Iqtisodiyoti


NING SAMARADORLIGINI OSHIRISH



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

NING SAMARADORLIGINI OSHIRISH. 
1. Ishlab chiqarishni intesiv rivojlantirishning mohiyati. 
2. 
Qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishini 
intensivlashtirishning 
ko‘rsatkichlari. 
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy 
omillari. 
Tayanch so‘zlar:
qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish nazariyasi, 
intensiv yo‘li, ekstensiv yo‘l, hosildorlik, mahsuldorlik, zamonaviy 
texnologiyalar.
1. Ishlab chiqarishni intesiv rivojlantirishning mohiyati. 
Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonunlari asosida amalga oshadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajminig oshishi ekin 
maydonlarining kengaytirilishi va chorva mollari sonining ko‘payishi 
hisobiga hamda mavjud ishlab chiqarish vositalaridan samarali 
foydalanish evaziga ta’minlanadi. Ekin maydonlarining kengaytirilishi 
va chorva mollari sonining ko‘payishi hisobiga qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish rivojlanishning ekstensiv 
yo‘lidir. Ekstensiv yo‘l orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ishlab 
chiqarish omillarining miqdoriy o‘sishi evaziga erishiladi. Ekstensiv 
yo‘l orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 
oshirishda 
ishlab 
chiqarish 
texnika 
va 
texnologiyalarini 
takomillashtirmagan holda yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga ekin 
maydonlarini ko‘paytirish, chorva mollarini boshini ko‘paytirish va 
qo‘shimcha ishlovchilarni jalb etish nazarda tutiladi. 
Insoniyat tarixining dastlabki davrlaridan boshlab, insonlar o‘z 
ehtiyojlarini qondirish uchun unumdor yerlarni o‘zlashtirib kelganlar. 
Yangi yerlarni o‘zgartirish hozirgi davrda bizning mamlakatimizdagi 
kabi dunyoning boshqa mamlakatlarida ham davom etmoqda. Lekin, 


406 
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlarning tabiatan 
cheklanganligi va ularni keskin ko‘paytirish imkoniyatlarining 
chegaralanganligi singari qishloq xo‘jaligini ekstensiv yo‘l orqali 
rivojlantirish imkoniyatlari ham cheklangan. Bundan tashqari, ekstensiv 
yo‘l orqali rivojlantirish ishlab chiqarish omillaridan samarali 
foydalanishni 
ta’minlamaydi. 
Shu 
bilan 
birgalikda 
dunyo 
mamlakatlarining rivojlanish tarixi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qishloq 
xo‘jaligini 
rivojlantirishning 
samaraliroq 
shakli 
bo‘lgan 
intensivlashtirish muhim o‘rin tutadi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning intensiv yo‘lida mahsulot 
ishlab chiqarishning o‘sishi sifat omillari evaziga amalga oshadi, ya’ni 
ishlab 
chiqarish 
resurslaridan 
samarali 
foydalanish, 
ilg‘or 
texnologiyalar, fan-texnika taraqqiyoti natijalari, ishlab chiqarishni va 
mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali amalga 
oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning intensiv yo‘li rivojlanishning 
ekstensiv yo‘lini inkor etmaydi. Imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ayrim 
hududlarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning ekstensiv 
shaklidan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ekin maydonlarini 
kengaytirishda ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslikka e’tibor berish 
lozim. Bunda o‘rmonlarning kesilishi, yer erroziyasi va boshqa shu kabi 
salbiy holatlar yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. XX asrning 50-60-
yillarida O‘zbekiston Respublikasi hududida katta maydonlarning 
o‘zlashtirilishi natijasida Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan olinadigan 
suv miqdori keskin ko‘paydi va natijada global ekologik muammolardan 
biri – Orol dengizi muammoasini keltirib chiqardi. Bu kabi ekologik 
muammolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymagan holda qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishning ekstensiv shaklidan foydalanish lozim.
Amalda bu ikki yo‘l ishlab chiqarishning rivojlanishida bir-birini 
to‘ldirib, pirovardida umumiy iqtisodiy samardorlikning ortishiga olib 
keladi. Ular yagona xo‘jalik faoliyatiga xos usullar bo‘lib, bir vaqtning 
o‘zida iqtisodiy o‘sishda ham miqdoriy (ekstensiv), ham sifat (intensiv) 
jihatlari mavjud bo‘ladi, ammo ularning nisbati har xil mutanosiblikda 
bo‘ladi.


407 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning intensivlashtirish nazariyasi 
avvalom bor yer xususiyatini hisobga olish, uni qishloq xo‘jaligida 
asosiy ishlab chiqarish vositasi ekaniga asoslanadi. Ma’lumki yerning 
asosiy 
vosita 
sifatida 
muhim 
xususiyatlaridan 
biri 
uning 
cheklanganligidir. Yerning cheklanganligi o‘z navbatida qishloq 
xo‘jaligini 
intensivlashtirishni 
taqozo 
etadi. 
Qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarishni 
qo‘shimcha 
yer 
maydonlarini 
o‘zlashtirish orqali ko‘paytirish imkoniyatlari cheklanganligi mavjud 
yerlarning sifatini yaxshilash, ulardan samarali foydalanish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar 
holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil 
qilmoqda va 2020-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 653,7 ming kishiga 
yoki 1,9 foizga ko‘paygan. Mamlakatimiz aholisi 2020-yining har oyida 
o‘rtacha 54,5 ming kishiga, har bir kunida esa o‘rtacha 1,8 ming kishiga 
oshgan. Aholi sonining ortishi oziq-ovqatga bo‘lgan talabning ham 
o‘sishiga olib keladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyoti 
yuksalib borishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xomashyo sifatida 
ishlatadigan sanoat korxonalari soni va ularning ishlab chiqarish 
quvvatlari ham ortib bormoqda. Ushbu holatlar qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini barqaror ko‘paytirib borishni talab 
etadi. 
Ammo suv taqchilligi, ekin maydonlarining cheklanganligi talab 
darajasidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda jiddiy 
to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. 
Bunda muammoning yechimi – 
qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini intensiv rivojlantirishdir.
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish masalalarini o‘rganishda 
intensivlik, intensivlashtirish darajasi va intensivlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi tushunchalarini bir-birdan ajratish lozim. 
Intensivlik – bu qishloq xo‘jaligi va uning ayrim tarmog‘ining 
ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarish vositalari bilan qay darajada 
ta’minlanganligini aks ettiradi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab 
chiqarish vositalari bilan qanchalik yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa, 
ularda ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlar
ya’ni intensivlik shunchalik yuqori bo‘ladi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha 


408 
mavjud asosiy qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
18.1-jadvalda keltirilgan. 
18.1-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish