Mamlakatimizda paxta xomashyosi ishlab chiqarish
2016
2017
2018
2019
G‘o‘za ekilgan maydon, ming ga
1265,1 1201,2 1108,2 1050,6
G‘o‘za hosildorligi, sentner/ga
23,4
23,8
20,7
25,6
Paxta xomashyosi yalpi hosili, ming tonna
2959,0 2853,9 2285,6 2691,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimizda 2019-yilda paxta ekin maydoni 1050,6 ming gektarni
tashkil etgan bo‘lib, 2018-yilga nisbatan 94,8 foizni tashkil etgan. 2019-
yil holatiga g‘o‘za ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin
maydonining 31,7 foizini tashkil etgan. 2019-yilda 2691,7,0 ming tonna
paxta xomashyosi yetishtirilgan bo‘lib, 2016-yilga nisbatan 90,9 foizni
tashkil etgan.
465
2019-yil holatiga paxta xomashyosi ishlab chiqarish bo‘yicha
Buxoro (320,6 ming tonna), Andijon (258,1 ming tonna), Xorazm
(257,1 ming tonna) va Qashqadaryo (250,4 ming tonna) viloyatlari
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, Samarqand (178,2 ming
tonna), Surxondaryo (149,7 ming tonna) va Navoiy (89,2 ming tonna)
viloyatlarida eng past ko‘rsatkich qayd etilgan. G‘o‘za hosildorlik
darajasi ko‘rsatkichi bo‘yicha Andijon (32,6 sentner/ga), Sirdaryo (30,2
sentner/ga) va Buxoro (30,0 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko‘rsatkichga
ega bo‘lgan bo‘lsa, Jizzax (22,8 sentner/ga), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi (21,7 sentner/ga), Surxondaryo (19,9 sentner/ga) va
Qashqadaryo (18,3 sentner/ga) viloyatlarida eng past ko‘rsatkich qayd
etilgan.
2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 908 ming gektari yoki
88 foizi klasterlar, qolgan 12 foizi esa kooperatsiyalarga birlashgan
fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi
“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4633-sonli qaroriga muvofiq, 2020-yil
hosilidan boshlab paxta xomashyosiga davlat buyurtmasi va xarid
narxlarini belgilash amaliyotidan voz kechildi va paxta tolasi
Respublika tovar-xomashyo birjasida erkin sotilishi belgilab qo‘yildi.
Amalga oshirilgan ushbu islohot paxta yetishtiruvchilarning moddiy
manfaatdorligini oshirishi hisobiga tarmoqni intensiv rivojlantirish
imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda paxta tolasini eksport qilishdan
voz kechib, paxta tolasini toliq o‘zimizda qayta ishlab, uni yuqori
qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlarga aylantirgan holda ichki
va tashqi bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Shu orqali mamlakatimizda yangi ish o‘rinlari yaratish,
paxtachilikni serdaromad sohaga aylantirish, valyuta tushumlarini
ko‘paytirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mustaqillikning
ilk
yillarida
mamlakatimiz
aholisining
kartoshkaga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmas va shu sababli
ehtiyojning ma’lum qismi chetdan sotib olingan kartoshka hisobidan
466
qondirilar edi. Ushbu holatga barham berish va o‘zimizda yetishtirilgan
kartoshka bilan mamlakatimiz aholisi ehtiyojini to‘liq qondirish borasida
izchil islohotlar olib borildi. Jumladan, yurtimizda kartoshka seleksiyasi
va urug‘chiligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mahalliy
sharoitlarga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli navlar yaratildi.
Gollandiyadan ham kartoshkaning yuqori hosilli navlari olib kelib ekildi
va mahalliy sharoitlarga moslashtirildi. Buning natijasida yurtimizda
kartoshka yetishtirish hajmi keskin oshdi.
Mamlakatimizda kartoshka ekin maydoni, hosildorligi va yalpi hosili
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 20.10-jadvalda keltirilgan.
20.10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |