"iqtisodiyot va menejment "


Mehnat unumdorligi va uni oshirish



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

6.3.Mehnat unumdorligi va uni oshirish. 
Mehnat unumdorligi
-xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi 
ko`rsatkichidir. U ishlаb chiqarilgan maqsulot yoki ko`rsatilgan xizmatlar 
miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya`ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga 
ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning 
barcha a`zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o`sishigа 
bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini 
ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o`zini ham belgilab beradi. 
Mehnat unumdorligi ko`rsatkichi mehnat samaradorligi va natijadorligining 
barcha jihatlarini aks ettirmaydi. Masalan, u mehnat sifatini hisobga olmaydi, bundan 
tashqari, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish zarurligini ifodalamaydi. “Mehnat 
unumdorligi” tushunchasiga o`z ahamiyati jihatidan yaqin, lekin mazmunan yanada 
kengroq bo`lgan tushuncha 
“mehnat samaradorligi”
tushunchasidir. Mehnat 
samaradorligi eng kam mehnat xarajatlari bilan yuqori mehnat natijalariga erishish 
darajasini ifodalaydi. Mehnat samaradorligi mehnat unumdorligidan farqli o`laroq, 
faqat mehnatning miqdor ko`rsatkichlarini emas, shu bilan birga sifat natijalarini ham 
ifodalaydi. Mehnat samaradorligi ko`rsatkichining yana bir muhim xususiyatlaridan 
biri unda mehnat resurslarini tejalishiga erishiladi. 


154 
Mehnat unumdorligi tarkibida mehnatning ishlab chiqaruvchi kuchi deb 
ataluvchi iqtisodiy kategoriya ham shakllanadi. Mehnatning unumdorlik kuchi 
deganda bevosita sarflangan ish vaqti birligi mobaynida muayyan miydorda mahsulot 
ishlab chiqarish yoki ishlar hajmini bajarishning potentsiaл imkoniyati tushuniladi.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat unumdorligini 
muttasil ravishda oshirib borish uta muhim ahamiyatga ega bo’lib, mehnat 
unumdorligini oshishi aholi turmush darajasini yaxshilanishiga va ish haqi 
miqdorlarini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo`lsa, ish sifati zarur darajada bo`lgani 
holda, mehnat xarajatlari qanchalik kam bo`lsa, mehnat samaradorligi shunchalik 
yuqori bo`ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab 
chiqarish darajasiga erishilganigina emas, balki u qanday mehnat xarajatlari bilan 
ta`min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlari xodimlar soni va mehnatga 
to`langan haq xarajatlari bilan o`lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan 
o`lchanishi mumkin 
Ishlab chiqarishning takomillashib borishi va fan-texnika taraqqiyoti mehnat 
unumdorligi oshishininг asosiy shartlaridir. Yangi texnologik jarayonlar, materiallar 
va avtomatlashtirish vositalarining joriy etilishi mehnatni mexanizatsiyalash 
darajasining ortishiga olib keladi. Bu ko`rsatkichni quyidagi formula bilan ifodalash 
mumkin:
s
ms
md
X
X
М

Bunda: M
md 
- mehnatni mexanizatsiyalash darajasi, %; 
X
ms
- mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari soni; 
X
s
- xodimlarning o’rtacha ro’yxatdagi soni. 
Mexanizatsiyalashgan mehnat xodimlari jumlasiga o`z ishini mashinalar va 
mexanizmlar yordamida bajaradigan kishilar kiritiladi. Mehnatni mexanizatsiyalash 
(avtomatlashtirish) darajasining ortishi moddiylashgan mehnat ulushining oshganligi 
va jonli mehnat sarflashni ko`paytirmasdan turib, mehnat unumdorligini oshirish 
imkoniyatlaridan dalolat beradi. 


155 
Mehnat unumdorligining asosi bo`lgan mehnatning unumdorlik kuchi mehnat 
unumdorligining aynan o`zi emas: haqiqiy mehnat unumdorligi, quyidagi ikki muhim 
omilga – jonli mehnatning eng muhim ko`rsatkichi bo`lgan mehnat intensivligiga va 
ish vaqtining nominal fondidan qay darajada foydalanishga bog’liq bo`ladi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish