Iqtisodiyoti


Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlarni 
shakllantirish manbalari hamda ulardan samarali foydalanish 
yo‘llari.
Qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asosiy va aylanma fondlar 
bozor munosabatlari sharoitida turlicha yo‘llar bilan shakllantirilib, 
barpo etilmoqda. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ayrim asosiy vositalarni 
(bino, inshootlarni) o‘zlari quradi, qishloq xo‘jalik texnikalarini 
ta’mirlaydi, bog‘lar barpo etadi, chorva hayvonlarini parvarish qiladilar.
Ayrim asosiy vositalarni sotib oladi, ba’zi birlarini esa ijaraga oladilar.


238 
Asosiy 
va 
aylanma 
fondlar 
quyidagi 
ikkita 
manbadan 
shakllantiriladi: 
- korxonalarning o‘z mablag‘laridan; 
- chetdan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga.
Korxonalarning o‘z mablag‘lariga sof foydadan ajratilayotgan 
mablag‘, amortizatsiya fondi, asosiy vositalarni sotishdan, tugatishdan 
tushadigan mablag‘lar, asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan 
mablag‘, qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan tushum va 
boshqa shu kabilar kiradi. Chetdan jalb qilingan mablag‘larga esa davlat 
budjetidan ajratilgan mablag‘lar, banklardan olingan kreditlar, jalb 
etilgan investitsiyalar va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida davlat 
budjetidan ko‘plab mablag‘lar ajratilmoqda. Mazkur mablag‘lar asosan 
irrigatsiya inshootlarini (suv omborlari, kanallar) barpo etishga, qishloq 
xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirishga, yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilashga, 
ekologiyani 
sog‘lomlashtirishga, 
qishloq 
xo‘jalik 
korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jalik asosiy va aylanma 
fondlarini shakllantirishda lizing xizmatidan keng foydalanish lozim. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan barcha 
texnikalarni sotib olish uchun mablag‘lari yetishmasligi mumkin. 
Bunday sharoitda ularni lizing asosida ijaraga olish va lizing muddati 
tugagandan so‘ng qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish maqsadga 
muvofiqdir. Mamlakatimiz hukumati tomonidan lizing faoliyati izchil 
qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jalik korxonalari turli 
vositalarni lizing asosida jalb qilganda ularga boj to‘lovlari, soliqlar 
bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berilmoqda. Hozirgi vaqtda fermer 
xo‘jaliklari o‘zlarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini 
oshirishda 
mamlakatimizda 
faoliyat 
yuritayotgan 
lizing 
kompaniyalarining xizmatlaridan keng foydalanmoqdalar.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishda qishloq xo‘jalik 
korxonalari o‘zlari uchun zarur bo‘lgan vositalarni ishlab 
chiqaruvchilarning o‘zidan olishga harakat qilishi kerak. Bunday 
munosabatda vositachilar bo‘lmasligi sababli vositalarni arzonroq sotib 
olishga erishiladi. Shuning uchun xo‘jaliklar bu aloqaning doimiyligini 
ta’minlashga harakat qilishlari lozim.
Qishloq xo‘jalik korxonalari asosiy va aylanma vositalarni xizmat 
ko‘rsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan (yoqilg‘i, kimyoviy vositalar 
va boshqalar) va birjalardan sotib olmoqdalar. Bunda ishlab chiqarish 


239 
fondlarining bahosi vositachilik ustamasi evaziga yuqori bo‘lishiga olib 
keladi. Shu sababli korxonalar imkon qadar ishlab chiqarish fondlarini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan olishga harakat qilishi kerak. 
Kelajakda qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarish fondlarini barpo 
etish manbalari hamda shakllantirish yo‘llarini takomillashtirishga 
alohida e’tibor berishlari, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni 
rivojlantirishga erishishlari maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishga va 
ularning ko‘lamini kengaytirishga katta e’tibor berish lozim. Shu yo‘llar 
bilan tarmoq va xo‘jalikning asosiy va aylanma fondlarga bo‘lgan 
talabni qondirishga erishishlari mumkin.
Mustaqillikka erishilgandan keyingi dastlabki yillarda qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘ining asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik 
darajasi pasayganligi bizga ma’lum. Bunga asosiy va aylanma fondlar 
narxlarining tez sur’atlar bilan o‘sganligi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Masalan, 1995-yilda 1 dona «MTZ-80» markali traktorning narxi 487 
ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2002-yilga kelib, 19,3 martaga oshib, 9,4 
mln. so‘mni tashkil etgan. Ayrim qishloq xo‘jalik texnikalarining 
narxlari juda yuqori sur’atlarda oshgan. Shu yillar ichda benzin 
yoqilg‘isining narxi 12,6 martaga, ammofos o‘g‘itining narxi esa 16,6 
martaga qimmatlashgan. 
Lekin, so‘nggi yillarda hukumatimiz 
tomonidan tarmoqning asosiy va aylanma fondlar bilan ta’minlanganlik 
darajasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda tashkil etilayotgan turli ko‘rgazmalar qishloq 
xo‘jalik korxonalarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini 
oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi 
korxonalariga ular uchun zarur texnikalarni ishlab chiqaruvchilar bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun juda qulay imkoniyat 
yaratib berilmoqda. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida aylanma fondlarni shakllantirishda 
bank kreditlaridan keng foydalanilmoqda. Bu jarayonda hukumatimiz 
tomonidan keng imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilgan.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish