"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

3.
 
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi:

yuqori darajadagi fuqarolik, vatanparvarlik va baynalmilallik;

jamiyat baxt-saodati yo`lida halol mehnat qilish, jamiyat boyligini ko`paytirish 
haqida g’amxo`rlik qilish;

qonunlarga, davlat intizomiga qat`iy rioya qilish;

ijtimoiy burchni anglash, jamiyat manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shavqatsiz 
bo`lish;

huquqiy, moddiy va ma`naviy javobgarlikni tan olish va rioya qilish;

ko`pfikrlikka ochiqko`ngilli bo`lish va uni hurmat qilish. 
Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo’g’inda rahbar bo’lishidan qat’iy nazar, 
o’zining asosiy majburiyati, ya’ni qo’l ostidagilarni o`zining misolida tarbiyalashni 
unutmasligi kerak. Chunki rahbar nafaqat lavozim, u o`z navbatida ham tarbiyachi
ham sotsiolog, ham psixolog, sodda qilib aytganda, rahbar –bu kishilar o`rtasidagi 
murakkab munosabatlarni sozlovchi, uyg’unlashtiruvchi “muhandisdir”. Bugungi 
kunda jamiyatimiz ana shunday rahbarlarga o`ta muhtojdir.
Rahbar xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo`lishi lozim. Chunki, 
xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irliklarini yengil 
qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham qabul 
madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’i lozim: 

suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to’g’risida ogohlantiring; 

faqat suhbatdoshingiz gaplariga mo’ljal olib vaziyatni ko’z oldingizga keltiring

to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying; 

o’z fikringizni ishonchli va batafsil ayting; 


230 

o’z g’oyangizni izchillik bilan bayon eting; 

ovozingizni baland qilmasdan gapiring, sozlaringiz dona-dona va ravon bo’lsin; 

qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondoshing

shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi farqni 
biling; 

savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin; 

muammo muhokamasini aniq yyechim bilan tugating; 

ishni qalashtirmang. Zudlik bilan ko’rsatma bering; 

suhbatdoshingizning yumushi o’zi uchun o’ta muhim ekanligini unutmang.
Qabulingizda bo’lgan kishining muammosini yechish imkoniyatingiz bo’lmasa 
ham Siz u kishini samimiy, iltifot bilan kuzating va xayrixoxlik bilan ishining 
o’nglanib ketishiga umid baxshida eting.
Rahbar kengash va majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo`lishi lozim. 
Kengash
bu jamoa fikri, aql-zakovatini muayyan masalani muhokama qilish va 
oqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtiriladigan majlisdir.
Rahbar telefonda gaplashish madaniyatini ham bilishi kerak. Telefon – bu 
boshqaruv aloqasi vositalaridan bo`lib hisoblanadi. Undan to`g’ri foydalanish rahbar 
mehnatini osonlashtiradi va yaqinlashtiradi.

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish