BOB YUZASIDAN AMALIY TOPSHIRIQLAR:
1-topshiriq:
“Baliq skeleti” usuli
yordamida “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
intensivlashtirishning asosiy omillari nimalardan iborat?” savoliga javob
beriladi.
422
2-topshiriq:
Klaster
usuli yordamida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
intensivlashtirishning ko‘rsatkichlarini yoritib berish.
3-topshiriq:
Nilufar
guli
usuli
yordamida
qishloq
xo‘jaligi
tarmog‘ida
intensivlashtirish darajasining pastligiga ta’sir etuvchi omillar va ularni
bartaraf etish yo‘llarini tahlil qilish.
Qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini
intensivlashtirishning
asosiy omillari
nimalardan iborat?
Qishloq
xo‘jaligida
intensivlashtirish
ko‘rsatkichlari
423
B
C
D
B
C
D
I
I
A
E
E
H
G
F
H
G
F
Nilufar guli - muammoni yechish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi usuldir.
O‘zida nilufar guli ko‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to‘qqizta
to‘g‘ri to‘rtburchak tashkil etadi. Bunda A – qo‘yilayotgan asosiy
muammo, ya’ni qishloq xo‘jaligida intensivlashtirish darajasining
pastligi; B,C,D,E,F,G,H,I – esa ushbu muammoga ta’sir etuvchi omillar,
har bir omil alohida olinib, uni hal etish yo‘llari yozib chiqiladi. Ushbu
usul tizimli fikrlash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va
faollashtiradi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Ishlab chiqarishni intesiv rivojlantirishning mohiyati va ahamiyati.
2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning
ko‘rsatkichlari.
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy
omillari.
424
19-BOB. QISHLOQ XO‘JALIGINI IXTISOSLASHTIRISH VA
INTEGRATSIYALASHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
1. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari,
ularning ilmiy asoslari.
2. Ixtisoslashtirishning shakllari, ko‘rsatkichlari va samaradorligini
oshirish imkoniyatlari
3. Qishloq xo‘jaligida integratsiyalashuvning mohiyati, ahamiyati va
turlari.
Tayanch so‘zlar:
tarmoq strukturasi, ishlab chiqarishni joylashtirish,
ixtisoslashuv,
tarmoqlarni
integratsiyalash,
konsentratsiya,
ixtisoslashtirish shakllari, ixtisoslashtirish koeffitsiyenti, ijtimoiy mehnat
taqsimoti.
1. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish tushunchalari,
ularning ilmiy asoslari.
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat
taqsimotining turli shakllarini o‘zida namoyon etadi. Qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ishlab
chiqarishning iqtisodiy va tabiiy jarayonlarini o‘zida aks ettiradi hamda
bu tarmoqda mehnatning ijtimoiy taqsimotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, bunda ishchilar mehnat jarayonida turli qishloq
xo‘jaligi texnikalari va boshqa shu kabi mehnat vositalari bilan bir
qatorda tuproq va tirik organizmlar bilan ham ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli qishloq xo‘jaligida mehnat taqsimotini sanoat tarmog‘idagi
mehnat taqsimotining ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulotning alohida
detallarini bo‘yicha amalga oshirilgani singari chuqur amalga oshirib
bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim
sharoitlari bilan uzviy bog‘liqligi mehnatning geografik jihatdan ham
taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning
joylashishida o‘z ifodasini topadi.
425
Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
ishlab chiqarish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy-iqtisodiy va
ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi
qishloq xo‘jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga
ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor
tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarida joylashgan har bir xo‘jalik,
tuman, viloyat qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva
mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini
aniqlab beradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi
omillarga e’tibor berish lozim:
•
yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
•
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o’ziga xos xususiyatlari (saqlash
uchun noqulayligi, sifati tez buzilish, tashish qiyinchiligi va hokazo);
•
mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xomashyo manbalariga
yaqinlashtirish;
•
transport vositalari hamda yo‘llar holati;
•
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va
sotuvchi korxonalarning joylashishi va rivojlanish darajasi;
•
mintaqa aholisi, mehnat resurslari, mehnat malakasi, kasbi va bo‘sh
ish o‘rinlarining mavjudligi.
Qishloq xo‘jaligi mintaqasi yoki alohida korxonaning ixtisoslashuvi
esa asosiy tarmoqni belgilab olish va uning rivojlanishi uchun ustuvor
rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutadi. U qishloq
xo‘jalik mintaqasi yoki xo‘jalikning ishlab chiqarish yo‘nalishini va
tarmoq tarkibini tavsiflaydi.
Qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibi yalpi va tovar mahsuloti
tarkibida alohida tarmoqlarning salmog‘i bilan tavsiflanadi va
quyidagicha hisoblanadi:
100
=
QXYaM
TYMQ
TТ
426
Bunda: TT - tarmoq tarkibi, foizda;
TYMQ – tarmoqlarda (o‘simlikchilik yoki chorvachilik)
yetishtirilgan mahsulot qiymati;
QXYaM – qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining umumiy yalpi
mahsuloti qiymati.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab
chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgan tovar
mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi. Ma’lumki xo‘jaliklarda
faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun
yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar
yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va
aniqlanadi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar 19.1-jadvalda keltirilgan.
19.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |