Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

YTMQ
ATTMQ
Id
Bunda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda; 


436 
ATTMQ – asosiy tarmoqning tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m; 
YTMQ – yalpi tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m. 
Yalpi tovar mahsuloti qiymatinini aniqlash uchun bu barcha 
tarmoqlar tovar mahsulotlari qiymatlarining yig‘indisini hisoblash 
lozim. 
Ixtisoslashtirishni 
to‘g‘ri 
yo‘lga 
qo‘yish 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining 
mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligining o‘sib borishi, mehnat 
turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib 
chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi 
va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi. 
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish 
uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, mavjud 
resurslardan va tabiiy sharotlardan samarali foydalanishga qulay sharoit 
yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina 
ko‘paytirish imkonini 
beradi, 
mehnat 
unumdorligini 
oshiradi, 
xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltiradi. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida 
turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi, ya’ni ishlab chiqarishga 
ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, 
organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya 
qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, 
ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda 
qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol 
hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez 
va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi. 
Xo‘jalikda ixtisoslashuvni to‘liqroq tavsiflash uchun ixtisoslashuv 
koeffitsiyenti (Ik) ko‘rsatkichi qabul qilingan. U quyidagicha 
hisoblanadi: 


=
)
1
2
(
100
n
S
Ik


437 
Bu yerda: 100 – alohida tarmoqlar tovar mahsulotining yalpi tovar 
mahsulotidagi salmoqlari yig‘indisi; 
S – har bir tarmoq mahsulotining yalpi tovar mahsuloti 
tarkibidagi salmog‘i, % da;
n – tovar mahsulotlarining egallagan salmog‘i bo‘yicha tartib 
raqami (eng yuqoridan boshlab).
Masalan: 
sabzavotchilikka 
ixtisoslashgan 
xo‘jalikda 
tovar 
mahsulotlar tarkibi (yalpi tovar mahsulotiga nisbatan foiz hisobida) 
quyidagicha: sabzavot-60%, meva-22%, sut-14% va boshqa turdagi 
mahsulotlar esa 4 %. Shu ma’lumotlar asosida xo‘jalikda ixtisoslashuv 
koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi. 
45
,
0
)
1
4
*
2
(
*
4
)
1
3
*
2
(
*
14
)
1
2
*
2
(
*
22
)
1
1
*
2
(
*
60
100
=

+

+

+

=
Ik
Bu koeffitsiyent qanchalik 1 ga yaqin bo‘lsa, ixtisoslashtirish 
darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffitsiyenti
0,35 dan past bo‘lsa – past darajadagi ixtisoslashuv; 0,35 dan 0,50 gacha 
bo‘lsa – o‘rta darajadagi ixtisoslashuv; 0,50 dan 0,60 gacha bo‘lsa – 
yuqori darajadagi ixtisoslashuv; 0,60 dan katta bo‘lsa – chuqur 
ixtisoslashuvni anglatadi. 
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning iqtisodiy samaradorligi
quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi: 

1 gektar qishloq xo‘jaligi yeri va ekin maydoniga, 1 ta xodimga, 
1000 so‘mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 1000 so‘mlik joriy 
ishlab chiqarish xarajatlariga to‘g‘ri kelgan yalpi va tovar mahsuloti 
qiymati;

qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorva mollari 
mahsuldorligi;

Mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish 
rentabelligi.


438 
Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud 
bo‘lsa, mahsulot birligining tannarxi va narxi arzonlashsa, bu xo‘jalik va 
iste’molchilar uchun shuncha foydalidir. 
So‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini 
ko‘paytirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash 
hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekin 
maydonlari tarkibi takomillashtirib borilmoqda. Shuningdek, tumanlarni 
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, mahsulot yetishtiruvchilarni 
meva-sabzavotchilik klasterlari hamda kooperatsiyalarga birlashtirish 
kabi amaliy choralar ko‘rilmoqda. Jahon bozorlari talablariga javob bera 
oladigan raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda 
hududlarni ixtisoslashtirish to‘g‘ri yo‘l ekanligini ko‘rsatmoqda. Shu 
sababli, dastlabki bosqichda respublika bo‘yicha 55 ta tuman meva-
sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Biroq, ushbu yo‘nalishda amalga 
oshirilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan 
hududlarning mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti. 
Mamlakatimiz 
hukumati 
tomonidan 
qishloq 
xo‘jaligini 
diversifikatsiya qilish, tumanlar hududlarini tuproq-iqlim sharoitlariga 
mos bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va 
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali 
ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh 
mahsulotlar 
yetishtirishni 
ko‘paytirish 
va 
mahsulot 
ishlab 
chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e’tibor 
berilmoqda. 
2020-yil 
11-mayda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-4709-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 
muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan bildirilgan quyidagi takliflar 
ma’qullangan:

respublika hududlarini bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish; 


439 

respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan 
turlariga ixtisoslashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 
eksperiment tariqasida 2020-2022-yillar davomida Jizzax viloyatining 
jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish.Ushbu qarorda Jizzax 
viloyatining ayrim hududlarini 2020-2022-yillarda bog‘dorchilik va 
uzumchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, 
tuman hokimliklari hamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari 
bilan birgalikda hududlarning yer maydonlari ixtisoslashuvidan kelib 
chiqib, ushbu yer maydonlarini ustuvor ravishda raqobatbardosh qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport 
qilish jarayonini hamda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni 
qo‘llashni o‘z ichiga olgan agroklasterlarni tashkil etuvchi salohiyatli 
tashabbuskorlar, fermer xo‘jaliklari va boshqa subyektlarga qishloq 
xo‘jaligi maqsadlari uchun tanlov asosida ajratish choralarini ko‘rish 
belgilab berilgan. Ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy 
e’tibor qaratgan holda tegishli qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlariga 
qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va 
yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar 
belgilangan.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish