Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning
turlari va aniqlanish tartibi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida 
umumiy qiymat ko‘rsatkichlari bilan birgalikda o‘rtacha xarajatlar, ya’ni 
tannarx
ko‘rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida 
iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida 
yetishtirilayotgan mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning bir birligi xo‘jalik uchun necha so‘mga tushganligi 
aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan taqqoslanishi natijasida olinadigan 


328 
foyda yoki ko‘riladigan zararlar aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar 
uchun juda muhimdir.
Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va 
xizmatlarni bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning 
mutlaq darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlarning umumiy 
summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
YM
X
T

=
;
Bunda:
T
– mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi; 

X
– qilingan xarajatlarning summasi; 
YM 
– yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, 
ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori. 
Qishloq xo‘jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari 
aniqlanadi: 
- reja tannarxi; 
- ishlab chiqarish tannarxi; 
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab 
chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga 
taqsimlash orqali aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlarning 
yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot 
miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. To‘liq tannarx tijorat tannarxi deb 
ham ataladi, chunki u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar)ning reja tannarxi 
ham aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 
ishlab chiqilgan me’yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi 
tomonidan yil boshida tuziladigan “Biznes reja”da aks ettiriladi. Qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarining reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga 
oshiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarilishi 
ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy asoslangan me’yorlar asosida reja 
tannarxini aniqlab olish va shu asosida tannarxni nazorat qilib borishdir. 
Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar darajasida amalga 
oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan me’yorlardan 
ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf 
etish imkonini yaratib beradi.
Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida 
asosiy va turli xildagi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan, 


329 
paxtachilikda paxta xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya 
qo‘shimcha mahsulot sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni 
(poyasi) qo‘shimcha mahsulotdir. Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda 
sut asosiy, buzoq va go‘sht qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin 
tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan 
bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan asosiy va qo‘shimcha 
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy 
va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi. 
Masalan, donchilikda qo‘shimcha mahsulot hisoblangan somon 
belgilangan koeffitsiyentlar yordamida asosiy mahsulotga aylantiriladi. 
Ularni asosiy mahsulotlarning miqdoriga qo‘shib, yalpi don 
mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Jami shartli mahsulot 
tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha mahsulotlarning salmoqlari 
aniqlanadi. Shundan so‘ng jami ishlab chiqarish xarajatlari aniqlab 
olingan salmoqqa mutanosib ravishda asosiy va qo‘shimcha 
mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan 
ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning haqiqiy miqdoriga 
taqsimlab, asosiy mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha 
mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini 
qo‘shimcha mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlash orqali esa 
qo‘shimcha mahsulotning tannarxi aniqlanadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan 
qo‘shimcha mahsulotlarni shartli asosiy mahsulotga aylantirish 
koeffitsiyentlari 13.1-jadvalda keltirilgan.
13.1-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish