75
mexanik tarkibi yengil va suv eroziyasiga moyil bo’lgan tuproqlarda hamda kichik
debitli toza suv manbali maydonlarda qo’llash tavsiya etiladi.
Tomchilatib sug’orish tizimini tanlashda, avvalo, sug’orish suvining sifatiga
katta e’tibor berish zarur. Tomchilatib sug’orish maydonining
tuproq tarkibida
umumiy tuz miqdori 0,4 % dan va natriy xlor (osh tuzi -NaCl) tuzi 0,05 % dan kam
bo’lishi kerak. Tomchilatib sug’orish tizimi bilan sug’oriladigan maydonlar
turkumi QMvaQ 2.06.03-97 ning 21.58 - 21.59 bandlari va sug’orish suvining
sifati QMvaQ 2.06.03-97 ning 21.58 - 21.60 bandini qanotlantirishi shart.
Tomchilatib sug’orishning muammoli tomonlari bo’lishi mumkin:
1.Bog’ va uzumzorlarda bu tizimlar bir o’rnatilganicha o’n yillab ishlatiladi.
Haydaladigan ekin maydonlarida tomchilatib sug’orish tizimini har yili yig’ishtirib
olish zarur. Yig’ishtirib olish xarajatlarini yanada arzonlashtirish va qulaylashtirish
usullari yaratilishi kerak.
2.Elektr uziladigan joylarda ikkinchi rezerv liniyalarni ta’minlanishi amalga
oshirilishi kerak.
3.Bog’lar tez sho’rlanib ketadigan yerlarga ekilgan bo’lsa,
olimlar
tomonidan dastlabki davrlarda tomchilatib sug’orish tavsiya etilmaydi. Bunday
holatlarda bog’larni voyaga yetganidan so’ng, hamda maqbul usullar orqali
qo’llanish texnologiyalari ustida izlanishlar olib borilishi kerak.
4. Hududlarimizning ko’p qismida
yilning fasllariga qarab, loyqa va qumli
suv keladi. SHunday hududlar uchun ham maxsus tomchilatib sug’orish
qurilmalari yetkazib berilsinki, qo’shimcha tindirish
va tozalov inshootlarga
zaruriyat qolmasin.
Tomchilatib sug’orish tizimining tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.
Suv manbai (daryo, ko’l, suv ombori, sug’orish va suv ta’minoti kanallari,
yer osti suvlari va mahaliy oqova suvlar).
2.
Nasos stantsiyasi yoki sug’orish maydonidan yuqorida joylashgan sun’iy
suv havzasi.
76
3.
Tomchilatib sug’orish tizimiga suyultirilgan mineral o’g’it beruvchi
uskuna. Ular asosan, filtrdan so’ng tizimga ulanadi:
-o’g’it solishga mo’ljallangan idish sug’orish tizimiga parallel ko’rinishda
qo’yilib, filtrdan oldingi va undan keyingai bosimlar farqi (0,6 - 0,8 atm.) hisobiga
tizimga o’g’it uzatadi;
-o’g’it uzatuvchi nasos: maxsus tashqaridan sun’iy bosim hosil qiluvchi
nasos, tizimdagi bosim hisobiga ishlaydigan me’yorlangan nasos.
-Venturi tipidagi nasoslar: ochiq idishdan so’rib oluvchi,
yopiq idishdan
so’rib oluvchi.
4.
Filtr tizimi. Tomchilatib sug’orish tizimida bir qator filtr tizimlarini
o’rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.
Polimer materialli suv o’tkazuvchi bosh quduq.
6.
Polimer materialli suv tarqatuvchi quvurlar.
7.
Tomizg’ichlar bilan jihozlangan sug’orish quvurlari.
8.
Tomchilatib sug’orish tizimidagi armatura va klapanlar va boshqalar.
Suv resurslari tanqis bo’lgan bir paytda, suv resurslarini
tejab foydalanish
eng asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. SHuning uchun xam joylarda fermer
dexqonlarga mutaxassislar tomondan qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda suv
tejash usullaridan foydalanish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmokda.
Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan fermer xo’jaliklarida tomchilatib sug’orish
qurilmalarini qo’llash orqali hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri
bo’lgan suv tanqisligi vaqtida dalzarb muammoni ozgina bo’lsa xam yechish
mumkin. Yomg’irlatib sug’orish uskunalari asosan gumid mintaqalarda o’proq
qo’llanilmoqda va yuqori natijaga erishilmoqda. O’zbekiston
respublikasi arid
mintaqaga mansubdir, ya’ni yog’ingarchilik miqdori qam miqdorda bo’ladi va
bug’lanish yuqori darajada bo’ladi. Tomchilatib sug’orish usulini qo’llash orqali
fermerlarning daromadi oshadi. Xozirgi kunda suv tanqis bo’lgan
bir paytda
sug’orishda yangi texnologiyalar(tomchilatib sug’orish)ni ishlab chiqarishga joriy
qilish katta axamiyatga ega.
77
Buning uchun kuyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
1.
Suv sifatini e’tiborga olish;
2.
Tomchilatib sug’orish uskunasini ishlatish, ekspluatatsiya qilish bo’yicha
joylarda mutaxassislar tayyorlashni yo’lga qo’yish;
3.
Sug’orishda sug’orish rejimiga amal qilish;
4.
Sug’orish kanallarini yaxshi ishlashini ta’minlash;
5.
Kanallarni kerakli inshootlar (suv o’lchash, taqsimlash va boshqalar) bilan
ta’minlash;
6.
Femerlarni yerga va suvga bo’lgan munosabatini kuchaytirish;
7.
Suv resurslaridan samarali foydalanish
uchun quyidagilarni amalga
oshirish kerak:
Suv resurslaridan foydalanishda suv inshootlaridan samarali foydalanish;
Limit asosida suv resurslaridan foydalanish;
Suv o’lchagich asboblaridan foydalanish;
Ortiqcha sug’orish ishlarini kamaytirish;
Suvchilarni moddiy manfaatdorligini oshirish, ish xaqini o’z vaqtida berib
borishni ta’minlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: