Rahbar madaniyati = odob + iymon + insof + adolat + iqtidor
Odob
–
aqlning suyanchig’i, barcha fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda
“Aql bilan odob egizak” deyishmaydi. Odob – yaxshilik bilan yomonlikning farqini
bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Odob vositasida kishi o`z
jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli
fazilatlarni bezaydi. Odob rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql
egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo`ladilar.
Odobli rahbar esa kundan-kunga obro` topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq
topadi. Ba`zi hakimlar odobni eng mas`um va ko`rkam fe`lga ega bo`lish desalar,
ba`zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Umuman odob ikki xil
227
bo`ladi: hikmat odobi va xizmat odobi.
Hikmat odobi
poklik va to`g’ri yo`lga
yetaklaydi.
Xizmat odobi
esa badavlatlik va obro`ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug’
fazilat bo`lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Iymon
arabcha so`z bo`lib, lug’aviy ma`nosi – ishonchdir. Iymonli kishini,
xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin: e
`tiqodli,
maslakli,
taqvodor,
sharm-hayoli,
oriyatli,
andishali,
vijdonli.
Sodda qilib aytganda: Iymon uch narsaning butunligidan hosil bo`ladi: e`tiqod,
iqror va amal. e`tiqod – bu ishonch. Iqror – so`zda buni tan olish. Amal – yaxshi
ishlar bilan buni isbotlash.
Insof
– bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg’usi va qobiliyati, ishda,
kishilarga munosabatda halollik, to`g’rilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgo`ylikdir.
O`zgani o`z o`rniga va shuningdek, o`z o`rniga xayolan qo`yib ko`rib ham insofga
olib keladi. Insof – har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-
atrofidagi kishilar oldida o`z hatti-harakati bilan ma`naviy mas`uliyatini his etishning
ifodasidir.
Adolat
– bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar
rahbarning axloqiy xislatlari bemalol qonun o`rnini bosa oladi. Ulug’ alloma
Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat
taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi. Adolatning
birinchi talabi: aholi turli tabaqalarining o`zaro uyg’un bo`lishini ta`minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi: el-ulusning haq-huquqi teng ta`minlangan holda kishilarni
xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi: barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan birga
bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o`z
ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Iqtidorli deganda biror soha bo`yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o`zidagi
qobiliyatni to`la namoyon qilish uchun qat`iyat ko`rsata oladigan kishilar tushuniladi.
Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga – maqsadiga
etadi.
228
Amaliyotda rahbar madaniyati aniq ko`rsatkichlarda ifodasini topadi. Ularni
quyidagi uch guruhga bo`lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |