Iqtisodiyoti


-chizma. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

8.2-chizma. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining
turkumlanishi

 
Bevosita qatnashadigan 
Takror ishlab chiqarilishi
bo‘yicha 
Takror ishlab chiqariladigan 
Takror ishlab chiqarilmaydigan 
Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi 
Barpo etilishi bo‘yicha 
Ishlab chiqarishda qatnashishi bo‘yicha
Tabiiy
Iqtisodiy 
Bilvosita qatnashadigan
 
Foydalanish xususiyati bo‘yicha
Ishlab chiqarish
 
Noishlab chiqarish
 


210 
Moddiy-texnika 
resurslarining 
qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishidagi o‘rni va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab 
chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab 
darajasida yetishtirilishi hamda ish va xizmatlar talab darajasida 
bajarilishi barcha resurslarning miqdoriga hamda sifatiga bog‘liq. 
Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish 
jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan 
bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika resurslari talab darajasida barpo etilishiga alohida e’tibor berish 
zarur.
Xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam, 
ya’ni zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan 
yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari 
yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashgan-
ligini ko‘rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan 
bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot 
tannarxi pasayishiga, pirovard natijada daromadlarning oshishiga olib 
keladi. Bu mehnatning xarakteri o‘zgarayotganligidan dalolat beradi, 
ayni paytda ishchi-xizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishini ham 
talab etadi.
Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibida chorva 
hayvonlari va mevali daraxtlarning ham kirishi tarmoqning muhim 
xususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shuningdek, sanoat 
tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar, 
mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i, 
yog‘lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e’tiborga olish 
lozim. 
Ulardan 
foydalanish 
samaradorligiga 
tarmoq 
ishlab 
chiqarishining mavsumiyligi ham ta’sir etadi. 
Qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini 
yaratishda yuqorida ta’kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish, 
shuningdek, 
ishlab 
chiqarishning 
joylashganligi 
hamda 
ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu 
bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik 
jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish, 
avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi 
manbalar hisobiga barpo etiladi: 
- korxonaning o‘z mablag‘lari; 
- chetdan jalb etiladigan mablag‘lar. 


211 
Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar 
bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan 
ajratilayotgan 
mablag‘, 
amortizatsiya 
fondi 
mablag‘lari, 
foydalanilmayotgan ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga 
berishdan tushgan pul tushumi va boshqa manbalardan olingan 
mablag‘lar kiradi.
Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya 
hamda ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratilayotgan 
mablag‘lar, banklarning kredit mablag‘lari, korxona tomonidan aholi va 
boshqa korxonalar ixtiyoridagi bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish 
maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib sotishdan tushgan 
tushum, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylarning
mablag‘lari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablag‘lar kiradi.
Bu manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga qishloq xo‘jalik 
korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilarning 
bevosita o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan 
shartnomalar 
asosida 
sotib 
olib, 
moddiy-texnika 
bazalarini 
mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari 
mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika resurslarini 
shakllantirishda lizingdan ham keng foydalanishlari lozim. Shunday 
tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo‘jaliklar yil 
mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlarni 
vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar.
Agrofirma, fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining 
moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur texnikalar, 
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta’minlashda 
mamlakatimizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim 
ahamiyatga ega. Jumladan, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan 
qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning 
Xalqaro ixtisoslashtirilgan “Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma 
savdolari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining “Food Week 
Uzbekistan” hamda mazkur sohaga oid zamonaviy texnologiyalarning
“Agri Tech Uzbekistan” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmalari ham 
qishloq 
xo‘jalik 
korxonalarining 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu kabi 
ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik tadbirkorlar 
bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga 
investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi. 


212 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan 
ta’minlanganlik darajasini yaxshilashda davlatning o‘rni katta. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq 
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 
qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun subsidiyalar ajratib 
kelinmoqda. Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya 
ajratilmoqda. Jumladan: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-
iyuldagi 578-son qaroriga asosan, xarid qilingan texnikaning (traktorlar, 
aylanma pluglar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki 
lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha; 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-
noyabrdagi 952-son qaroriga asosan, mahalliylashtirish darajasi 20 
foizdan kam bo‘lmagan texnika xaridi uchun texnika qiymatining 15 
foiz miqdorida. 
2020-yilda 
jami 681 
dona 
texnika 
uchun 
11,2 
mlrd. 
so‘m subsidiya, shundan 540 dona texnikaning kredit va lizing foiz 
xarajatini qoplab berishga 8,8 mlrd.so‘m, mahalliylashtirish darajasi 20 
foizdan kam bo‘lmagan 141 dona texnika qiymatining 15 foizini qoplab 
berishga 2,4 mlrd.so‘m ajratilgan. “O‘zavtosanoat” AJ ma’lumotiga 
ko‘ra, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodi” AJ tomonidan 2020-
yilda jami 900 dona texnikalar sotilgan, shundan 340 dona (38%) 
texnika (170 dona “XUM MX-1,8” paxta terish mashinasi, 170 dona 
“TTZ-811” traktor) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 
15-sentabrdagi PQ-4828-son qaroriga asosan imtiyozli kredit asosida 
sotilgan. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish