Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning 
ko‘rsatkichlari. 
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivajlantirish darajasi natura va qiymat 
ko‘rsatkichlari yordamida aniqlanadi. Natura ko‘rsatkichlar yordamida 
xo‘jalikdagi tarmoqlar va ularning bir-birlari bilan qanchalik 
bog‘langanligi hamda ayrim tarmoqchalar va ekin turlari bo‘yicha 
qancha mahsulot yetshtirilganligini aniqlash mumkin. 
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish darajasini o‘zida aks ettiruvchi 
natura ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: 
- yer maydoniga to‘g‘ri keladigan energetik resurslar quvvati. Bu 
ko‘rsatkich har bir gektar yer maydoniga qancha texnika vositalari, 
avtomashina va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari to‘g‘ri kelishini 
ko‘rsatadi; 
- har bir gektar ekinzorga to‘g‘ri keladigan meneral va mahalliy o‘g‘it. 
Bu ko‘rsatkich yerning iqtisodiy unimdorlik darajasiga ta’sir etish 
ko‘lamini o‘zida ifoda etadi; 
- yer fondida ekin maydonlari hissasini ko‘paytirish. Bu ko‘rsatkich 
yerdan qay darajada foydalanilayotganligini ko‘rsatadi; 
- sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarning umumiy yer 
maydoniga nisbati. Bu ko‘rsatkich tuproqning iqtisodiy unumdorligi 
o‘sish darajasini ifodalaydi; 
Chorvachilikning 
intensiv 
rivojlanganligini 
aks 
ettiradigan 
ko‘rsatkichlarning asosiylari quyidagilardan iborat: 
- har bosh qishloq xo‘jaligi hayvoniga to‘g‘ri keladigan jonli va 
buyumlashgan mehnat sarfi. Har bir bosh hayvon hisobiga qancha ko‘p 
ishlab chiqarish vositalariga va bevosita mehnat xarajatlari to‘g‘ri kelsa, 
qoidaga muvofiq undan olinadigan mahsulot miqdori ham shuncha 
yuqori bo‘ladi; 


414 
- har bosh qishloq xo‘jaligi hayvoniga to‘g‘ri keladigan ozuqa. 
Ma’lumki, chorva mollarini ilmiy asoslangan ratsion asosida 
oziqlantirish ularning mahsuldorligi ortishiga olib keladi; 
- chorvachilikni yuritish madaniyatini ko‘tarish: maxsus qulayliklarga 
ega bo‘lgan chorva binolarini barpo etish, ish jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish, sanitariya va gigiyena 
sharoitlarini yaxshilash va boshqalar; 
- chorvachilikda naslchilik bilan bog‘liq ishlarni yaxshilash. Ma’lumki 
chorva mollarining nasli qanchalik yaxshi bo‘lsa, undan olinadigan 
mahsulot miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi; 
- mutaxassislarning 
malakasini oshirish, u
mehnat unumdorligining 
o‘sishiga ta’sir etadi. 
Intensivlashtirishning qiymat ko‘rsatkichlari esa sarflangan mehnat 
va 
mablag‘ 
evaziga 
qancha 
so‘mlik 
qo‘shimcha 
mahsulot 
yetishtirilganligini ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlanish 
darajasini o‘zida aks ettiruvchi qiymat ko‘rsatkichlari quydagilardan 
iborat: 
1) bir gektar yer maydoniga to‘g‘ri kelgan ishlab chiqarish xarajatlari. 
Bu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
QXY
IChX
Id
=
Bu 
ko‘rsatkich 
qishloq 
xo‘jaligining 
qay 
darajada 
intensiv 
rivojlanganligini o‘zida aks ettiradi; 
2) bir gektar yer hisobiga to‘g‘ri kelgan ishlab chiqarish asosiy 
vositalari qiymati. Bu ko‘rsatkich har bir gektar yer maydoni hisobiga 
qancha ishlab chiqarish vositalari to‘g‘ri kelishini o‘zida aks ettiradi. 
Ushbu ko‘rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
QXY
AVq
Id
=
Shunday qilib, intensivlashtirishning natura va qiymat ko‘rsatkichlari 
yordamida intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorlik darajasini 
aniqlash mumkin. 


415 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal 
qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan 
mahsulotni ko‘paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat 
bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo‘shimcha mablag‘ning o‘sishini 
bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar 
yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur’atda olishda 
ifodalanadi. 
Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini 
oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, 
tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab 
qiladi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar 
oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo‘jalik har bir birlik xarajat evaziga 
ko‘proq mahsulot va maksimum foyda olishi kerak. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi ko‘rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida 
muhimlari quyidagilar: 
1) bir gektar yer maydonga to‘g‘ri kelgan yalpi mahsulot: 
QXY
YM
Si
=
Xo‘jalikning yalpi mahsuloti taqqoslama baholarda baholanadi. Bunday 
baholanish ushbu ko‘rsatkichni dinamikada, shuningdek bir xil sharoitda 
ishlaydigan qator xo‘jaliklar faoliyatini taqqoslashni o‘tkazishda 
foydalanish imkonini beradi. Hosildorlikning oshishi va bir vaqtning 
o‘zida unga sarflangan tannarxning pasayishi intensivlashtirish 
samaradorligining yuqori darajada ekanligini bildiradi. Bunday holatda 
yerga sarf qilingan har bir so‘m nafaqat xarajatlarni qoplaydigan 
qo‘shimcha mahsulot olib kelmasdan, balki qo‘shimcha sof daromad 
olish imkonini ham beradi. 
2) bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerga to‘g‘ri kelgan yalpi 
daromad: 
QXY
YD
Si
=


416 
Bu ko‘rsatkich ancha takomillashgan 
ishlab chiqarish vositalarida
, ilg‘or 
texnologiyada, qishloq xo‘jaligi ekinlarining samarali navi va mollar 
zoti hamda boshqalarda bajarilgan, qo‘shimcha mablag‘lardan ancha 
oqilona foydalanishni aks ettiradi. 
3) bir gektar qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerga to‘g‘ri kelgan sof 
foyda: 
QXY
SF
Si
=
Bu ko‘rsatkich alohida ahamiyatga ega. Modomiki, sof daromad 
qo‘shimcha qo‘yilmalarning asosiy manbai hisoblanar ekan, u holda 
kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va mustahkamlash uning 
hajmiga bog‘liq. Qishloq xo‘jaligini izchillik bilan intensivlashtirish 
qo‘shimcha mablag‘larning ancha yuqori, tez qaytarilishiga va mos 
ravishda sof daromadning o‘sishiga olib keladi. 
4) bir birlik mehnat sarfi hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot 
(yalpi va sof daromad) hajmi: 
MS
YM
Si
=
5) bir birlik asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari hisobiga 
olingan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad): 
AyF
AsF
YM
Si
+
=
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy 
samaradorligi bir gektar yerdan ishlab chiqariladigan mahsulotning 
ko‘payishida, mahsulot birligiga sarflangan jonli va buyumlashgan 
mehnat xarajatlarining pasayishida o‘z aksini topadi. 
Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish, uning yo‘nalishiga, sur’atiga 
va samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p omillarga bog‘liq. Qishloq 
xo‘jaligini intensivlashtirishda muhim rol qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga tegishli. U o‘z 
ichiga nafaqat mashina texnikasidagi taraqqiyotni, balki ishlab 
chiqarishni tashkil qilish va texnologiyasidagi, fanni rivojlantirishdagi, 
ilg‘or tajribadan foydalanishdagi taraqqiyotni ham oladi. 


417 
Tuproqni ishlashni yaxshilash, qo‘shimcha organik va mineral o‘g‘itlar 
solish, meliorativ ishlarni o‘tkazish, barcha kompleks agrotexnik 
tadbirlarni bajarish tuproqning iqtisodiy unumdorligini oshirishga, 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni o‘stirishga 
imkon beradi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish