9.1-rasm. Qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarning
turkumlanishi.
Sog‘liqni saqlash va
sport
muassasalarining
asosiy fondlari
Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga taalluqli
Qishloq xo‘jaligi yerlari
Binolar va inshootlar
Traktorlar
va
boshqa
qishloq
xo’jaligi
tenikalari
Mashina va mexanizmlar
Transport vositalari
Ko‘p yillik mevali
daraxtlar
Ishchi va mahsuldor
hayvonlar
Ishlab chiqarish va
xo’jalik inventarlari
Yerning sifatini
yaxshilashga qilingan
xarajatlar
Asbob-uskunalar va
boshqalar
Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga taalluqli
bo‘lmagan
Sanoat tarmog‘ining
asosiy fondlari
Qurilish
tashkilotlarining
asosiy fondlari
Savdo tashkilotlari-
ning asosiy fondlari
Asosiy fondlar
Ishlab chiqarish asosiy fondlari
Noishlab chiqarish
asosiy fondlari
Kommunal
xo‘jaligining asosiy
fondlari
Madaniy, maishiy
xizmat ko‘rsatuvchi
muassasalarning
asosiy fondlari
Ta’lim
muassasalarining
asosiy fondlari
Umumiy ovqatlanish
muassasalarining
asosiy fondlari
231
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning pirovard natijalariga bir xilda
ta’sir etmaydi. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi.
Aktiv fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan
traktorlar, kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari,
transport vositalari, mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan
vositalar va boshqalar kiradi. Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishida bevosita qatnashmaydigan binolar, inshootlar,
melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha asosiy vositalardan yil davomida
to‘liq foydalanishga harakat qilish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonasidagi asosiy fondlarning tarkibi o‘zining
moddiy хarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan
vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) qishloq хo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy fondlari (binolar,
inshootlar, traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar,
mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraхtlar va boshqalar);
b) qishloq
хo‘jaligi ishlab chiqarishiga bog‘liq bo‘lmagan asosiy
fondlar (sanoat ishlab chiqarishi vositalari, qurilish tashkiloti vositalari
va boshqalar);
d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo‘jaligi,
maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari, tibbiyot muassasalari, ta’lim
muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, klublar, istirohat
bog‘lari, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, boshqa shu
kabilarning vositalari).
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida
jismoniy jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi,
zamonaviy texnikalarning yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular
ma’naviy jihatdan ham eskiradi. Bu esa ularning holatini foydalanish
uchun yaroqli holatda saqlab turish va yangilab borishni talab etadi.
Asosiy fondlar amortizatsiyasi – asosiy fondlar balans qiymatining
qismlarga bo‘lingan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga yillar davomida o‘tkazib borilishi
hisobiga qoldiq qiymatining kamayib borishidir. Shu yo‘l bilan sotib
olingan yoki qurilgan asosiy vosita qiymati asta-sekin qoplanadi. Agar
asosiy vosita sotib olingan yoki qurilgan yilning o‘zida ishlab
232
chiqarilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxiga
kiritiladigan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmat tannarxi keskin oshib
ketishiga olib keladi.
Asosiy vositalarning amortizatsiya summasi ularning amaldagi
amortizatsiya me’yorlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalarning
amortizatsiya summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
xAm
Abq
As
100
=
Bunda:
As
– asosiy vositaning amortizatsiya summasi (ming
so‘m);
Abq
– asosiy vositaning balans qiymati (ming so‘m);
Am
– asosiy vositaning amortizatsiya me’yori, foizda.
Asosiy vositalarning amortizatsiya me’yori berilmaganda asosiy
vositaning balans qiymatini uning xizmat qilish muddatiga taqsimlash
natijasida amortizatsiya summasi aniqlanadi. Xo‘jalikda asosiy vositalar
kapital ta’mirlangan bo‘lsa, ushbu summa ularning balans qiymatiga
qo‘shiladi.
Amortizatsiya
summasi
yetishtirilayotgan
mahsulotlar,
ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning
tannarxiga
belgilangan
tartibda
o‘tkaziladi. Qishloq xo‘jaligi korxonasidagi asosiy vositalar uchun
hisoblangan amortizatsiya summalari yig‘ilib amortizatsiya fondini
tashkil etadi va u mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash, ishga yaroqli
holatda saqlab turish va yangilarini sotib olish maqsadlarida ishlatiladi.
Amortizatsiya fondi mablag‘larini belgilangan maqsadlar uchun
sarflash, uning boshqa maqsadlarga sarflanishiga yo‘l qo‘maslik lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 306-moddasiga ko‘ra
yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv,
yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); mahsuldor chorva mollari;
qiymati ilgari to‘liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan mol-mulklar
amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya
qilinmaydi.
Bundab tashqari O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 306-
moddasida amortizatsiyaning cheklangan normalari keltirilgan bo‘lib, u
quyidagi 9.1-jadvalda keltirilgan.
233
9.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |