“Yalpi talab va yalpi taklif” mavzusi boʻyicha
nazarot savollari.
Yalpi talab deganda nima tushuniladi va unga qanday omillar taʼsir koʻrsatadi?
Yalpi talab – baholarning maʼlum darajasida uy xoʻjaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlar sotib olishi mumkin boʻlgan iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmidir.
Boshqacha qilib aytganda yalpi talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tugallangan tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilinishi mumkin boʻlgan umumiy harajatlar yigʻindisidir.
Yalpi talabga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni ikki guruhga boʻlish mumkin:
Baho omillari:
Foiz stavkasi (Keyns) samarasi;
Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari (Pigu) samarasi;
Import xaridlar (Mandell-Fleming) samarasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |