1.Marjinalizmning o’ziga xos xususiyatlari. Marjinal iqtisodiy goyalarni yuqorida qayd etilgan ikkala bosqichini oziga xos xususiyatlarini quyidagicha ta'riflanimiz mumkin.
Birinchi. Dastlabki marjinalistlar ozlarining subyektiv oqimlarida asosiy e'tiborni iqtisodiy tahlil jarayonida istemol (talab)ning tutgan ornini organishga qaratib klassiklardan farqli ravishda ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qoydilar. Keyinchalik neoklassiklar har ikkala jarayonni birgalikda organib ancha mukammal ta'limot yaratdilar.
Ikkinchi. Birinchi bosqich marjinalistlari subyektiv yonalish vakillari klassiklar singari sabab oqibatga asoslangan ilmiy tahlilni qollab ularning goyalarini ma'lum darajada takrorladilar. Lekin birgina katta farq subyektiv maktab qollagan iste'mol va tovarlarning foydaliligi usuli ularni klassik maktab usulidan farqladi. Oz navbatida marjinalistlarning neoklassik yonalishi funksional ilmiy tadqiqotni maydonga tashlash bilan birga ishlab chiqarish va iste'molni yaxlit holda organib meyoriy iqtisodiy o`lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tadbiq etdilar.
Uchinchi. Marjinal inqilobning birinchi bosqichidan farq qilib, ikkinchi bosqichda funksional ilmiy uslub bilan birga iqtisodiy tahlilga iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish usuli ham olib kirildi. Shu jumladan, har ikkala bosqich nazariyotchilari "erkin" raqobat yordamidagi iqtisodiy osishni haligacha avtomatik avishda qollab kelinmoqda degan fikrga keldilar.
Tortinchi. Neoklassiklar iqtisodiy ta'limotlar tarixida alohida orin egallagan klassiklardan iqtisodiy liberalizm tamoyillariga sodiq qolishni meros qilish bilan birga tadqiqot mavzuini yanada kengaytirib, unda funksional tadqiqot usulidan va iqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslash usuli va nihoyat sistemali matematik usuldan keng foydalanishni amalga oshirdilar.X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta'limotlarda prinsipial yangi yonalish - marjinalizm goyalari ustundir, avalgi klassik maktab vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotda ozgarishlar roy berdi. XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya'ni yangi klassik) goyalari shakllana boshladi, bu marjinalizm goyalari rivojining 2-bosqichi deb qaralishi mumkin. "Siyosiy iqtisod" dan ancha farq qiluvchi "Ekonomiks" tushunchasi kiritiladi va iqtisodiyotga yondoshuv keskin ozgardi. Neoklassik yonalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u "Ekonomiks" iborasini birinchi bolib muomalaga kiritdi. Iqtisodiyot faning asosiy vazifasini "insoniyatning normal hayot faoliyati tog`risidagi ta'limot" deb baholaydi. Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subʼyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.