Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining moddiy-texnika resurslari bilan



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining moddiy-texnika resurslari bilan 
ta’minlanish holati 
S (strength) 
W (weakness) 
O (opportunity) 
T (threat) 
 
 
 
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining mohiyati
ahamiyati va tarkibi.
2. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarini shakllantirish 
manbalari. 
3. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish holati 
va samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 
4. 
Qishloq 
xo‘jalik 
korxonalarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashda innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish 
yo‘nalishlari. 
 
 
 
 
 
 


227 
9-BOB: QISHLOQ XO‘JALIGIDA ASOSIY VA AYLANMA 
FONDLAR HAMDA ULARDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI 
1. Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida 
tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. 
2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma
 
fondlarni 
shakllantirish manbalari. 
3. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 
4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish 
yo‘llari. 
Tayanch so‘zlar:
ishlab chiqarish fondlari, asosiy fondlar, amortizatsiya, 
aylanma fondlar, fond sig‘imi, fond qaytimi, fond rentabelligi. 
1. Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida 
tushuncha, ularning ahamiyati va turkumlanishi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarining fondlari ishlab chiqarish 
jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko‘ra ishlab chiqarish 
fondlari hamda noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi. Ular ayrim 
hollarda 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
bevosita 
va 
bilvosita 
qatnashadiganlarga ham bo‘linadi. Masalan, yer, suv, o‘g‘it, urug‘lik, 
yem-xashak, yer haydaydigan, ishlov beradigan traktorlar qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita qatnashadi. Chunki ular 
mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta’sir etadi. 
Xo‘jaliklarning ma’muriy, madaniy va boshqa binolari, omborxonalar, 
xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyuterlar va boshqa vositalar ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ularning sifatiga bilvosita ta’sir etadi. 
Lekin ularning mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini 
inkor etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlari 
iqtisodiy mohiyatiga, ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, 
ish bajarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra, asosiy hamda aylanma 
fondlarga bo‘linadi. Ularning natural holdagi ko‘rinishi asosiy va 
aylanma vositalar deb ataladi.


228 
Asosiy va aylanma fondlar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki 
ularsiz talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish 
mumkin emas. Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va 
mablag‘ xarajatlari tejaladi. Demak, asosiy va aylanma fondlardan 
oqilona va samarali foydalanish tufayli qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti 
rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanadi.
Shuning uchun bunday vositalarni yaratishga, qurishga, ta’mirlashga, 
ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e’tibor berib 
kelmoqda. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlarining katta qismini asosiy 
fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo‘jaligida qatnashadigan barcha 
mehnat vositalari kiradi. Ular qishloq xo‘jalik korxonalarining doimiy 
kapitalini tashkil etadi.
Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarish jarayonida ko‘p marotaba qatnashib, qiymatini ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar 
davomida qismlarga bo‘lib o‘tkazib boradi. Ularga qishloq xo‘jaligi 
yerlari, mashinalar, mexanizmlar, traktorlar, binolar, inshootlar, 
qurilmalar, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar 
va boshqalar kiradi. 
Funksional vazifasiga qarab asosiy fondlar ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy 
fondlari o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi asosiy fondlari va qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishiga taalluqli bo‘lmagan asosiy fondlarga 
bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yurituvchi yirik fermer 
xo‘jaliklari va klasterlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bir 
qatorda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat 
bo‘linmalari va qurilish brigadalari faoliyati ham yo‘lga qo‘yilishi 
mumkin. Ushbu bo‘linmalarning asosiy vositalari qishloq xo‘jaligiga 
taalluqli bo‘lmagan ishlab chiqarish asosiy vositalari hisoblanadi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga esa xo‘jalikning klublari
madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash idoralari, bolalar 


229 
bog‘chasi, hammom, ombor va hokazolarning asosiy fondlari kiradi. 
Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o‘ynaydi. 
Asosiy fondlarning alohida turlari qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida bir xilda ishtirok etmaydi. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarish 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
ko‘paytirishda asosiy omil hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar
transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va 
hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar qurilish, savdo va qishloq 
xo‘jalik korxonalaridagi umumiy ovqatlanishga va boshqalarga 
yo‘naltirilgan vositalardir. Shuning uchun asosiy fondlar qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi va qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida qatnashmaydiganlarga bo‘linadi. 
Qishloq xo‘jaligining asosiy fondlari tarmoq xususiyati bo‘yicha 
dehqonchilikka oid, chorvachilikka oid va umumiy fondlarga bo‘linadi. 
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligida tor doirada foydalaniladigan asosiy 
fondlar borki, ulardan faqatgina bir mahsulotni ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. Masalan, don kombaynlari, paxta teruvchi mashinalar, sut 
sog‘ish apparatlari va hokazo. 
Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi fondlar muhim ahamiyatga 
ega, chunki ular asosiy ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismni 
tashkil qiladi. Bu fondlarga quyidagilar kiradi: 

qishloq xo‘jaligi yerlari; 

binolar va inshootlar; 

traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalari; 

mashina va mexanizmlar; 

transport vositalari; 

ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; 

mahsuldor va ishchi hayvonlar; 

ko‘p yillik mevali daraxtlar; 

yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan xarajatlar; 

asbob-uskunalar va boshqa shu kabilar. 


230 
Qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarning turkumlanishi 9.1-rasmda 
keltirilgan.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish