Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon, ming gektar
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi
333,5
243,4
242,7
267,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
22,3
23,4
20,3
23,0
Andijon
14,3
10,5
16,2
17,8
Buxoro
24,1
24,8
26,4
30,2
Jizzax
44,0
20,2
19,8
22,9
Qashqadaryo
37,9
28,3
22,4
25,0
Navoiy
6,0
5,0
5,0
5,6
Namangan
19,6
10,0
9,5
8,3
Samarqand
25,2
23,9
18,8
20,0
Surxondaryo
18,4
26,0
28,0
32,5
Sirdaryo
11,1
11,6
14,0
12,8
Toshkent
48,8
31,7
30,7
32,1
Farg‘ona
33,1
11,0
11,8
15,1
Xorazm
28,7
17,0
19,8
22,3
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
474
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlanirish uchun hududlarda chorva
mollari sonidan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar
darajasida ozuqa ekinlari uchun yer maydonlarini ajratish lozim. Chorva
mollarini ilmiy asoslangan ratsion asosida ozuqa bilan ta’minlash uchun
ozuqa ekinlari ekiladigan maydonlarni chorva mollari bosh soni va
ularning kelgusida o‘sish prognozlariga mutanosib holda ko‘paytirib
borish talab etiladi. Aks holda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishiga
erishib bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan ozuqa ekinlari maydonini
oshirish bo‘yicha ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi
“Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-sonli qaroriga
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha
viloyatlar hokimliklariga:
a)
2020-yilda
yaylovlar
hamda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv
resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5742-sonli
farmonida
nazarda
tutilgan
qishloq
xo‘jaligida
foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish
hisobidan ozuqabop ekinlarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun
chorvachilik xo‘jaliklariga ajratib berilishini ta’minlash;
b)
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi
Kadastr agentligi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari va
paxtachilik-g‘allachilik
yo‘nalishidagi
fermer
xo‘jaliklari
ekin
maydonining 10 foiziga beda ekilishini ta’minlash kabi vazifalar
yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi
PF-5853-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi”dagi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
yo‘nalishidagi chora-tadbirlarda umumiy ekin maydonlari tarkibida
ozuqa ekinlari maydonlari ulushini 2021-yilda 10 foiz, 2025-yilda 12
foiz va 2030-yilga borib 15 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Ushbu
ko‘rsatkich 2018-yilda 7 foizni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi florasida tabiiy holda o‘suvchi dorivor
o‘simliklarning
katta
zaxiralari
mavjud.
Shu
bilan
birga
mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlari ko‘plab dorivor o‘simliklarni
475
yetishtirish imkonini beradi. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish
maqsadida mamlakatimiz hukumati tomonidan dorivor o‘simliklarni
yetishtirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, Vazirlar
Mahkamasining 1995-yil 7-dekabrda shirinmiya o‘simligi xomashyosiga
bo‘lgan ichki va tashqi bozor talablarini qondirish maqsadida
“O‘zbekiston Respublikasida shirinmiya xomashyosini yetishtirishni
ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 453-sonli qarori qabul
qilingan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Shifobaxsh”
IIChM qoshida tashkil etilgan dorivor o‘simliklarga ixtisoslashgan
o‘rmon xo‘jaligida shirinmiya o‘simligi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.
2018-yil 20-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning
xomashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu
qarorga ko‘ra Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
tashkil etildi. Uyushmaning asosiy vazifalari belgilab berilgan bo‘lib,
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini
inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil
etish, respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish
hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulot sotish bozorlarini
kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport
hajmini oshirish, kavrak urug‘ini tayyorlash va plantatsiya tashkil
etuvchi tashkilotlarga yetkazib berish kabilar shular jumlasidandir.
Mamlakatimizdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha
mavjud inkoniyatlardan unumli foydalanish o‘simlikchilik tarmog‘ining
yanada rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, mamlakatimizning
eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga
farmatsevtika sanoatining rivojlanishiga, xalq tabobati an’analaridan
unumli foydalanishga ham zamin yaratiladi va aholi salomatligining
yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
2021-yilda dunyo bo‘yicha o‘simlik yog‘i narxi o‘rtacha 20-25
foizga oshishi kuzatildi. Ushbu jarayon O‘zbekistonni ham chetlab
o‘tmadi. Narx oshishi kungaboqar yog‘i narxi ko‘tarilishi fonida
sezilgani ta’kidlandi. Yog‘-moy korxonalari uyushmasining ma’lum
qilishicha, hozirda O‘zbekiston aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan
yillik talabi 475 ming tonnani tashkil etadi. Yog‘-moy korxonalari yiliga
259 ming tonna o‘simlik moyi ishlab chiqaradi. Respublika aholisining
o‘simlik moyiga bo‘lgan talabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar
tomonidan 55 foizga, 45 foizi esa import hisobiga qoplanmoqda. Ushbu
476
muammoning yechismi – mamlakatimizda moyli ekinlar maydonlarini
ko‘paytirish hisobiga ichki ehtiyojni imkon qadar o‘zimizda
yetishtirilgan mahsulot bilan qondirishdir. Ushbu mahsulot bo‘yicha
importga qaramlik jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishi o‘simlik
yog‘i narxiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘simlik yog‘i olinadigan ekin
turlarini ham diversifikatsiya qilish lozim. Mamlakatimizda hozirgi
vaqtda o‘simlik yog‘i asosan chigitdan olinadi. Dunyo mamlakatlari
tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, o‘simlik yog‘i kungaboqar, yeryong‘oq,
raps, soya, zaytun, masxar, kunjut, zig‘ir kabi ko‘pgina ekinlardan
olinadi. Mamlakatimizda ham o‘simlik yog‘i olinadigan ekin turlarini
ko‘paytirish lozim.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan ham ushbu sohada chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yilda aholini mahalliy
sharoitda ishlab chiqarilgan o‘simlik moyi bilan ta’minlash, import
hajmini keskin qisqartirish maqsadida kungaboqar, soya, masxar, raps,
kunjut va zig‘ir ekinlari hajmi oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bir gektar
yerda zig‘ir yetishtirilganda, o‘rtacha 10-12 sentner hosil olinadi va
undan 300-360 litr moy olinadi. Bir gektar maydonga kunjut ekilganda
1,2-1,5 tonna xomashyo yetishtirilib, 500-600 litr moy olinadi. Zaytun
ekilgan bir gektar maydonda esa 350-400 tup daraxt bo‘lib, har bir
daraxtdan 50-70 kilogramm, jami 2,4-2,8 tonna meva yig‘ib olinadi,
undan 1,5-1,7 tonna zaytun moyi olinadi. Zaytun uzoq (500 yildan 4000
yilgacha) yashaydigan va sekin o‘suvchi subtropik daraxt hisoblanadi.
Shu bilan birga, zaytun moyi shifobaxsh xususiyatlarga ham ega.
Shularni
inobatga
olgan
holda,
hudularning
tuproq-iqlim
sharoitlaridan kelib chiqqan holda zaytun o‘simligini plantatsiya usulida
yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga
amalga oshirgan tashrifi doirasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy,
Muzrabot, Uzun, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Bandixon
tumanlarida zaytun plantatsiyalari barpo etilishi ma’lum qilingan.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 530 gektar, shu jumladan
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzrabot va Uzun tumanlarining
har birida 100 gektardan, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Bandixon
tumanlarining har birida 50 gektardan, Qashqadaryo viloyatining
Dehqonobod tumanida 30 gektar moydonda zaytun plantatsiyasi barpo
etilishi
nazarda
tutilmoqda.
Zaytunzorlar
barpo
etuvchi
477
tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yil muddatga imtiyozli
kreditlar ajratiladi, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish
uchun 3,2 mlrd. so‘m miqdorida subsidiyalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |