yilga nisbatab foizda)
2016
2017
2018
2019
Don - jami
101,1
88,2
89,7
113,8
shu jumladan:
bug‘doy
99,6
87,7
89,0
112,6
arpa
110,4
80,2
83,2
119,4
457
makkajo‘xori don uchun
111,9
79,2
106,1
102,0
sholi
106,2
87,5
55,9
142,3
dukkakli don
128,8
216,0
122,3
130,6
Paxta xomashyosi
88,0
96,5
80,3
117,8
Kartoshka
107,8
100,2
104,2
106,1
Sabzavotlar
108,5
100,4
95,5
104,7
Poliz
110,3
99,3
90,4
112,6
Silos, ko‘k ozuqa va senaj uchun
ekilgan makkajo‘xori
104,3
63,6
100,3
116,9
Ozuqabop ildizmevalar
143,0
84,7
66,7
116,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlarning salmog‘i
ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin maydonidagi
salmog‘i 39,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib bu ko‘rsatkich 42,7
foizni, 2008-yilda 43,2 foizni, 2012-yilda 44,9 foizni va 2015-yilda esa
45,2 foizni, 2018-yilda esa 48,4 foizni tashkil etgan.
O‘simlikchilik tarmoqlari tarkibida donchilik muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. Donchilik mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy xususiyatlarimizdan kelib
chiqqan holada non va non mahsulotlari xalqimizning dasturxonida
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan
boshlab don mustaqilligiga erishishga alohida e’tibor berildi. Ushbu
maqsadga erishish uchun donli ekinlar maydoni keskin oshirildi,
seleksiya
va
urug‘chilikka
e’tibor berildi, donli ekinlarning
hosildorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu
islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda va hozirgi vaqtda
mamlakatimizda
yillik
ehtiyoj
uchun
yetarli
miqdorda
don
yetishtirilmoqda. Donli ekinlar chorvachilikni ozuqa bazasi bilan
ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.
G‘allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga
bo‘lgan talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me’yorlari bo‘yicha
458
bir kishi yil davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste’mol qilishi
lozim. G‘allachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni
qondirish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda
mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug‘doy aholi ehtiyojlarini to‘liq
qondirib, yetishtirilgan bug‘doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda.
G‘allachilikning rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari
yuksalishiga ham ijobiy ta’sir etadi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, mustaqillikning ilk davrida
mamlakatimizda 940 ming tonna g‘alla yetishtirilgan bo‘lib, aholi uchun
zarur bo‘lgan bu mahsulotga ichki ehtiyojni ta’minlash uchun taxminan
4,5 mln. tonna bug‘doy chetdan xarid qilinar edi. Mamlakatimizda oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida don mustaqilligi davlat dasturi
qabul qilindi. Chunki, non xalqimiz asosiy oziq-ovqat mahsuloti
hisoblanadi, shu sababli bug‘doy yetishtirishni ko‘paytirisjga alohida
e’tibor berildi. Shu maqsadda bug‘doy ekiladigan maydonlar keskin
ko‘paytirildi
.
Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlarning
salmog‘i ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin
maydonidagi salmog‘i 39,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib bu
ko‘rsatkich 42,7 foizni, 2008-yilda 43,2 foizni, 2012-yilda 44,9 foizni,
2015-yilda 45,2 foizni, 2019-yilda esa 47,7 foizni tashkil etmoqda.
Don mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirishga erishish uchun
dastlab urug‘chilikka e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996-yil dekabr oyida qabul qilingan “Andijon
viloyatida boshoqli don ekinlari urug‘chiligini tashkil etish masalalari
to‘g‘risida”gi qarori aynan shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan
edi. Mazkur me’yoriy hujjatga asosan, hududda bug‘doyning yangi
navlarini yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar, urug‘lik bug‘doy
sanoat miqyosida tayyorlanadigan va qadoqlanadigan zamonaviy
korxonalar yuzaga keldi.
459
20.7-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |