tkazilib uning ikkinchi uchidagi P pallacha toshlari qo’yiladi va og’irlik kuchi ta’sirida taxtacha harakatga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |