Import xaridlar samarasi - biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, bu mamlakatda ichki tovar va xizmatlarga talab kamayadi, import mahsulotlarga boʻlgan talab oshadi. Bu esa sof eksport hajmi orqali yalpi talab hajmiga taʼsir koʻrsatadi.
Import xaridlar samarasini quyidagicha ifodalash mumkin:
P↑ → ( Ex↓ - Im↑ ( → Xn↓ →AD↓
P↑ - ichki narxlarning oshishi;
X↓ - eskportning kamayishi;
Im↑ - importning koʻpayishi;
Xn↓ - sof eksportning kamayishi;
AD↓ - yalpi talabning kamayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |