Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish



Download 484,96 Kb.
bet1/173
Sana31.12.2021
Hajmi484,96 Kb.
#250719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
Matematik tasavvurlarni shakllantirish


Matematik tasavvurlarni shakllantirish

1.Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish.



Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning harakat yo’nalishini ularning o’zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o’zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, shuningdek, qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalari rivojlantiriladi va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi chapdan-o’ngdan, ustida-ostida kabi qarama-qarshi yo’nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak.olada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish uchun bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4ta varaqcha va pastki chekkasiga shuncha gulcha qo’yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin topshiriqlarning murakkabroq variantidan foydalanish maqsadga muvofiq. Olti yoshli bolalar “o’ziga” nisbatan to’la ishonch bilan mo’ljal oladilar. Ammo hali ularning ko’pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o’ng va chap tomonlarini farq qilishda qiynaladilar. Ularni, masalan, o’zi tomoniga yuzi bilan aylangan o’rtog’ining o’ng qo’li uning chap qo’li qarshisida bo’lish holi ajablantiradi. Nega bunday bo’ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va malakalarning puxta andozasi yig’ilib qoladi: o’ngda (o’ngroqda, o’ngga), o’ng qo’l turgan tomonda bo’ladi. Bu fazo “o’zidan” mo’ljal olishda mutlaqo to’g’ri. Ammo endi vaziyat o’zgardi. Bolaga boshqa odamadan yoki boshqa buyumlardan mo’ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi subyektning o’zidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo’ladi. Haqiqatda esa, masalan, bola o’zi bilan juft bo’lib turgan Malik o’zidan o’ng tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Ammo teskari fazoviy munosabatlarni tuushunish tayyorlov guruh bolalari uchun hma unchalik oson emas. Bu yerda boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish vaziyati mavjud. Bunda to’g’ri tahlil qilish uchun bola eng oldin o’rtog’ining o’ng va chap qo’lini aniqlashi kerak. Katta guruhda bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor ko’nikma bo’lishi kerak. Olti yoshli bolalar o’ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan aniqlashni xuddi o’ziga nisbatan o’ng va chap tomonni aniqlagandek aniqlashini yaxshi tushunib olmoqlari kerak. Aniqlashning samarali usuli hayolan o’rtog’ining orqasiga turishdan iboratdir. Shunday qilib, yuzi bilan orqasiga boshlang’ich holatdan, ya’ni bola o’rtog’ining orqasida turgan holatida boshqa odamga nisbatan o’ng va chap tomonni aniqlashi kerak; shundan keyin yuzma-yuz holatida, ya’ni boshqa bola qarshisiga turib, o’ng-chapni farqlash kerak. Keyinroq esa har qanday boshlang’ich holatda, hatto o’rtog’i orqasi bilan bilan turganda ham, o’ng-chap tomonlar aniqlanadi. Taklif qilingan izchillikka buyumlarda tomonlarning joylashuvidan kelib chiqib, o’ng va chap tomonlarni farqlashga doir mashqlarda ham amal qilish maqsadga muvofiq. Masalan, o’yinchoq uychaning devorlari hozirgina aniqlandi, deylik. Endi ikki yon devorning – o’ng va chap devorning nomlarini aniqlash kerak. Agar bolaga hayolan uyga kirish taklif qilinsa, yoki hayolan mashinaga o’tirish va uning o’ng yoki chap tomonini aniqlash taklif qilinsa, u osongina bu masalani hal qila oladi. O’yinchoq mashinaning yurishi davomida bola undan o’ng yoki chap tomondan buyumlarni belgilab oladi. Bola o’zining fazoviy holatini ko’rsatilgan buyumga hayolan moslab, bunday topshiriqlarning uddasidan ancha oson chiqadi. Topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish bolalarda fazoda buyumlardan mo’ljal olishning, ularning o’ng va chap tomonlarini farqlash malakasining murakkab kompleksini rivojlantirish imkonini beradi. Ammo maktabgacha tarbiya muassasalarining ish tajribasida bunga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Ko’pincha metodik xatolar ham uchraydi. Eng ko’p tarqalgan xato: bolaga, masalan, o’ng tomonga o’rdakchani, jo’jani esa qo’g’irchoqdan chap tomonga qo’yish taklif qilinadi. Mutlaqo o’zidan mo’ljal olib , o’rdakchani qo’g’irchoqdan o’ngga emas , chapga qo’yadi, jo’jani esa qo’g’irchoqning chap tomoniga qo’yadi, o’zidan mo’ljal olishga nisbatan topshiriq to’g’ri bajarilgan, buyumga esa nibatan noto’g’ri bajarilgan. Shunga qaramay, tarbiyachi natijadan mamnun bo’ladi. Tarbiyachi bola bu vaziyatda buyumdan mo’ljal oladi deb o’ylaydi. Aslida ikkalasi – bola ham, tarbiyachi ham xatoga yo’l qo’ymoqda.

2.Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish shartlari. 3.Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish muammosining psixologik-pedagogik asoslari

Bolada matematik tushunchalarni shakllantirishda muammoli ta'lim katta ahamiyatga egadir. Muammoli ta'lim — bu didaktik tizim bo'lib, pedagog (tarbiyachi)larni muammoli xarakterdagi savollarni yechishga jalb qilishni nazarda tutadi. Psixologlar fikrlash muammoli vaziyatdagi savoldan boshlanadi, deb hisoblaydilar. Shuning uchun muammoli vaziyat muammoli ta'limning asosini tashkil qiladi, muammoni yechish uchun sharoit yaratadi. Vaziyat— bu ilmiy bahs-munozara orqali tushunchalarni tartibga solish uchun zaruriyatga chaqiruvchi jarayondir.Muammoli jarayon — o'zining yechilishi uchun izlanishni talab qiladigan anglangan qiyinchilikdir. Berilgan savol qiyinchilik yaratsa va javob berishda pedagog (tarbiyachi)dan yangi bilim va fikriy faollik talab qilinsa, o'shanda muammoli vaziyat yaratiladi. Muammoli vaziyatda pedagog (tarbiyachi)lar e'tibori savollarning yechilishiga to'liq yo'naltiriladi, pedagog (tarbiyachi)larningfikrlashi moyil qilinadi (to'g'rilanadi). Muammoni yechishda ushbu moyillik aniq maqsadga aylanadi.Bola tomonidan asosiy bilim, tushuncha, og'zaki, masala yechish uslublari chuqur va mustahkam o'zlashtirilgandagina, muammoli ta'lim foydali bo'lishi mumkin.Ta'lim olish jarayonidagi muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, bolalar yerda ,,izlanuvchi" va birinchi kashfiyotchidek bo'lishadi. Bunda muammoli vaziyat bu awal yaratiladi vatahlil qilinadi, muammoni yechish uchun qulay usul aniqlanadi, muammo yechiladi va xulosa o'rganiladi. Muammoli ta'limdan foydalanish jarayonida mavzuni muammoli bayon qilish, evristiksuhbat va izlanish uslublari to'plamidan foydalanish mumkin.Muammoli bayonning mohiyati shundaki, pedagog (tarbiyachi) o'zi masalani beradi va og'zaki yechish yo'llarini ko'rsatadi. Evristik uslubning mohiyati esa pedagog (tarbiyachi) tomonidan bolalarni aniq izlanishlarga o'naltiruvchi savcllar tizimi awaldan o'ylab qo'yilishida ifodalanadi.
Izlanish uslubi o'quvchilarda atrofdagi olamga katta qiziqishni uyg'otadi, u o'ylashga, mulohaza qilishga harakat qiladi, atrofdagi voqealarni o'rganadi, o'zlashtirilgan bilimlardan amaliyotda va masalani yechishda foydalanadi. Izlanish uslubida pedagog (tarbiyachi) muammoni qo'yishi mumkin, farazlar keltiradi, asosiy g'oyani aniqlaydi, kuzatishlar o'tkazadi, taqqoslaydi va umumiy-
lashtiradi, tahlil qiladi, butunni tarkibiy qismlarga bo'ladi va xulosa chiqaradi.

3.Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari «ko’p» va «kam» o’rtasidagi o’zaro munosabat bilan tanishtirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nibsatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning bpripchi umumlashtirilgan usulidir. “O’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik tug’diradi. Mana shuning uchun ham bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturnnng bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni “o’ziga” nisbatan mo’ljal olishga o’rgatishdan, iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda “o’ziga” nisbatan o’ng, chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo’la olishi kerak. O’z tanasiga nisbatan fazoda tomonlar bo’yicha mo’ljal olish bu mo’ljal olishning birinchi umumlashtirilgan usulidir. “o’ziga” va “o’zidan” ga nisbatan mo’ljal olishda “o’ng-chapni”ni farqlash eng ko’p qiyinchilik to’ldiradi. Mana shuning uchun xam bola oldin o’z qo’llarini farqlashga o’rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida ishlash keyingi yosh guruhida xam davom ettiriladi.Bolaning o’ziga nisbatan mo’ljal olishi dasturning yangi vazifasiga - boshqa odamga, buyumlarga nisbatan mo’ljal olishga o’rgatish vazifasiga - o’tish uchun zarur asos bo’ladi. Ammo boshqa odamga nisbatan mo’ljal olish faqat o’z gavdasi sxemasiga bilgandagina mumkin bo’ladi. Bola xayolan bu sxemani boshqa ob’ektlarga nisbatan ko’chiradi va o’xshashlik buyicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, bolalar o’yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol xarakat kilishadi. Suhbatning borishida tarbiyachi bolalar e’tiborini xarakterli detallarga karatadi. Masalan, mashina karalayotgan bulsin; oldinda kabina, orkada kuzov, pastda oldingi va keyingi gildiraklar. Buyumlar tasvirlangan kirkma rasmlar, kubchalar mustakil ravishda detallardan (kismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya’ni ob’ektning fazoviy buyumlarini (ustida-ostida, tagida-yukorisida, oldidan-orkasidan, bir tomoni - yon tomonidan va ikkinchi tomonidan) uzlashtirish imkonini beradi. Bolalar xali ob’ektning ung va chap tomonlarini farklay olishmaydi; bu murakkab malaka maktabgacha katta yoshda uzlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning fazoviy xarakteristikasini tushunish kisman uzlashtiriladi. U xolda, deb suraladi, bolalarni buyumlarga, boshqa odamga nisbatan muljal olishga urgatish zarurmi? “Uziga” nisbatan muljal olishning uzi yetarli bulishi mumkinmi?


Download 484,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish