3. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
maqsadida kimyoviy vositalarni, jumladan, mineral o‘g‘itlarni sotib
olishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki ular tuproq unumdorligini
oshirib, ekinlar hosildorligi yuksalishini, yovvoyi o‘tlar hamda
zararkunandalarni kamaytirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini,
mahsulot sifati yaxshilanishini ta’minlaydi.
Korxonalar o‘zlariga kerak bo‘lgan moddiy-texnika resurslarini
sotib olishlari, o‘zlari qurishlari hamda ta’mirlashlari mumkin. Masalan,
bino-inshootlarni o‘zlari qurishlari yoki pudratchilar orqali qurishi,
mashina,
traktor,
kombaynlarni
o‘zlarida yoki ixtisoslashgan
korxonalarda ta’mirlashlari mumkin. Yangi qishloq xo‘jalik texnikalari,
kimyoviy vositalar, yoqilg‘i va ozuqalarni ishlab chiqaruvchi
korxonalardan bevosita o‘zlari yoki birjalar, auksionlar orqali sotib
olishlari mumkin.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘z mablag‘lari hamda chetdan jalb
etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika resurslarining ba’zi
turlarini qurishlari, ta’mirlashlari, sotib olishlari, ijaraga olishlari,
ayrimlarini esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslari
bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishda asosiy muammolardan biri –
iqtisodiy
imkoniyatlarning
cheklanganligidir.
Ko‘pgina
fermer
xo‘jaliklarining moliyaviy holati o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha
turdagi moddiy-texnika resurslarini xarid qilish imkoniyatini bermaydi.
Shu sababli ularning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik
darajasi pastligicha qolmoqda. Buning natijasida ushbu xo‘jaliklarda
ishlarning mexanizatsiyalanganlik darajasi va mehnat unumdorligi past
bo‘lmoqda, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilmasligi
natijasida esa ishlab chiqarishning intensivlik darajasi yomonlashishiga
olib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri –
ishlab chiqarish davri bilan tayyor mahsulot olish davri bir-biriga mos
kelmasligi natijasida mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik
shakllarining
moddiy-texnika
resurslarini
shakllantirishda
o‘z
220
mablag‘lari odatda yetmaydi. Chunki, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
tayyor mahsulot olingunga qadar uzoq muddat faqat xarajatlar amalga
oshirilishi lozim. Shu sababli tarmoqda moddiy-texnika resurslarini
shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘lar muhim ahamiyatga
ega.
Mamlakatimizda
qishloq
xo‘jaligida
faoliyat
yuritayotgan
tadbirkorlik
subyektlariga
o‘zlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlashiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil amalga
oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday
e’tibor va amaliy yordam tufayli qishloq xo‘jalik korxonalarining
moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib bormoqda. Fermer xo‘jaliklari
uchun qishloq xo‘jalik texnikalarini lizing asosida olish shartlarining
qulay ekanligi, hukumatimiz tomonidan lizing muddatining 7 yildan 10
yilga uzaytirilganligi, boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilganligi ham
ularning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasining
oshishiga olib kelmoqda.
2019-yil
12-iyulda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“Qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlari
ishlab
chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 578-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu
qarorning 1-ilovasiga muvofiq “Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va
lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
tartibi to‘g‘risida Nizom” tasdiqlangan. Mazkur Nizomga ko‘ra,
subsidiya faqat lizing yoki kredit shartnomasi tuzilgan kunda ishlab
chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan yangi qishloq xo‘jaligi
texnikasi uchun ajratiladi.
Ushbu Nizomga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi lizing tashkiloti yoki tijorat bankining
qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki
kredit shartlarida xarid qilish shartnomasida belgilangan foiz va
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasi
o‘rtasidagi farq miqdorida, lekin 10 foizlik punktdan ko‘p bo‘lmagan
miqdorda subsidiya ajratadi. Bunda qishloq xo‘jaligi korxonasi lizing
tashkiloti yoki tijorat bankiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki
kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi. Lizing tashkiloti
yoki tijorat banki 3 bank ish kunida qishloq xo‘jaligi korxonasi
tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida
xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi. Lizing tashkiloti
yoki tijorat banki tomonidan ijobiy xulosa qabul qilinganda xulosa qabul
221
qilingandan keyin 1 bank ish kunida qishloq xo‘jaligi korxonasiga
qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish
uchun lizing yoki kredit ajratadi. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki
hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasiga qadar qishloq xo‘jaligi
korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida
xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz
punktigacha qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq
xo‘jaligini
davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasiga
buyurtmanoma taqdim etadi. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bosh bitimda belgilangan muddatda
lizing tashkiloti yoki tijorat bankining qishloq xo‘jaligi korxonasiga
qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish
uchun ajratgan lizing yoki kredit foizining 10 foiz punktigacha qoplash
uchun subsidiya ajratadi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida olishda
boshlang‘ich to‘lov 25 foiz, foiz stavkasi 16 foiz, va lizing muddati 5 yil
etib
belgilangan.
Hukumatimiz
tomonidan
qishloq
xo‘jaligi
tarmog‘ining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida lizing
boshlang’ich to’lovini 15 foizga, foiz stavkasini 7 foizga va lizing
muddatini 7 yil etib belgilash rejalashtirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika
bazasini talab darajasida shakllantirish lozim. Bu masalaga bozor
munosabatlari sharoitida har bir korxonaning o‘zi katta e’tibor berishi
kerak.
Qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini yaratish
bilan birgalikda ulardan to‘liq va samarali foydalanishga erishish lozim.
Demak, tarmoq korxonalarida ulardan foydalanilayotganlik darajasini
aniqlash maqsadga muvofiq. Buning uchun yuqorida ta’kidlangan
ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Lekin o‘tish davrining hozirgi
bosqichida ulardan foydalanish talab darajasida emas. Chunki mashina,
traktor, kombaynlarning ishga yaroqlilik holati yuqori darajada emas.
Bunday holat mashina, traktor hamda kombaynlarning ishga
yaroqliligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan butlovchi vositalar
yetishmasligi, baholarining yuqoriligi, ularni sotib olish uchun esa
qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy resurslarining kamligi tufayli
sodir bo‘lmoqda.
2010-yil holatiga mamlakatimizdagi chopiq traktorlarining 55
foizdan ortig‘i va yer haydaydigan traktorlarning 46 foizi 15 yildan ortiq
vaqt mobaynida ishlatilayotgan texnikalardir. Boshqacha aytganda, ular
222
belgilangan foydalanish muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan, quvvati,
ish unumi va yoqilg‘i iste’mol qilish bo‘yicha zamonaviy standartlarga
javob bermaydigan eski texnikalardir.
2021-yil 1-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida sog‘lom raqobat muhitini
yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4969-sonli
qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi
tarmog‘ida faoliyat yurituvchi mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasini
ishlab chiqaruvchilar:
•
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar va butlovchi
buyumlarni import qilishda belgilangan tartibda shakllantiriladigan
ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlaridan (QQS
va bojxona yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi;
•
qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va unga servis
xizmatini ko‘rsatish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va
materiallarni import qilishda tovarlar erkin muomalaga (importga)
chiqarishning bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab QQSni
270 kun kechiktirib to‘lashi mumkin.
2020-yil
8-iyulda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyati
samaradorligini oshirishga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq,
Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, Agregat zavodi, Chirchiq
qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi va “Texnolog” aksiyadorlik
jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga ishonchli boshqaruvga berilgan
edi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini oshirish, mahsulot sifatini
yaxshilash va tannarxini pasaytirish vazifalari qo‘yilgan edi. O‘tgan
davrda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodidagi ishlab chiqarish
maydonlari 68 foizga maqbullashtirilib, uskunalardan foydalanish
samaradorligi oshirildi.Natijada mahsulot tannarxi 4 foizga pasaydi va
qariyb 45 mlrd. so‘m iqtisod qilindi. Minsk traktor zavodi bilan
hamkorlik o‘rnatildi. Bu sheriklik doirasida O‘zbekistonda har yili 3
mingta traktor ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Erishilgan natijalarga
qaramasdan, tarmoqda mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 19
foiz, mahalliylashtirish o‘rtacha 20 foiz ekanligi qoniqarli emas.
Mahallliy texnikalar narxi import texnikalarga nisbatan 10-15 foiz
qimmat. Shu bois, mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi klasterini tashkil etish, quvvatlardan foydalanish va
nahalliylashtirish darajasini ishirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Rejaga
223
ko‘ra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodlari,
Agregat zavodi, “Texnolog” va “O‘zKlaas Agro” korxonalari sanoat
klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. Natijada 1200 ta
uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish
quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga
yetkaziladi. Shu orqali ishlab chiqarish tannarxi 20 foizga pasayib,
korxonalarning rentabellik darajasi 10 foizga oshishi kutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika ta’minotini
yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:
•
har bir qishloq xo‘jaligi mintaqasiga mos keladigan, iqtisodiy jihatdan
samarali bo‘lgan texnikalar bilan kompleks mexanizatsiyalashtirishga
asoslangan tizimni yaratish;
•
ishlab chiqarishni avtomatlashtirish vositalaridan keng ko‘lamda
foydalanish;
•
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida o‘g‘itlardan foydalanishni to‘g‘ri
tashkil etish va ekologik jihatdan qulay bo‘lgan biologik vositalarga
yondashish;
•
hududda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bozor
iqtisodiyoti talablariga mos keladigan qayta ishlash korxonalarini
kengaytirish;
•
ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurishni keng ko‘lamda avj
oldirish va qurilishni takomillashtirish;
•
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va qishloq xo‘jaligining suv
bilan to‘liq ta’minlanishiga erishish hamda sug‘orishning ilg‘or
texnologiyalarini qo‘llash;
•
chorvachilikda mahsuldor zotli hayvonlar bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirish;
•
qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli,
tezpishar urug‘ navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
•
xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalarning
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |