Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

aylanma fondlar
ham muhim 
ahamiyatga ega. Aylanma fondlar – mahsulot ishlab chiqarish, 
xizmatlarni bajarish jarayonida bir marta qatnashib, qiymatini shu 
mahsulotlarga to‘liq o‘tkazib, o‘z shaklini ham o‘zgartiradigan 
vositalardir. Qishloq xo‘jaligidagi aylanma fondlar turkumlanishi 9.2-
rasmda keltirilgan. 
Qishloq xo‘jaligida aylanma fondlarga urug‘liklar, yoqilg‘i, 
yog‘lovchi materiallar, kimyoviy vositalar, yem-xashaklar, kam 
qiymatli, tez to‘zuvchi materiallar, joriy va valyuta hisob raqamlaridagi, 
kassadagi mablag‘lar va boshqa shu kabilar kiradi. Aylanma fondlar 
ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonining uzluksiz amalga oshishini 
ta’minlab turadi. Aylanma fondlar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish 
jarayonida bir marotaba qatnashib, o‘z shaklini o‘zgartiradi. Masalan, 
ekilgan urug‘ o‘simlikka, mineral o‘g‘itlar esa oziqa moddalarga 
aylanadi, yonilg‘idan foydalanish natijasida mashina-traktorlar ish 
bajaradi va hokazo. 


236 
 
 
9.2-rasm. Qishloq xo‘jaligi aylanma fondlarining turkumlanishi. 
 
Aylanma fondlar ishlab chiqarish jarayonida bajarayotgan 
vazifalarini e’tiborga olgan holda uch guruhga bo‘linadi: ishlab 
chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va 
muomaladagi vosita va mablag‘lar.
Qishloq 
хo‘jaligida aylanma fondlar iqtisodiyot boshqa 
tarmoqlaridagi aylanma fondlardan farq qilib, quyidagi o‘ziga хos 
хususiyatlarga ega: 
a) ishlab chiqarish siklining uzoq davom etishi munosabati bilan 
aylanma fondlar aylanishining sekinligi. Aylanma fondlarni tashkil 
etishda uning bu xususiyatini inobatga olish lozim;


237 
b) qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi sababli 
yilning turli davrlarida aylanma fondlar sarfi tarkibining keskin o‘zgarib 
turishi. Qishda aylanma fondlar sarfi tarkibida yem-xashakning salmog‘i 
yuqori bo‘lsa, bahorda urug‘lik, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it, 
ehtiyot qism va boshqalarning sarfi keskin ortadi;
d) aylanma fondlarning bir qismi ichki хo‘jalik ehtiyoji uchun
foydalaniladi. Qishloq хo‘jalik mahsulotlarining bir qismi sotilmaydi
balki natural shaklida (urug‘lik, yem-хashak va hokazo) qaytadan
ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladi. 
Aylanma 
fondlarining 
aylanishi 
o‘zida 
uch 
bosqichni 
mujassamlashtiradi: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya
(sotish). 
Aylanma fondlarning tarkibi korxonalarning ixtisoslashuviga qarab 
turlicha bo‘ladi. Masalan, don mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarda 
aylanma fondlarning asosiy tarkibini urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, ehtiyot 
qismlar, texnikalar band etgan bo‘lsa, chorvachilik korxonalarida bu 
tarkibni asosan ozuqa, boquvdagi hayvonlar band etadi. 
Aylanma 
fondlar 
qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqarishda xo‘jalik faoliyatining so‘nggi natijalariga bir xilda ta’sir 
etmaydi. Ta’sir etish darajasiga qarab aylanma fondlar: 
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi; 
- ishlab chiqarish jarayoniga va samaradorligiga bilvosita ta’sir 
qiluvchi aylanma fondlarga bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida mahsulot tannarxini pasaytirish va 
olinadigan foyda summasini ko‘paytirish uchun aylanma fondlardan 
samarali foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish