334
koeffitsiyentiga to’g’ri proportsional. Bu koeffitsiyent kancha kichik bo’lsa, barcha
suvdan foydalanuvchilarga beriladigan suv limiti shuncha kam bo’ladi.
Masalan: Xo’jaliklararo sug’orish tarmog’iga iyul oyining ikkinchi
dekadasida hisoblangan reja bo’yicha 2,0 m
3
/s suv sarfini olish kerak edi. Ammo
sug’orish manbalarining shu vaqtdagi suv bilan ta’minlanish koeffitsiyenti past,
ya’ni K=0,6 (60%). Bunday sharoitda xo’jaliklararo sug’orish tarmog’iga
ajratiladigan limit suv sarfi,
Q
l
= K
.
Q= 0,6
.
2,0 = 1,2 m
3
/s bo’ladi.
Ayni shunday xollarda xo’jaliklararo suvdan
foydalanuvchilari suvdan
foydalanish birligi maydonlar (dehqon xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari, pudratchilar
guruhi) o’rtasida navbat bilan suvdan foydalanishi joriy qilinadi. Navbat bilan
suvdan foydalanishdagi elementlar:
navbatlar soni – N, marta;
navbat bilan suvdan foydalanish davri - t, sutka;
limitlangan suv sarfi - Ql/s;
navbatdagi suv sarfini olish vaqti - t;
Navbatlar soni Qishloq xo’jalik ekinlarining suvga bo’lgan fiziologik
extiyojlari va xo’jalikka ajratilgan limitli suv sarfini hisobga olgan xolda
xo’jalikdagi ekinlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari
yuqori va samarali ekinligi
nuqtai nazaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Navbatlar soni nazariy jihatdan samarali ekin turi gidromodulining maksimal
ordinatasini, sug’orish manbaining shu davrdagi suv sarfini undan sug’oriluvchi
jami ekin maydonlarini bo’lish natijasida hosil bo’lgan songa (davr gidromoduli)
bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni:
Q
max
N = --------
Q
davr
Bu formulada Q
max
– hisobiy davrda samarali ekin truri gidromodulning maksimal
ordinatasi, l/s ga (sug’orish rejimi jadvalidan qabul qilinadi).
335
– hisobiy davrdagi sug’orish manbai bo’yicha vujudga kelgan
gidromodul, l/s.ga;
um
- sug’orish manbaidan sug’oriladigan umumiy maydon, ga;
Q
sm
- sug’orish manbaining shu davrdagi suv sarfi , m
3
/s.
Suvdan navbat Bilan foydalanish davri (T) sug’orish
manbaidagi suv sarfi
bilan ta’minlash darajasi va uning qancha vaqt davom etishi ehtimoliga qarab 10,
12, 15, 18 kun qabul qilinishi mumkin. Bu davr ichida suvdan navbat bilan
foydalanuvchilar guruhiga tushgan iste’molchilar suvga talab doirasidagi limit suv
sarfini ularga ajratilgan vaqtlarda olishlari kerak.
Agarda suvdan navbat bilan foydalanish ikki navbatli bo’lsa, (guruhda to’rtda
iste’molchi ishtirok etsa, birinchi va ikkinchi iste’molchilar birinchi navbatda limit
suv sarfini oluvchi iste’molchilarga necha kun suv sarfini olish vaqti quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
кун
Q
T
Q
Q
Q
Q
Q
T
Q
Q
t
бр
n
бр
бр
бр
бр
бр
бр
бр
2
1
4
3
2
1
2
1
1
ikkinchi navbatda limit suv sarfini oluvchi iste’molchilar uchun esa suv
berish vaqti:
кун
Q
T
Q
Q
Q
Q
Q
T
Q
Q
t
бр
n
бр
бр
бр
бр
бр
бр
бр
4
3
4
3
2
1
4
3
2
Bu formulada: Q
br
1+2
– suv taqsimotida
ishtirok etuvchi tarmoqlar, ya’ni birinchi
navbatda suvdan foydalanuvchi guruhning brutto suv sarfi, m
3
/s.
Q
br
– suv taqsimotida ishtirok etuvchi barcha tarmoqlar (navbat bilan
suvdan foydalanuvchi barcha guruhlar)ning brutto suv sarflari yig’indisi, m
3
/s.
Sug’orish tarmoqlari orasida suvdan foydalanishdan asosiy maqsad, sug’orish
manbalaridan suv sarflari taqchil (kam) vaqtlarda manbadan olinayotgan suv sarfini
oldini olishdir. Chunki, sug’orish manbaidan olingan suv rejadagidek qilib
sug’orish tarmoqlari bo’yicha tarqatilsa, tarmoqlardagi
suv isrofining nisbiy
336
moqdorlari oshib ketadi, bu esa sug’orish suvining nisbatan ko’p isroflanishiga olib
keladi.
Yuqorida keltirilgan misolda suvdan navbat bilan foydalanish xo’jaligini
arig’i misolida keltirilib, uning uning ishtirokchilari sifatida fermer xo’jaliklari
qatnashadi.
Limit suv sarfini olayotgan suvdan foydalanuvchi, necha kun suv olishi va
qachon suv sarfi berkitilishi to’g’risida ogoxlantiriladi. Suv
sarfi taqchil davrlarda
quloq boshiga mahsus nazoratchilar (qo’riqchilar) qo’yiladi.
Suvdan navbat bilan foydalanishni rejalashtirish quyidagi tartibda amalga
oshiriladi.
1.Suv sarfi bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (K) aniqlanadi.
2.Limit suv sarfining miqdori belgilanadi.
3.suvdan navbat bilan foydalanish davri belgilanadi.
4.Navbatlar soni aniqlanadi.
5.Navbatlar vaqti hisoblanadi.
6.Har navbatda suvdan foydalanuvchilarni oladigan limit suv sarflari miqdori
aniqlanadi.
7.Suv sarfi taqsimotidagi mavjud variantlar ko’rib chiqadi.
8.Variantlarning afzalliklari va kamchiliklarini taqqoslanadi vanatijada eng maqbul
variant qabul qilinadi.
Suvdan navbat bilan foydalanishda quyidagi afzallaklar mavjud.
1.Sug’orish tarmoqlarini foydali ish koeffitsiyenti 20-25% ga ortadi.
2.Sug’orish tarmoqlarida ishlovchi xodimlarni va suvdan foydalanuvchilarni
intizomi yaxshilanadi.
3.Sug’orishda va sug’orishdan keyingi ishlarda ish unumdorligi ortadi.
Shu bilan bir qatorda quyidagi keltiriladigan kamchiliklarga ham ega:
1.Suvdan foydalanuvchilar va suv sarfini taqsimlovchi
tashkilotlar ishida
qiyinchiliklar tug’diradi.
2.Limit suv sarf miqdori har doim ham sug’orish tarmog’ini suv o’tkazaolish
qobiliyatiga mos kelavermaydi.