026 yilgacha Orolbo‘yi hududlaridagi mln gektar yerga cho‘l o‘simliklari ekiladi



Download 14,32 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi14,32 Kb.
#823985
Bog'liq
hhhhhjmkn


2026 yilgacha Orolbo‘yi hududlaridagi 1 mln gektar yerga cho‘l o‘simliklari ekiladi
Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasidan ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 2022−2026 yillarda ushbu hududlarda himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida jami 1 mln gektar yerga saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi. Yashil qoplamalar uchun 3900 tonna urug‘ tayyorlanadi.
22 yanvar 2022
Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yining 1 mln gektargacha hududlarida cho‘l o‘simliklari ekiladi. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2022−2026 yillarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi hududlarida «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etiladi. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 500 ming gektar, Buxoro viloyatida 200 ming gektar, Navoiy viloyatida 250 ming gektar va Xorazm viloyatida 50 ming gektar cho‘l o‘simliklari ekiladi.
Ushbu hududlarda 4 yil davomida saksovul, qoraburoq, qandim va cherkez o‘simliklari ekiladi.
«Yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari hajmlari
ming gektarda
T/r
Hududlar nomi
Jami 2022 — 2026 yillarda
Shu jumladan, yillar bo‘yicha:
Cho‘l o‘simliklari turlari
Shundan ekish usullari bo‘yicha:
2022 yilda
2023 yilda
2024 yilda
2025 yilda
2026 yilda
urug‘dan
ko‘chatdan
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
500
100
100
100
100
100
saksovul, qoraburoq, qandim
475
25
2.
Buxoro viloyati
200
40
40
40
40
40
saksovul, cherkez
180
20
3.
Navoiy viloyati
250
50
50
50
50
50
saksovul, qandim, cherkez
235
15
4.
Xorazm viloyati
50
10
10
10
10
10
saksovul
49
1
Jami
1000
200
200
200
200
200
x
939
61
Orol dengizining qurigan tubidagi tuproq tarkibini inobatga olib cho‘l va sho‘r tuproqqa moslashgan o‘simlik turlari, shu jumladan, qumli yerlarda cherkez hamda sho‘r hududlarda tamariks va atripleks (lebeda) o‘simliklari ekiladi. Shu maqsadda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi 5 yil davomida yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan cho‘l o‘simliklarining jami 3900 tonna urug‘larini tayyorlaydi.
Ushbu hududlardagi «yashil qoplamalar»ni barpo etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari mahalliy budjetlarining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobiga ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, 2021 yil 18 may kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan «Orolbo‘yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilingandi.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov 2018 yildan buyon ushbu hududlarda 1,6 million gektar maydonga maxsus cho‘l o‘simliklari ekilganini ta’kidlagan edi.
XULOSA Barg (lot. Folium, yun. Phyllon) — yuksak oʻsimliklarning asosiy vegetativ organlaridan biri, fotosintez, transpiratsiya va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi oʻsimliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli oʻzgarib, oziq yoki suv gʻamlash, himoya qilish, ilashish kabi qoʻshimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. Bargning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim oʻsimliklar (masalan: palma, banan) Barg 20 m ga yetadi. Bargning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi Barg bandi deyiladi. Bir qancha oʻsimliklar (bugʻdoydoshlar, ziradoshlar) Barg bandi kengayib, novdani oʻrab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi oʻsimliklar (yalpizdoshlar)da Bargbandi boʻlmaydi, yaprogʻi toʻgʻridan-toʻgʻri novdaga birlashadi. Bunday Bargoʻtroq deyiladi. Bargning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bogʻliq. Yaproqning yassi boʻlishi Bargning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi. Barg oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy Bargbandida bitta, murakkab Barg bandida bir necha yaproq bor. Oddiy Bargyaprogʻining shakliga koʻra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, toʻgʻri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va boshqa; qirrasining tuzilishiga koʻra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida ogʻizchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham koʻproq boʻladi. Ogʻizchalar ayniqsa sernam joylarda oʻsadigan oʻsimliklar bargi kutikula, yogʻsimon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, koʻpincha etli; barg orqali suvning koʻp bugʻlanishiga imkon bermaydi.
Download 14,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish