4.5.2-rasm. O’q ariqlarga plyonka to’shash, sug’orishda quvurdan
foydalanish
Egiluvchan quvurlar buyurtmachining shartiga ko’ra suv oqimining sarfiga
va bosimiga qarab 200 mm dan 500 mm va undan katta diametrda, devor qalinligi
esa 250 mikrondan 500 mikron va undan qalin qilib ishlab chiqilishi mumkin.
4.6. Tuproq ostidan sug’orish
XIX asrni boshlarida tuproq ostidan sug’orish g’oyasi boshlangan o’tgan
asrni o’rtalarida olmon agranomi Petrson tomonidan bu g’oya amalga
oshirilgan.1830-1890 yillarda tuproq ostidan sug’orish tajribalari Frantsiya,
Amerika, Italiya va Germaniya davlatlarida tajribalar olib borilgan.
Tuproq ostidan sug’orish usuli tarixda quyidagi olimlarning ishlanmalarida
ko’rilgan: P.I.Abol (1936), V.I.Bobchenko (1957), V.E.Eromenko (1957,
V.G.Korneva
(1959),
A.N.Kostyakov
(1951),
B.A.SHumakov
(1962),
R.A.Axmedov
(1974).
YUqoridagi
avtorlar
tuproq
ostidan
sug’orish
texnologiyasini afzalliklarini boshqa sug’orish usullariga nisbatan aniqlashgan.
Bundagi asosiy ko’rsatkichlar tuproqning faol qatlamida namlikni uzoq muddatda
ushlab turishi xosildorlikni ortishiga tuproqning strukturasini yaxshilanishi,
tuproqda qatqaloq xosil bo’lmasligi bu usulni to’la avtomatizatsiyalashganligi va
qo’l kuchini kamaytirish, suvni iqtisodi qilish xamda tuproqni mexanizatsiya
yordamida ishlov berishda qulayliklar vudujga kelishi yerni foydali ish
koeffitsiyentini ortishiga olib keladi.
82
O’tgan asrni 20 yillarida V.G.Korneva (1933) Frantsiyada tuproq ostidan
sug’orish texnologiyasini tajribasini o’tkazdi Tajribada olingan natijalarga asosan
xosildorlikni ortishi xamda yerlarni meliorativ xolatini yaxshilanishiga olib
kelishini ta’kidladi.
Toshkent viloyatining Oqqovoq tajriba stantsiyasida 1950 yili (Eremenko
V.E.) tajriba olib bordi. Tajriba natijasiga ko’ra bu usul tuproqni havo ozuqa
rejimini yaxshilanishi bug’lanishni kamaytirishi va o’simlikni erkin o’sishini
ta’minlash xamda g’o’zani xosildorligini ortishiga olib kelishni ta’kidladi.
Tojigistonda (G.Yu.Sheynkin, 1977, 1982) tuproq ostidan sug’orish tajribasi
natijasida o’g’it suv bilan birgalikda berilishi va tuproqning suv-fizik xossalarini
yaxshilanishi xosildorlikni 12 ts/ga ortishiga va suvni isrofi 1,5 marta
kamayishligini isbotladi.
R.A.Axmedov (1973,1974) Toshkent viloyatining og’ir bo’z tuproqlarida
tajriba olib borilganda tuproq ostidan sug’orish egat qator oralig’i 60 sm bo’lganda
45,4-46,1 ts/ga ni tashkil etgan nazorat egat olib sug’orilganda esa bu ko’rsatkich
9,5-10,5 ts/ga kam bo’lganini ta’kidladi.
(1970-1982) yillarda olib borilgan tuproq ostidan sug’orish tajriba natijalari
paxtani xosildorligi 10,7 ts/ga ortganligi va o’z-o’zini qoplash muddati 3,5-5,5
yilni tashkil etganligini ta’kidladi.
Istiqbolli tuproq ostidan sug’orish usuli (G.Bezborodov, B.Komilov) larning
ma’lumotlariga ko’ra qulay,arzon samarali xisoblanadi. Vegetatsiya mobaynida
g’o’za oddiy
egat orqali sug’orish usulida 5-6 marta sug’orilganda
5673m
3
/ga
suv
sarflansa,tomchilatib
sug’orish
usulida
7
marta
sug’orilib,mavsumiy sug’orish me’eri 3863m
3
/ga ni tashkil etadi. Natijada
gektariga 1810m
3
/ga (31,9%) suv tejalashga erishiladi.
Tuproq ostidan sug’orish usuli afzalliklari S.YAzgan tajribasi natijasida
olingan ma’lumotlarga ko’ra tuproq ostidan va jo’yak oralab sug’orish usullari
sinovlari (sinov pomidorni sug’orishda qo’llanildi) Ekin xosildorligi 100% ga
ortdi, o’g’it 40%ga, mexnat sarfi 90%ga, suv 50%ga tejab qolindi.
83
G’o’zadan yuqori xosil olishda sug’orish usullari, rejimi, o’g’it ma’erlari
katta axamiyatga ega. B.Jo’raqulov tajribasi natijasida olingan ma’lumotlarga
ko’ra tuproq ostidan sug’orish paxta xosildorligini oshirish bilan birga tuproqning
agrofizik, agrokimyoviy va boshqa sharoitlarini yaxshilaydi ,er buzilishini oldini
oladi.
Yu.Georgiyevskiy tajribasi natijasida olingan ma’lumotlarga ko’ra tuproq
ostidan sug’orish usuli tuproqni eroziyasini bartaraf etadi, tuproqni suv –xavo
rejimi yaxshilanadi, sug’orish tuliq avtomatlashadi.
Ekilgan g’o’za ildizi doimo namlikda bo’lganligi uchun dalani boshida xam,
oxirida xam g’o’zani bir xil rivojlanishiga imkon yaratadi.
Xozirgi vaqtgacha g’o’za yerishtirish texnalogiyasi takomillashtirib
borilmokda. Bajarilgan ilmiy izlanishlarni taxlili shuni ko’rsatadiki, bu
texnalogiyalar asosan avtomorf tuproqlarda aprabatsiyadan o’tgan va gidromorf
tuproqlarda to’la o’rganilmagan. Bu texnologiyalar bo’yicha qishloq xo’jalik
ekinlarini yetishtirishda xorijda tegishli e’tibor berilgan (Broun, 1981; Levin,
1997).
O’simliklarni suv tartibi masalasi mamlakatimiz va xorij olimlarida juda
katta qiziqish uyg’otib kelgan va xozirgi kunda xam izlanishlar olib brilyapti.
O’simliklarning me’yorida o’sishi, yaxshi rivojlanishi,yuqori xosil berishi uchun,
tuproqdagi namlikning yetarli miqdorida bo’lishi katta axamiyatga ega.
O’zbekiston fanlan akademiyasi Tuproqshunoslik va agroximiya ilmgohi
olimlari ( Umarov M.U.; Ikramov J.I. va boshqalar,1978 y.) o’tgazgan tajribalarga
ko’ra, tuproqning fizik xossalari va suv-xavo tartibi aeratsiyasi ildizlarning nafas
olishiga, sug’orish tartiblari va tuproq osti qismining ortiqcha namlanishi, zaxob
suvining ko’tarilishi yomon ta’sir etishini tasdiqlashgan.
Qurg’oqchilik sharoitida suv taxchilligi organik moddaning umumiy
maxsuldorligi kuchli ta’sir qiladi (A.M.Alekseyev,1938,1948 yy.: Maksimov, 1939
y.).
84
O’simlikning suv va ozuqaga bo’lgan talabi qanchalik to’liq qondirilsa, u
bergan xosilni sifati shuncha yuqori bo’ladi (N.S.Petinov, 1950,1957
y.y.).O’simlikka suv yetishmaslik natijasida gidroliz jarayon sintez jarayonidan
ustun turadi, transpiratsiya va assimilyatsiya jarayoni keskin kamayadi natijada
organik maxsulotlar yo’qotilishi vujudga keladi. YUkoridagi firiklarni o’z vaqtida
ko’plab olimlar (V.A.Novikov, 1930.: I.M.Vasilev,1935: A.M.Aleyeksev,1937:
F.D.Skazkin, 1938: A.Kraft,1951 ) tomonidan ilmiy ishlarda isbotlangan.
Suvning o’simlikka o’tish masalalari esa S.N.Rijov (1958,1960) va boshqa
olimlar tomonidan yaxshi yoritilgan.
G.A.Ibragimov (1973) ning ta’kidlashicha, paxta tolasining texnologik
xossalarining xosil bo’lishiga,ayniqsa tolaning uzunligiga suvning ta’siri katta.Suv
tanqisligida g’o’za yaxshi o’sib rivojlanmaydi ftosintez jarayoni, tola va
tsellyuloza to’pplanishi sekinlashadi, xamda tolalarning mustaxkamligi juda past
bo’ladi.
Xorijiy mamlakatlar,shunigdek, mamlakatimiz olimlari tomonidan tuproq
namligining xossalari va uning xarakatchanligi asosida tuproqning suv shakllari
tasnifi tuzilgan va taklif etilgan.Xozirgi vaqtda ko’pchilik tan olgan tasnif
A.A.Royed (1956) va V.A. Kovda ( (1973) tasnifi bo’lib, unda S.I. Dolgov
(1948) vaN.A.Kachiniskiy (1965) tansiflari umumlashtirilgan va tanqidiy taxlil
qilingan.A.A.Rode (1952,1965) tuproq namligini quyidagi turlarga ajratadi: 1-
kiristallangan namlik: 2-qattiq namlik-muz: 3-bug’simon namlik: 4-mustaxkam
bog’langan namlik.Tuproq zarrachalari yuzasida molekulalar adsorbtsiyali kuchlari
mustaxkam ushlab turilgan namlik shu namlikni xarakatlantiradigan yupqa
plyonka xosil qiladiki, u faqat bug’ xolida bo’lishi mumkin
Och-bo’z va bo’z o’tloq tuproqlarda namlikning yuqori xarakatchanligini
ta’minlovchi shartlardan biri bug’lanish qatlamiga zaxobning jadal sizib kelib
turishidir. Bu xolat sug’oriladigan dalaning jamlangan suv ta’minotida o’ziga xos
o’rin
tutadi
va
o’simlik
zaxobdan
kerakli
darajada
foydalanadi
(V.I.TSivvinskiy,1935/,N.F.Bespalov, /1970/,N.A.Maksimov,
85
B.B.Voropstyan,A.L.Kuxanov /1959/,N.A.Maksimov,E.I.Kozimerko /1950/,
F.A.Skazkin /1960/, S.N.Rijov, M.A.Agalov/1961/, T.M.Titov, B.Sanaboyev
1963/, N.S.Usmanov /1974/ va boshqalarning tadqiqotlari nati-jasida anqilanganki,
o’simliklarning maromida o’sishi va ulardan yuqori xosil olishning zarur sharti-
tuproqda namlikning yetarli bo’lishi-dir.CHunonchi,tuproqda suv yetishlasligi
o’sish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi, bu esa organik modda mahsulotining keskin
kamayishiga olib keladi.
Sug’oriladigan dehqonchilikdagi qadimiy va oxirigacha o’z axamiyati
hamda dolzarbligini yo’qotmagan muammolardan biri tuproq namligining eng
pastki chegarasini to’g’ri aniqlashdir. Bunday namlikda o’simlikning o’sish,
rivojlanish, meva tugish, ildiz tizimining yer ustki qismi bilan o’zaro nisbati
munosib bo’lsa yuqori hosil olish ta’minlanadi. Sug’orish tartibini belgilash uchun
tuproqning sug’orish oldi namligini yoki o’simlik rivojlanishining eng muhim
fazalari uchun eng past cheklangan namligini tajriba yo’li bilan aniqlash taqozo
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |