397
rejaning
shu
kalendar
yiliga
mo‘ljallangan
ko‘rsatkichlari
aniqlashtiriladi, avval ko‘zda tutilmagan va rejaning muvaffaqiyatli
bajarilishini ta’minlashga yordam beradigan qo‘shimcha
tadbirlar
belgilanadi. Tabiiy-iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi uchun bu xususiyat juda zarurdir.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan
tavsiya etilgan “Qishloq xo‘jaligi korxonalarining biznes-rejasi”
quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil topgan:
1). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mehnat va
moddiy xarajatlar me’yorlari – dehqonchilikda ekin turlari bo‘yicha
rejalashtirilgan hosildorlik darajasidan kelib chiqib,
bir gektar yerga
sarflanishi lozim bo‘lgan resurslar sarflari me’yorlarini aks ettiradi.
Chorvachilikda mahsulot yetishtirishni rejalashtirish jarayonida mehnat
va moddiy resurslar sarfi, ya’ni chorva mollarining yillik ozuqaga
bo‘lgan talabini me’yorlashtirish muhimdir. Chorva mollari boqish usuli
va yosh guruhlariga ko‘ra ozuqa sarfi turlicha bo‘ladi.
Moddiy va mehnat sarflari me’yorlari barcha reja ko‘rsatkichlarini
ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
2). Yerdan foydalanish rejasi - yer turlari bo‘yicha
korxonaning yer
maydonlari tuzilishi, tarkibi va miqdorini ifodalaydi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalari yerlar unumdorligini oshirish, ularni bir turdan boshqa turga
o‘tkazish ishlarini olib boradilar. Foydalanilmayotgan yerlarni
o‘zlashtirish, yerlarni konservatsiya qilish,
yerning meliorativ holatini
yaxshilash tadbirlarini o‘tkazish natijasida yuqori unumli yerlarga
aylantirish tadbirlari yerdan foydalanish rejasida o‘z aksini topadi.
3). Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi –
biznes-rejaning eng yirik bo‘limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo‘limda
asosiy va takroriy ekinlar maydoni, mahsulotlarni yetishtirishga
sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag‘lari
hajmi va qiymati,
ekinlar hosildorligi, yalpi hosil va o‘simlikchilik mahsulotlarining rejali
tannarxi o‘z aksini topadi. Shu bilan birga har bir ekin turi bo‘yicha
rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning
tannarxi keltiriladi.
398
4). Mollar, parrandalar va boshqa hayvonlar bosh soni hamda asalari
oilalari soni mavjudligi
– bo‘limida chorva
mollarining yil boshi va
oxiridagi bosh soni, tirik og‘irligi va umumiy bahosi rejalashtiriladi.
5). Mollar va parrandalarning mahsuldorligi – bo‘limida chorva
mollarining turlari bo‘yicha bosh soni, ulardan olinadigan mahsulot
miqdori va mahsuldorligi rejalashtiriladi.
6). Mollarning va parrandalarning ozuqalarga bo‘lgan ehtiyoji va
uning ta’minoti - rejalashtirilayotgan yilga
talab qilinadigan ozuqalar
jami ozuqa birligida va konsentrat ozuqada, shu jumladan sotib
olinadigan ozuqa birligi miqdori va summasi,
bir sentner mahsulotga
sarflanadigan ozuqa birligi aks ettiriladi. Chorva mollarining ozuqaga
bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirishda ularning sutkalik ozuqaga bo‘lgan
talabi, bosh soni va yildagi kunlar soni asos qilib olinadi.
7). Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi
Do'stlaringiz bilan baham: