Iqtisodiyoti


 Ixtisoslashtirishning shakllari, ko‘rsatkichlari va samaradorligini



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Ixtisoslashtirishning shakllari, ko‘rsatkichlari va samaradorligini 
oshirish imkoniyatlari. 
 
Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va 
xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob-kitob qilinadi 
va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi 
ta’minlanadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha 
bosqichlarida ro‘y berib, ishlab chiqarish kuchlarining darajasini aks 
ettiradi. Shuning uchun ixtisoslashtirish o‘zgarishlarga boy jarayon 
bo‘lib, tinimsiz rivojlanadi va takomillashadi. 
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv deganda mamlakatning ayrim iqtisodiy 
hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini 
ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Qishloq xo‘jaligini 
ixtisoslashtirish 
kompleks 
mexanizatsiya, 
tarmoqlarni 
intensiv 
texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv 
shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va 
mehnat unumdorligini o‘sirish, mehnat vositalari va buyumlaridan 
ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib 
beradi. Ixtisoslashtirish darajasining chuqurlashuvi jarayonida qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi 
tarmoqlar bilan bir qatorda butun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy 
samaradorligini oshishiga olib keladi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonasini ixtisoslashtirish ikkita guruhga 
bo‘linadi:

xo‘jalik ixtisoslashuvi;

tarmoq ixtisoslashuvi.
Xo‘jalik ixtisoslashuvi o‘z navbatida xo‘jaliklararo ixtisoslashuv va 
ichki xo‘jalik ixtisoslashuviga bo‘linadi. Xo‘jaliklararo ixtisoslashuvda 
bir necha mustaqil korxonalar o‘z mablag‘larini, yetarli samara 
bermayotgan sohani birgalikda birlashtirish orqali ishni maqsadga 


434 
muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo‘jaliklararo 
korxona sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday korxona mas’uliyati 
cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda 
tashkil etilishi mumkin.
Ichki xo‘jalik ixtisoslashuvining mohiyati – korxona ishlab 
chiqarish bo‘linmalari yoki hududlarini biron turdagi mahsulot 
yetishtirishga yo‘naltirish, biror turdagi mahsulotni maqsadga muvofiq 
hajmda joylashtirishdir. Bunday ixtisoslashuv korxona ishlab chiqarish 
resurslaridan to‘la va samarali foydalanish imkonini beradi, 
resurslarning korxona hududida samarasiz harakatini cheklaydi; 
Tarmoq ixtisoslashuvi o‘z navbatida tarmoq bo‘yicha ixtisoslashuv 
va tarmoq ichida ixtisoslashuvga bo‘linadi. Tarmoq bo‘yicha 
ixtisoslashuvda korxonada bir yoki bir nechta tarmoq maqsadga muvofiq 
hajmda 
joylashtiriladi. 
Masalan, 
korxona 
o‘simlikchilik yoki 
chorvachilikka ixtisoslashadi, yoki bo‘lmasa, paxtachilikka va 
sabzavotchilikka yoki sutchilikka va ko‘chat etishtirishga ixtisoslashishi 
mumkin. Tarmoq ichida ixtisoslashuvning chuqurlashib borishi va uning 
chegarasi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni mustaqil 
ajralib, natijada bu mahsulot sifatida namoyon bo‘lishidir.
Mamlakat miqyosida olganda ma’lum mintaqalar biror turdagi 
mahsulot yetishtirishga ixtisoslashishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini yetishtirishda mintaqa yoki iqtisodiy tumanlar bo‘yicha 
mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Bu mamlakat, viloyat va qishloq 
xo‘jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum hududiy birliklarning 
ixtisoslashishidir. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 
maqsadida qishloq xo‘jaligi hududlari yoki ma’muriy-hududiy 
bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti amalga oshadi. Masalan, 
mamlakatimizning 
g‘arbiy 
mintaqasi 
(Xorazm 
viloyati, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi) sholi, baliq yetishtirishga, markaziy 
mintaqada joylashgan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari meva, 
sabzavotchilik va polizchilikka ixtisoslashgan, Surxondayo viloyatida 
esa shimoliy mintaqa (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov tumanlari) 
asosan mevachilikka ixtisoslashgan va hokazo; 


435 
Xo‘jaliklarning ixtisoslashuv darajasi yetishtirilayotgan bitta yoki 
bir qancha tovar mahsulotlarining salmog‘iga qarab turlicha bo‘lishi 
mumkin. Bunda bir turdagi tovar mahsuloti yetishtirishga asoslangan 
xo‘jalik tor doirada ixtisoslashgan, yetishtirilaetgan uch, to‘rt xil tovar
mahsulotlarining har qaysisining salmog‘i deyarli bir xilda bo‘lsa, bu 
xo‘jalik past darajada ixtisoslashgan; bir yoki undan ko‘proq tovar 
mahsulotlarining har biri kattaroq salmoqni egallasa, unda xo‘jalik 
o‘rtacha darajada ixtisoslashgan bo‘ladi. Masalan: xo‘jalikda 
yetishtirilgan tovar mahsulotning asosiy qismini paxta egallasa – u 
paxtachilikka, don egallasa – donchilikka, qorako‘l teri egallasa-
qorako‘lchilikka ixtisoslashgan bo‘ladi. O‘zbekistonning tabiiy va
iqtisodiy sharoitlari shuni taqozo etadiki, bunda mahsulotning bir
turini emas, balki ikki va undan ham ko‘proq turini yetishtirishni
ixtisoslashtirish mumkin. Masalan: shahar atrofida joylashgan 
xo‘jaliklar mahsulotlarning sut-sabzavot, sabzavot-kartoshka-chorva, 
sabzavot-meva-uzum kabi qator turlarini yetishtirishga ixtisoslashgandir. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shakllanayotgan va rivojlanayotgan 
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari bunga misol bo‘la oladi. 
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv darajasi muhim ko‘rsatkichlardan 
biri hisoblanadi. Ixtisoslashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
xo‘jalikda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ham yuqori bo‘ladi.
Korxonalarning ixtisoslashtirish darajasini quyidagi ko‘rsatkichlar 
ifoda etadi:
• korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar 
mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
• korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
• yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
• ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlarining salmog‘i bilan 
tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi: 
100

=

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish