Ym
Afq
Ft
=
Bunda:
Ft
– asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi (so‘m/ga);
Afq
– asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘mda);
Ym
– qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni (ga).
b) mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi. Ushbu
ko‘rsatkich asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatini xodimlarning
o‘rtacha yillik soniga taqsimlash orqali aniqlanadi. Uni quyidagi
formulalar yordamida aniqlash mumkin:
Mr
Afq
Fq
=
Bunda:
Fq
– mehnatning asosiy fondlar bilan qurollanganlik
darajasi;
Afq
– asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming
so‘mda);
242
Mr
– mehnat resurslarining o‘rtacha yillik soni (kishi).
Bu ko‘rsatkichlar xo‘jaliklarning ixtisoslashishiga, mashina-
texnikalar bilan ta’minlanganligiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Ushbu
ko‘rsatkichning
yaxshilanishi
ishlab
chiqarishning
mexanizatsiyalashtirilishini,
avtomatlashtirilishini ta’minlab, jonli
mehnat xarajatlarini tejab, mehnat unumdorligi yuksalishiga olib keladi.
d) fond qaytimi. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun qishloq
xo‘jaligida bir yilda ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot qiymatini asosiy
fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash orqali aniqlanadi.
Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Afq
YMq
Fq
=
Bunda:
YMq
– yalpi mahsulot qiymati (ming so‘m);
Afq
– asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming
so‘m).
Fond qaytimini ko‘rsatkichi bir so‘mlik asosiy fond evaziga
qancha qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirilganligini ifodalaydi va
uning darajasi yuqori bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Ushbu
ko‘rsatkichni yalpi daromad va sof foyda orqali ham aniqlash mumkin.
e) fond sig‘imi. Uni aniqlash uchun asosiy fondlarning o‘rtacha
yillik qiymatini yetishtirilgan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti qiymatiga
taqsimlash zarur. Buning uchun quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
YMq
Afq
Fs
=
Fond sig‘imi ko‘rsatkichi bir so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotini
yetishtirish uchun necha so‘mlik asosiy fond sarflanganligini ko‘rsatadi.
f) fond rentabelligi. Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalikda sarflangan ishlab
chiqarish fondlarining bir birligi evaziga qancha foyda olinganligini
bildiradi va foyda me’yori deb ham ataladi. Uni aniqlash uchun
quyidagi formuladan foydalaniladi:
100
x
Ofq
Afq
SF
Fm
+
=
Bunda:
Fm
– foyda me’yori, foizda;
SF
– sof foyda summasi, ming so‘mda;
Ofq
– aylanma fondlar qiymati, ming so‘mda.
Foyda me’yori ko‘rsatkichining darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
243
g) asosiy fondlarning qoplanish muddati. Ushbu ko‘rsatkichni
aniqlash uchun asosiy fondlar qiymatini sof foyda summasiga
taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
SF
Afq
T
=
Bunda:
T
– asosiy fondlarning qoplanish muddati;
Afq
– asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
SF
– sof foyda summasi, ming so‘mda.
Asosiy fondlardan foydalanish holati va samaradorligini tahlil
qilishda asosiy vositalarning alohida turlari bo‘yicha ham tahlil qilish
mumkin. Masalan, bitta kombaynning bir yilda ishlagan kuni, hosilini
yiqqan maydoni hamda yig‘ishtirgan hosili va hokazo.
Aylanma fondlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini
aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin:
a)
aylanma
fondlarning
aylanish
koeffitsiyenti.
Ushbu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining,
ko‘rsatilgan xizmatlarning, bajarilgan ishlarning umumiy qiymatiga
asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymatini qo‘shib, undan
asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag‘ni ayirgandan
so‘ng qolgan summani aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga
taqsimlash lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ofq
APs
YHq
SMIq
K
−
+
=
Bunda:
SMIq
– sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, bajarilgan
ishlar, xizmatlarning qiymati (ming so‘m);
YHq
– asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymati (ming
so‘m);
APs
– asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan tushum (ming
so‘m);
Ofq
– aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymati (ming so‘m).
Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklardagi aylanma fondlarning bir yil
davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich imkon qadar
yuqori bo‘lgani ma’qul.
b) aylanma fondlarning aylanish davri. Bu ko‘rsatkichni aniqlash
uchun bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonini aylanma fondlarning
aylanish koeffitsiyentiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi tenglikdan
foydalaniladi:
244
K
T
Ad
=
Bunda:
Ad
– aylanma fondlarning aylanish davri (muddati), kun;
T
– bir yildagi kalendar kunlar soni, kun.
Yuqoridagi
ko‘rsatkichlardan
tashqari
qishloq
xo‘jalik
korxonalarida aylanma fondlarning ayrim turlaridan foydalanilganlik
darajasini ham aniqlash mumkin. Jumladan, mineral o‘g‘itlardan,
yoqilg‘ilardan, chorva ozuqasidan va boshqalardan foydalanish
samaradorligini aniqlanadi. Ularni natura yoki qiymat holida aniqlash
imkoniyati mavjud. Bunda mineral o‘g‘itlardan foydalanishning
samaradorlik darajasini quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
'
'
Mmo
YHm
Smo
=
;
'
'
Mmo
YHq
Smo
=
Bunda:
Smo‘
– mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi;
YHm
– olingan yalpi hosil miqdori (ekinlar turlari bo‘yicha),
tonna;
YHq
– olingan yalpi hosil qiymati, ming so‘m;
Mmo‘
– sarflangan mineral o‘g‘itlar miqdori, tonna.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan mineral o‘g‘it evaziga
qancha yalpi hosil yoki necha so‘mlik mahsulot olinganligini aniqlash
mumkin.
Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirishda mineral o‘g‘itlarning
ahamiyati juda katta. Ko‘zlangan miqdordagi hosilni olish uchun
qishloq xo‘jaligi ekinlariga ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq
mineral o‘g‘itlar berilishi talab etiladi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlariga
beriladigan mineral o‘g‘itlarning ilmiy asoslangan o‘rtacha me’yori 9.2-
jadvalda keltirilgan.
Qishloq
xo‘jalik
korxonalari
ekinlarga
ilmiy
asoslangan
miqdordagi mineral o‘g‘itlarni berishga alohida e’tibor berishlari lozim.
Shu orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmini intensiv yo‘l bilan
ko‘paytirishga erishiladi.
245
9.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |