Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

To‘rtinchidan, 
moddiy-texnika resurslarining tarkibi va hajmi
 
mamlakat hududlari bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Turli hududlarning 
tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqan holda moddiy-
teхnika resurslarining tarkibi turlicha bo‘ladi. Masalan, tog‘li 
hududlarda moddiy-texnika resurslari tarkibida ishchi hayvonlar ham 
bo‘ladi. 
Beshinchidan,
qishloq хo‘jaligi moddiy-teхnika resurslarining 
tarkibiga tirik organizmlar (o‘simliklar, hayvonlar) ham kiradi. Bu esa 
ulardan samarali foydalanish uchun o‘simliklarning biologik va chorva 
mollarining zoologik хususiyatlarini bilishni talab etadi. 
Oltinchidan,
qishloq хo‘jaligining moddiy-texnika resurslari 
sanoatda ishlab chiqarilgan va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan 
vositalardan tashkil topadi.
Moddiy-texnika resurslarining mahsulot yetishtirishda, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishda ahamiyati ulkan. Ular mehnatning xarakterini 
o‘zgartirib, unumdorligi yuksalishini ta’minlaydi. Masalan, ilmiy 
asoslangan ma’lumotlarga ko‘ra, paxta yig‘im-terimida 1 kishi-soat 
mexanizator mehnati 26 kishi-soat qo‘l mehnati o‘rnini bosadi. 


209 
Fan-texnika taraqqiyoti moddiy-texnika resurslarining sifatini, 
holatini yaxshilash, yangilarini yaratishga xizmat qiladi. Shuning 
natijasida o‘simliklarning serhosil, tezpishar navlari, chorva mollarining 
mahsuldor zotlari, har tomonlama qulay va samarali, yuqori unumli va 
tejamkor texnikalar, ilg‘or texnologiyalar yaratiladi. 
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari quyidagi belgilari 
bo‘yicha turkumlanadi: 
- barpo etilishi bo‘yicha; 
- ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra; 
- foydalanish xususiyati bo‘yicha; 
- takror ishlab chiqarilishi bo‘yicha.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslari mulk sifatida 
tarmoqning, korxonalarning iqtisodiy negizini, asosini tashkil etadi. 
Korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkam bo‘lsa, ularda 
iqtisodiy jihatdan rivojlanish uchun asos mavjudligidan dalolat beradi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika resurslarini ularning 
iqtisodiy mazmuni, barpo etilishi va foydalanilishi bo‘yicha 8.2-
chizmadagi tartibda turkumlash mumkin.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish