252
10-BOB: QISHLOQ XO‘JALIGIDA INVESTITSIYALAR VA
ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
1. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
2. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari.
3.
Investitsiyalardan
foydalanish
samaradorligini
tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
4. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish ko‘lamini va
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch so‘zlar:
investitsiya, investitsiya muhiti, kapital qo‘yilma,
qishloq xo‘jaligida investitsiya manbalari, investitsiya samaradorligi.
1. Qishloq xo‘jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
Barcha tarmoqlarda bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
ham biror yo‘nalishdagi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda investitsiyalar
muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun avvalo turli xarajatlarni amalga oshirish, ya’ni investitsiya
mablag‘larini sarflash talab etiladi.
“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so‘zidan olingan bo‘lib,
“pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Investitsiya
faoliyati subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari:
investorlar, investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar,
banklar, sug‘urta kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya
fondlari va boshqalar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan
barcha mablag‘lar investitsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo‘jaligi
korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab
chiqarish
jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish,
kimyolashtirish,
elektrlashtirish, avtomatlashtirish natijasida mehnat unumdorligi oshadi,
xarajatlar esa tejaladi. Natijada yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi
ko‘payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan foyda summasi oshadi. Bu
investitsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Shularni e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion
siyosat ishlab chiqilgan. U O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi va “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi
Qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga
oshirilmoqda.
253
Barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham
investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor
shaklda rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam
ravishda barpo etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy bino-
inshootlar,
barcha
turdagi
zarur
texnikalar,
qishloq
xo‘jalik
mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya inshootlari, serunum,
tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda aylanma
vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim.
Hozirgi
davrda
investitsion
mablag‘lar
yangi,
samarali
texnologiyaga hamda intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi
maqsadga muvofiqdir. Bu masalaning to‘g‘ri, samarali hal etilishi
ma’lum miqdordagi investitsiyalar sarflanishini obyektiv ravishda talab
etadi.
Demak,
investitsiya
mablag‘lari
tarmoqda
doimiy
va
o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni
rivojlantirish hamda yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa
muddatlarga mo‘ljallab sarflanishi mumkin. Qishloq xo‘jaligining asosiy
vositalarini sotib olishga, qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga
sarflansa, unda bu sarflar uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. U
asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Shu bilan
birgalikda investitsiyalar qishloq xo‘jaligining aylanma vositalariga ham
sarflanadi, ular odatda qisqa muddatga sarflanadi. Demak, investitsiyalar
natijasida qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo etilib,
ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
-
kapital investitsiyalar;
-
innovatsion investitsiyalar;
-
ijtimoiy investitsiyalar.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab
chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini
rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb
ataladi.
Texnika
va
texnologiyalarning
yangi
avlodini
yaratish,
mavjudlarini takomillashtirish va ularni o‘zlashtirishga sarflangan
investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini
oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini
rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar ijtimoiy investitsiyalar deb
ataladi.
254
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo‘lish
mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan
mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital
qo‘yilmalar deb ham ataladi. Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital
qo‘yilmalarga bo‘linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi
kapital qo‘yilmalarni tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash
natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo‘yilmalardir. Sof kapital
qo‘yilma yalpi kapital qo‘yilma summasiga teng yoki kam bo‘lishi
mumkin. Qishloq xo‘jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi
kapital qo‘yilmani sof kapital qo‘yilmaga aylantirishga alohida e’tibor
berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini,
ya’ni ishga tushirilishini ta’minlash zarur.
Qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo)
shakllantirishga sarflangan mablag‘lar esa moliyaviy investitsiyalar
hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida moliyaviy investitsiyalar
ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, fermer
xo‘jaliklari, agrofirmalarda qimmatli qog‘ozlar chiqarib, sotilishini
yo‘lga qo‘yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda
quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlash. Bu qishloq
xo‘jaligida investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi;
- qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan investitsiyalarning iqtisodiy
jihatdan asoslanganligi. Qishloq xo‘jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining
xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalarning iqtisodiy-ijtimoiy
natijalari aniqlangan bo‘lishi zarur. Chunki, ayrim hollarda loyihada
belgilangan mablag‘lar ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun
yetmaydi va oqibatda ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol
investitsion loyihalar uzoq muddatga cho‘zilishiga olib keladi;
- chet el investorlarini va ularning investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga
jalb etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlarni mamlakatimiz qishloq
xo‘jaligida mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun
yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirish, reklamani to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish hamda investitsion muhitni yanada yaxshilab borish lozim va
boshqalar.
Barcha
omillarni
e’tiborga
olgan
holda
sarflanadigan
investitsiyalar qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini
barpo etadi, qishloq xo‘jaligi zamonaviy mashinalar, traktorlar,
255
kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi, bog‘lar, uzumzorlar
barpo etiladi, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlari yaratiladi va
hokazo. Ular yangi ish o‘rinlari barpo etilishini ham ta’minlaydi, qishloq
xo‘jaligida band bo‘lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini
yuksaltiradi,
bozor
munosabatlarini
shakllantiradi.
Ularning
uyg‘unlashishi natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi
ko‘payib, raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o‘z navbatida, aholi va qayta
ishlash tarmoqlarining talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning
turmush darajasini yuksaltiradi. Bularning hammasi investitsiyalarning
iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligidagi
ahamiyati ulkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |