Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

x
X
X
X
Xt

=
Bunda: 
X
1
yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi 
xarajatlar (so‘m); 
X
2
– yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan keyingi 
xarajatlar (so‘m). 
g) mashina-traktor parkidan foydalanish koeffitsiyenti. Buni 
hisoblash uchun xo‘jalikda foydalanilgan mashina-traktorlar miqdorini 
unda mavjud bo‘lgan mashina-traktorlar miqdoriga taqsimlash lozim. 
Uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: 
Ms
Fs
MTPfk
=
Bunda: 
MTPfk
– mashina-traktor parkidan foydalanish 
koeffitsiyenti. 
Fs 
– foydalanilgan mashina-traktorlarning soni (dona). 
Ms
– mavjud bo‘lgan mashina-traktorlarning soni (dona). 


215 
h) moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi. Bunda 
1 etalon gektarning, 1 tonna-kilometrning, 1 kilovat-soatning tannarxi 
aniqlanadi. Ular quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
JI
Mx
EGt
=
Bunda: 
EGt
– 1 etalon gektar tannarxi; 
Mx
– mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami
xarajat (ming so‘m); 
JI
– jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga, tonna-kilometr, 
kilovatt-soat). 
Yuqoridagi 
ko‘rsatkichlarni 
hisoblab, 
moddiy-texnika 
resurslarining holati, darajasi, foydalanish samaradorligi aniqlanadi va 
tahlil qilinadi. Natijada ulardan foydalanish holatini yanada yaxshilash 
chora-tadbirlari belgilanadi. 
Qishloq xo‘jaligini ustuvor darajada rivojlantirish uchun uning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kerak. Tarmoqning moddiy-
texnika resurslari shakllantirilishi, rivojlantirilishi, ulardan samarali 
foydalanish masalalari fan-texnika taraqqiyotiga va uning darajasiga, 
ilg‘or texnologiyalarning ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilishiga 
bevosita bog‘liq. Fan-texnika taraqqiyoti deganda qishloq xo‘jaligi bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha fanlarning rivojlanishi, taraqqiy topishi, bilimli, 
malakali kadrlar tayyorlanishi natijasida samarali yangi texnikalar 
yaratilishi, mavjudlari esa takomillashtirilishini nazarda tutish lozim. 
Buning uchun ta’lim va ixtirochilik tizimini yangi bosqichga ko‘tarish 
talab etiladi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan qulay va 
samarali mashina, traktor, mexanizm, uskunalar yaratilishini, mavjudlari 
takomillashtirilishini, serhosil, tezpishar ekin navlari, sermahsul chorva 
zotlari, ilg‘or texnologiyalarni yaratadigan fanlarning rivojlanishini 
ta’minlaydi. Natijada moddiy-texnika resurslarining miqdori oshadi, 
sifati yaxshilanadi. 
Mamlakatimizda fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni qishloq 
xo‘jaligiga joriy etishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, qishloq 
xo‘jalik mashinasozlik sanoati korxonalarida zamonaviy, tejamli, unumli 
haydov, ishlov beruvchi traktorlar, mashina va mexanizmlar ishlab 
chiqarilmoqda. Yomg‘irlatib, tomchilatib, tuproq ostidan sug‘orish 
uchun yangi samarali texnikalar barpo etilmoqda. Bu hol qishloq 
xo‘jaligida samarali, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini ta’minlaydi.


216 
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham 
mamlakatimiz qishloq xo‘jaligiga tomchilatib sug‘orishni joriy etishga 
alohida e’tibor qaratilgan edi. Mazkur dasturning VII bo‘limida tegishli 
asbob-uskunalar va tizimlarni mamlakatimizning o‘zida ishlab 
chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug‘orish 
tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan edi. 
Tomchilatib sug‘orishni joriy etish uchun zarur asbob-uskunalar va 
tizimlarni mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarishni tashkil etish 
bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda faoliyat 
yuritayotgan “Saniplast” O‘zbekiston-Isroil qo‘shma korxonasi mazkur 
yo‘nalishdagi tadbirlar natijasida tashkil etilgan bo‘lib, tomchilatib 
sug‘orish tizimlarini ishlab chiqarish, loyihalarni amalga oshirish, 
materiallarni yetkazib berish va montaj qilish, ehtiyot qismlarni 
yetkazish va servis xizmatini ko‘rsatish, ekinlarni sug‘orish va o‘g‘itlash 
bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ular 
tomonidan ishlab chiqarilgan tizimlar g‘o‘zani, bog‘ va issiqxonalarni 
tomchilatib sug‘orishda qo‘llaniladi.
2018-yil holatiga mamlakatimizda tomchilatib sug‘orish tizimini 
ishlab chiqaruvchi va quruvchi atigi 10 ta korxona ro‘yxatga olingan edi. 
Bugungi kunda 37 ta mahalliy, xorijiy hamda suv xo‘jaligi pudrat 
korxonalari tomchilatib sug‘orish tizimini qurish va servis xizmatlarini 
ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda. 
Fan-texnika taraqqiyotini joriy etishda rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, Isroilda suv tanqis bo‘lgan adirlarda quyosh batareyalari 
o‘rnatilgan bo‘lib, unung yordamida elektr energiyasi hosil qilinadi va 
ushbu elektr energiyasi bilan ishlovchi nasoslar orqali yer osti suvlari 
chiqariladi. Ushbu suv yordamida ekinlar va bog‘lar sug‘oriladi.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi ilg‘or texnologiyalardan biri – 
biogaz olishdir. Biogaz – nisbatan arzon ekologik yoqilg‘i bo‘lib, u 
chorva mollari va parrandalarning qattiq hamda suyuq chiqindilari, 
o‘simlik qoldiqlari va hokazolardan olinadi. Biogazni nafaqat chorva 
yoki parranda soni ko‘p bo‘lgan yirik fermalarda, balki yakka tartibdagi 
xo‘jaliklarda ham ishlab chiqarish mumkin. Bir nechta kichik fermalar 
yoki yakka tartibdagi xo‘jaliklar chiqindilarni markazlashtirilgan holda 
qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish iqtisodiy nuqtai nazaridan afzal 
bo‘lib, olingan biogaz quvurlar orqali ferma yoki xo‘jaliklarga uzatiladi. 
Respublikamiz agrosanoat kompleksida ekologik toza va qayta 
tiklanadigan energiyadan samarali foydalanuvchi texnologiyalarni joriy 


217 
qilish maqsadida, biogaz qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi va ishlab 
chiqaruvchi tashkilotlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari hamda 
preferensiyalarni taqdim etishni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar 
qabul 
qilingan. 
Jumladan, 
2015-yil 
25-noyabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika chorvachilik va 
parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 343-sonli qarori qabul qilingan. Qaror bilan
ATB “Hamkorbank”, ATB “Turonbank”, ATB “Qishloq qurilish bank”, 
ATB 
“Xalq 
banki”, 
AITB 
“Ipak 
yo‘li”, 
ATB 
“O‘zsanoatqurilishbank”larga Global ekologik fond (GEF) grantlarini, 
shuningdek xalqaro kreditlarni respublikamizning qishloq xo‘jaligi 
korxonalariga biogaz qurilmalarini qurish bo‘yicha loyihalarning 
tashabbuskorlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta 
moliyalash stavkasidan yuqori bo’lmagan foiz stavkalarida ajratish 
nazarda tutilgan. Shunday tartib joriy qilindiki, unga binoan, biogaz 
qurilmalarini qurish loyihalari tashabbuskorlari talabnomalariga asosan 
yer uchastkalarini va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat 
berish vakolatli tashkilotlar tomonidan “bir darcha” tamoyili orqali 
amalga oshiriladi.
Biogaz oluvchi qurilmalarning qurilishi agrosanoat komplesini 
ekologik toza va qayta tiklanadigan energiya bilan barqaror ta’minlash, 
chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarining chiqindilarini utilizatsiya 
qilish masalalarini hamda tuproqning oksidlanishi, yer osti va yuzasidagi 
suvning ifloslanishi, atmosferaga issiqxona gazlari chiqishi kabi 
muammolarni hal qilishga o‘z hissasini qo‘shadi. Shu bilan birga
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development 
Goals)ning 7-“Arzon va toza energiya” hamda 13-“Iqlim o‘zgarishiga 
qarshi kurash” yo‘nalishlari talablariga ham mos keladi.
Organik chiqindilardan olinadigan biogaz o‘z tarkibida 70 
foizgacha bo‘lgan miqdorda metan gazini jamlaydi va undan issiqlik va 
elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatish mumkin. Biogaz 
ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilar esa yuqori sifatli o‘g‘itlar 
hisoblanadi, ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti yagona davlat siyosati asosida kechishi 
hamda 
bu 
jarayonda 
qatnashuvchilarning 
tashabbuskorligi 
va 
tadbirkorligi ham uyg‘unlashishi lozim. 
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy maqsadi yangi, samarali 
qishloq xo‘jalik texnikalarini, ekologik talablarga javob beradigan 
kimyoviy vositalarni, yangi navlarni, zotlarni yaratish, mavjud 


218 
vositalarni takomillashtirish, mehnatning xarakterini o‘zgartirib, uning 
unumdorligini oshirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini 
ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, ularni qayta ishlab, iste’molchilarga
yetkazib berish orqali aholi, korxonalar va nihoyat, davlatning 
iqtisodiyotini yuksaltirishdir. 
Fan-texnika taraqqiyoti qishloq xo‘jaligida quyidagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

yangi yerlarni kompleks o‘zlashtirish, zax va sho‘rlangan 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv bilan ta’minlanish 
tadbirlarini ta’minlaydigan ishlab chiqarish vositalarini yaratish, 
takomillashtirish; 

tezpishar, kam suv talab etadigan, sifatli va serhosil urug‘ navlarini, 
sermahsul chorva zotlarini yaratish; 

qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida amalga oshiriladigan barcha ish 
jarayonlarini avtomatlashtirish, elektrlashtirish, kimyolashtirish hamda 
mexanizatsiyalashtirishni 
ta’minlaydigan 
vositalarni 
yaratish, 
mavjudlarini takomillashtirish; 

qishloq xo‘jaligiga servis xizmatlarini ko‘rsatish, tarmoqda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning zarur miqdorini qayta ishlab, sifatli saqlab, 
iste’molchilarga vaqtida, yaxshi holatda yetkazib berishni ta’minlashni 
joriy etish; 

fan-texnika taraqqiyoti natijalarini qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishining barcha sohalariga o‘z vaqtida joriy etish qobiliyatiga ega 
bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotganlarning 
malakasini oshirish va rag‘batlantirishni takomillashtirish.
Fan-texnika taraqqiyotining shu yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan moddiy-
texnika resurslarini yaratish, mavjudlarini esa takomillashtirish 
ta’minlanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, samarali texnologiyalarni 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy etib borish maqsadga 
muvofiqdir. Bu texnologiyalar ish jarayonlarining belgilangan 
muddatda, sifatli bajarilishiga, mehnat unumdorligi oshishiga va 
xarajatlar kamayishiga olib keladi. Bu borada ham mamlakatimizda 
ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar vaqtni, mehnatni, mablag‘ni tejash 
imkoniyatini beradi. Natijada mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi 
oshishi, tannarx pasayishi va nihoyat, sof foyda summasi ko‘payishini 


219 
ta’minlaydi. Shuning uchun samarali texnologiyalarni yaratishga, ularni 
hayotga tatbiq etishga doimo katta e’tibor berish lozim. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish