10). Xodimlar soni va iste’molga yo‘naltirilgan ish haqi
399
11). Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari – xo‘jaligining chorvachilik va
dehqonchilik
tarmog‘i
bo‘yicha
mahsulot
ishlab
chiqarishga
sarflanadigan xarajatlarni aks ettiradi.
12). Xo‘jalikning yalpi daromadi
–
mahsulot sotishdan olinadigan
yalpi pul tushumidan farq qiladi. Rejalashtirilgan yalpi daromad
tarkibiga xo‘jalik a’zolari iste’moliga yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ham kiritiladi.
13). Qo‘shimcha va yordamchi tarmoqlarning ishlab chiqarish
dasturi – ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyo va materiallarga bo‘lgan
talab, mahsulotlarni taqsimlash va hokazo.
14). Moliyaviy natijalarning kutilayotgan rejasi - pul kirimlari va
ularni taqsimlanish, kapital sarflar, ularning manbalari va yo‘nalishlari,
maxsus fondlar, ularni tashkil qilish va foydalanish, foyda va sof
daromadning taqsimlanishi, aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish
masalalarini o‘z ichiga oladi.
Korxonadagi ishlab chiqarish bo‘linmalariga beriladigan yillik
topshiriqlar ishlab chiqarish-moliya rejasi bilan bir vaqtda tuzilib, uning
ko‘rsatkichlarini aniqlashtiriladi va ishlab chiqarish bo‘linmalari
faoliyatining bir yillik ish dasturi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat, mehnat qurollari va
predmetlari o‘zaro birikadi, harakatga keladi, mehnatning mehnat
vositalari orqali mehnat predmetiga ta’sir qilishi natijasida tayyor
mahsulot olinadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri
tashkil qilish mahsulot yetishtirishni ko‘paytirib borishning, shu bilan
birga mehnatning o‘zidan, mehnat vositalari va predmetlaridan oqilona
foydalanish, ularning har bir birligiga ko‘proq mahsulot yetishtirishni
ta’minlashning asosidir.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatida operativ rejalashtirish
ham muhim ahamiyatga ega. Korxonaning yillik rejalarida ishlab
chiqarish umumiy holda, yirik masshtabda, asosiy ko‘rsatkichlarda aks
ettiriladi. Korxona faoliyatini to‘g‘ri boshqarish, ishlab chiqarish
dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun yillik rejalar
bilan bir qatorda operativ yoki ish rejalarni tuziladi. Bu rejalar ishlab
chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi.
402
davrda uning aktivlari va kapitallari tarkibini optimallashtirishdan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: