Iqtisodiyoti


Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

4. Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini 
oshirish yo‘llari. 
Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar qishloq xo‘jaligida 
foydalanilayotgan asosiy va aylanma fondlarning iqtisodiy samaradorligi 
yuksalishiga xizmat qilmoqda. Kelajakda bu o‘sish sur’atini yanada 
oshirishga erishish uchun tarmoqda mavjud bo‘lgan barcha asosiy va 
aylanma fondlardan yil mobaynida to‘liq va maqsadga muvofiq samarali 
foydalanish zarur. Zamonaviy, serunum texnikalardan, samarali 
texnologiyalardan oqilona foydalanish natijasida dastavval mehnat 
unumdorligini oshirib, mehnat va mablag‘ sarflari tejalishini ta’minlab, 
yetishtiriladigan 
mahsulotlarning 
tannarxini 
pasaytirish 
evaziga 
olinadigan foyda summasini ko‘paytirishga erishish lozim. 
Avvalo, 
qishloq 
xo‘jalik 
ishlab 
chiqarishi 
bilan 
shug‘ullanuvchilarning asosiy va aylanma fondlardan samarali 
foydalanishdan moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish lozim. 
Shuningdek, ularda mulkka egalik hissini shakllantirish va mulkdan 
samarali foydalanishdan manfaatdorligini yuksaltirish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ixtiyoridagi barcha asosiy va 
aylanma fondlardan yil davomida, oqilona hamda samarali foydalanishni 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga 
oshirish lozim. Shuningdek, korxonalarning joylashishi, ixtisoslashishi 
va ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligiga, ular o‘rtasidagi 
mutanosiblikka alohida e’tibor berish kerak. Agarda xo‘jaliklar barcha 
vositalar bilan talab darajasida yaxshi ta’minlanmagan bo‘lsa, bu 
masalani hal etish bilan bog‘liq tadbirlarni, yo‘llarni aniqlash zarur. 
Jumladan, asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun 
quyidagi tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishini 
ta’minlashga doimo e’tibor berish maqsadga muvofiqdir: 

korxonalarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini 
yaxshilash, ular o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, ya’ni qishloq 
xo‘jalik texnikasi uchun zarur bo‘lgan barcha mexanizmlar bo‘lishiga 
erishish; 

asosiy vositalarning holatini, ishga yaroqliligini yaxshilash; 

zarur bino va inshootlar bilan yetarli darajada ta’minlanishga 
erishish, bunda mahalliy qurilish materiallaridan oqilona foydalanish; 


247 

sanoat korxonalari yetkazib beradigan qishloq xo‘jalik mashinalari 
va texnikalarini qulay usullarda sotib olish; 

qishloq 
xo‘jaligiga 
fan-texnika 
yutuqlari, 
zamonaviy 
texnologiyalarni joriy qilish va hokazo. 
Aylanma fondlardan samarali foydalanish orqali qishloq xo‘jalik 
ekinlari hosildorligining o‘sishiga, chorva hayvonlari mahsuldorligining 
oshishiga, mahsulot sifatining yuksalishiga erishish lozim. 
Aylanma fondlardan samarali foydalanishda quyidagi tadbirlarga
e’tibor berish kerak: 

qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan aylanma 
fondlardan tejamkorlik bilan samarali foydalanish; 

aylanma fondlarni sotib olish tartibini takomillashtirish; 

aylanma fondlarning optimal tarkibini ta’minlash; 

aylanma fondlarning aylanish davrini qisqartirish; 

qishloq xo‘jaligida yetarli darajada mineral o‘g‘itlardan foydalanish; 

mamlakatimiz mintaqalarida urug‘chilikni yanada rivojlantirish; 

debitorlik qarzlari ko‘payishining oldini olish; 

mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va rag‘batlantirish 
tizimini rivojlantirish. 
Yuqoridagi tadbirlarga e’tibor berish kelajakda qishloq 
xo‘jaligidagi asosiy va aylanma fondlardan yil davomida samarali 
foydalanilishini ta’minlaydi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish