Marjinalizm meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.
Marjinalizm iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.
SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.
2.Marjinalizm metodologiyasi.
XIX asrning 70-yillarida klassik siyosiy iqtisod maktab o‘rniga marjinalizm iqtisodiy nazariyasi vujudga keldi. Marjinalizm (inglizcha – me’yorli) tadqiqotining predmetini me’yorli tahlil tashkil etadi. Marjinalizm iqtisodiy yo‘nalishning namoyandalari Fridrix Vizer (1851-1926, Avstriya maktabi), Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914, Avstriya maktabi), Alfred Marshall va boshqalar bo‘lgan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab klassik (mumtoz) qiymatning mehnat nazariyasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar yuz bergan edi.
Avstriya maktabining namoyandalari, ya’ni dastlabki marjinalistlar iqtisodiyotni sub’ektiv-psixologik nuqtai-nazardan baholanib (ob’ektiv iqtisodiy qonunularni inkor etib), asosiy e’tiborni iste’mol(talab)ning tutgan o‘rniga bag‘ishlab, ishlab chiqarish (taklif)ni ikkinchi darajali qilib qo‘ydilar.Keyingi marjinalistlar ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarni yaxlit o‘rganib, me’yoriy iqtisodiy o‘lchamlarni taqsimot va ayirboshlash jarayonlariga ham tatbiq etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.Marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b.Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham mana shu olimlar nomi bilan bog‘liqdir.
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda) S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari va mehnat miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va noyobliligi bilan bog‘lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar.
Avstriya maktabi.XIX asrning 70-yillarida G‘arb siyosiy iqtisodining nufuzli maktablaridan biri Avstriya maktabi (avstraliyalik omillar nomidan) vujudga keldi. Avstriya maktabini sub’ektiv-psixologik maktab ham deb ataydilar, uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi Karl Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Yevgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix fon Vizer (1852-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), Vizerning «Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to‘g‘risida» (1884), Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-1889), «Xo‘jalik ne’matlari nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi»(1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta’limoti Angliya, Germaniya, AqSh, Rossiyada va boshqa mamlakatlardaham yoyildi. Bu ta’limot g‘arb siyosiy iqtisodining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra siyosiy iqtisod xo‘jalik sub’ekti tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idork etishni o‘rganishi lozim edi.
Byom-Baverkning fikricha, siyosiy iqtisod sub’ekt hislarida iqtisodiy hodisalarni izohlaydigan ildizlarni izlashi kerak. Alohida xo‘jalik tadqiqot ob’ekti qilib olindi va shu xo‘jalik jamiyatning eng oddiy tipik elementi deb talqin qilinardi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs-Robinzon xo‘jaligi mana shunday xo‘jalikning oliy maqsadi deb ataladi. Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni mana shunday xo‘jalik deb ataydi. Umuman iqtisodiy qonunlarini o‘rganish uchun alohida olingan bir xo‘jalik misolida shu qonunlarni ko‘rib chiqish yetarli deb hisoblanadi, ya’ni jamiyat aloxida olingan robinzonlar xujaligi yigindisidir, degen xulosa chikariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |