Iqtisodiyoti


 Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning asosiy 
omillari. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish ko‘p jihatli 
jarayon 
bo‘lib, 
hozirgi 
sharoitda 
qishloq 
xo‘jaligini 
intensivlashtirishning quyidagi omillari muhim ahamiyat kasb etadi: 
1) tarmoqda bozor munosabatlarni takomillashtirish. Qishloq 
xo‘jaligini yuksaltirishni birlamchi masalalaridan biri qishloqda bozor 
munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi 
tadbirkorlik subyektlarida mahsulot tannarxini pasaytirish, yuqori sifatli 
mahsulotlar yetishtirish hajmini ko‘paytirishga intilish hissini uyg‘otish, 
buning uchun ularda yerga nisbatan egalik huquqini qaytarish, o‘zaro 
munosabatlarini bozor tamoyillari asosida tashkil etish lozim. Qishloq 
xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosida – 
tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga mustaqil harakat 
etish, tadbirkorlik va tashabbuskorligini amalga oshiririshga zamin 
yarata oladigan xo‘jalik yuritishning turli mulkchilikka va shakliga 
asoslangan muhitni yaratishdir. 
2) yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, ularning nobudgarchiligi oldini 
olish. Qishloq xo‘jaligining mavsumiylik xususiyati unga mutanosib 
holda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishiga bo‘lgan talabni 
yanada oshiradi. Tarmoqda turli xo‘jalik yuritish va mulkchilik 
shakllarini keng rivojlantirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
saqlash, qayta ishlash shaxobchalarini tashkil etish imkoniyatlari yuzaga 
keladi. Mahsulotlarni saqlash tizimini rivojlantirish qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari pishadigan mavsumda narxlarning keskin pasayishining 
oldini oladi. Buning natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilarning me’yor darajasida sof foydaga erishishi va buning 


418 
natijasida mazkur mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish shaklida davom ettirish imkonini beradi, ishlab 
chiqarishni intensivlashtirishdan moddiy manfaatdorligini ta’minlaydi. 
Shu bilan birga bu qish-bahor oylarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
narxining keskin ko‘tarilib ketishining oldini ham holadi. 
3) 
qishloq 
xo‘jaligini 
kimyolashtirish. 
Ishlab 
chiqarishni 
kimyolashtirishning asosida yerning unumdorligini oshirish orqali 
o‘simlikchilik 
va 
chorvachilik 
mahsulotlarini 
yetishtirishni 
ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar yotadi. Jumladan, hosildorlikni 
oshirishga qaratilgan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash tadbirlari, kimyoviy 
vositalar yordamida begona o‘tlarga qarshi kurashish tadbirlari, o‘simlik 
va chorva mollari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda 
kimyoviy vositalardan foydalanish, chorva ozuqalarining to‘yimligini 
oshirishda kimyoviy vositalarning keng ko‘lamda qo‘llanishiga 
qaratilgan tadbirlar. 
4) qishloq xo‘jaligini melioratsiyalash. Qishloq xo‘jaligida sug‘orish, 
zax qochirish, sho‘rni yuvish tadbirlarini o‘z vaqtida, sifatli amalga 
oshirish intensiv rivojlanishda muhim omillar jumlasiga kiradi. 
5) resurs talabchanligi kam bo‘lgan intensiv texnologiyalarni qo‘llash. 
Resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, ularning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: suv tejovchi 
sug‘orish usullaridan foydalanish,
zamonaviy, tejamkor va mehnat 
unumdorligi yuqori qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish orqali 
agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va 
sifatini oshirish,
y
erdan va boshqa asosiy vositalardan samarali 
foydalanishni ko‘zda tutadigan ishlab chiqarishni joylashtirishning 
ratsional sxemalarlarini ishlab chiqish va boshqalar. 
6) qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, 
mahalliy sharoitlarga mos navlarini ishlab 
chiqarishga tatbiq etish; 
7) chorva mollarining yuqori mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega, 
kasalliklarga 
chidamli, 
mahalliy 
sharoitlarga 
mos 
zotlarini 
ishlab 
chiqarishga tatbiq etish;
8) chorva mollarini saqlash va boqish yo‘nalishlarda intensiv 
texnologiyalarni 
joriy 
etish. 
Chorvachilikda 
texnologiyalarni 


419 
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari: chorva mahsulotlari ishlab 
chiqarishni sanoat asosiga o‘tkazish, chorva mollarining tarkibi sifatini 
va ularning ozuqa bazasini yaxshilash. Chorvachilikni rivojlanishida 
uning mustahkam ozuqa bazasini yaratish muhim bo‘lib, ozuqa tarkibi, 
miqdori va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni o‘z ichiga 
oladi. 
9) 
ishlab 
chiqarishni 
joylashtirish 
va 
ixtisoslashtirishni 
takomillashtirish. Fan- texnika taraqqiyoti ta'sirida qishloq xo‘jalik 
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining 
chuqurlashuvi tinimsiz yuksala boradi. Shu bilan birga iqtisodiy 
asoslangan qishloq xo‘jalik korxonalarining optimal katta- kichikligi, 
ularni mehnatga muvofiq ixtisoslashuviga, dehqonchilik va chorvachilik 
madaniyatini ko‘tarishga, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tatbiq 
etilishiga 
zamin 
yaratilib, 
natijada 
mahsulot 
yetishtirishni 
samaradorligini oshirishga erishiladi. 
10) mutaxassislarning malakasini oshirish. Qishloq xo‘jaligiga fan 
yutuqlarni tatbiq etishda kadrlarni mutaxasislik saviyasini va texnik 
tayyorgarlik darajasini oshirmay turib erishish mumkin emas. Qishloq 
xo‘jaligida mutaxasislarning malakasini 
oshirish deganda birinchidan,
mutaxassislarga murakkab va ilgari amalga oshira olmagan ishlarni 
bajarish uchun zamonaviy kasblarni egallashiga zamin yaratish, 
ikkinchidan nisbatan yuqori sifatga ega bo‘lgan mahsulot olish, 
uchinchidan ma’lum bir vaqt oralig‘i davomida avvaldagidan ko‘proq 
mahsulot yetishtirishga imkon yaratish nazarda tutiladi. 
11) ishlab chiqarishga fan-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni tatbiq 
etish. Hozirgi sharoitda qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish sur’atlarini 
oshirish va uning samaradorligini ko‘tarishda ilm-fan yutuqlarini ishlab 
chiqarishga joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika 
sohalaridagi yutuqlar ishlab chiqarish kuchlarini yanada yuksaltiruvchi 
muhim omil bo‘lib, ishlab chiqarish resurslari qatorida ishlab chiqarish 
jarayonlarida ishtiroq etadi. Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirishda 
amaliyotda mavjud bo‘lgan ilg‘or tajribalar natijasini tahlil qilish va 
ularni ishlab chiqarishga keng tatbiq qilinishi katta ahamiyat kasb etib, 


420 
mahsulot ko‘lamini ko‘payishiga va ishlab chiqarish samaradorligining 
o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Qishloq xo‘jaligida ayrim tadbirlar bir vaqtning o‘zida ham 
ekstensiv, ham intensiv rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hozirgi 
vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan sug‘orish 
tizimida 40 foizga yaqin suv yo‘qotilmoqda. Ushbu sug‘orish tizimining 
holatini yaxshilash orqali mavjud suvlardan foydalanish samaradorligi 
oshadi, ya’ni qishloq xo‘jaligining intensiv yo‘lda rivojlanishiga olib 
keladi. Sug‘orish tizimining holatini modernizatsiyalash orqali tejab 
qolingan suv o‘z navbatida yangi yerlarni o‘zlashtirish imkonini ham 
beradi. 
Qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish 
yo‘llari quyidagilar: 
- qishloq xo‘jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish; 
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida investisiya va kapital 
qo‘yilmalarning o‘sishini ta’minlash; 
- qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; 
- ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini 
oshirish; 
- qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o‘g‘itlar 
solish va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarni qo‘llash); 
- qishloq xo‘jaligini meliorasiyalash (sug‘orish, zaxini qochirish, 
boshqa ishlarni rivojlantirish); 
- qishloq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish. 
Intensivlashtirishni izchillik bilan amalga oshirishning muhim sharti 
qishloq xo‘jaligiga ajratilgan kapital quyilmalarning o‘sishidir.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish