4.XIX asr boshlaridagi iqtisodiy g’oyalar tug’ilishi.
1902 yildan boshlab u Yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod Fani asta-sekin siqib chiqarildi. Uning asosiy asari «Ekonomiks tamoyillari» («Prinsipi ekonomiki») (1890) hisoblanib, bu kitob 6 jilddan iborat. Mazkur kitob olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilib, unda fanning predmeti to‘g‘risida fikr yuritiladi. Metodologiya va iqtisodiy nazariya sohasida Marshall iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv qarashlarga asoslangan funksional tadqiqot usullarini qo‘llaydi.
Narx nazariyasi Marshallning nazariy mulohazalari markazida turadi. U qiymat va narx kategoriyalarini aynan bir narsa deb ko‘rsatib, aslida, qiymatni chetlashtirib qo‘ydi va narxni bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi, deb hisoblaydi. Olim avvalgi tadqiqotlarda qiymatning iste’mol va almashuv ( ikkita) shakllari alohida-alohida qaralgan edi, Marshalda esa bu farq yo‘q. Ob’ektiv qiymat kategoriyasidan foydalanadi. Bu narsa uning nazariyasida muvozanat narxi rolini bajaradi. Marshallning nazariyasi sintetik nazariya nomini oldi, chunki muallif bu nazariyada o‘zidan avvalgi mavjud narx nazariyalari «eng yuqori foydalilik (naf)», «ishlab chiqarish chiqimlari», «talab va taklif» nazariyalarni birlashtirib, ularning hammasini to‘g‘ri deb ko‘rsatdi. Narx nazariyasi bilan bir qatorda Marshall foyda va ish haqi nazariyalarini ilgari surdi.
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‘z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo‘llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy o‘zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar.
Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste’mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‘rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e’tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo‘lamiz.
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‘rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‘ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarining asosini tashkil etadi.
XULOSA
X1X asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy ta'limotlarda prinsipial yangi yonalish - marjinalizm goyalari ustundir, avalgi klassik maktab vakillarining fikrlari keskin tanqidga uchradi, chunki amaliy iqtisodiyotdaozgarishlar roy berdi. XX asrning boshlarida esa neoklassik (ya'ni yangiklassik) goyalari shakllana boshladi, bu marjinalizm goyalari rivojining 2-bosqichi deb qaralishi mumkin. "Siyosiy iqtisod" dan ancha farq qiluvchi "Ekonomiks" tushunchasi kiritiladi va iqtisodiyotga yondoshuv keskin ozgardi. Neoklassik yonalishning asosiy mafkurachisi A.Marshall hisoblanadi, u "Ekonomiks" iborasini birinchi bolib muomalaga kiritdi.
Iqtisodiyot faning asosiy vazifasini "insoniyatning normal hayot faoliyati tog`risidagi ta'limot" deb baholaydi. Marjinalizm-bu (frans. marginal -chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-asrning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-asrning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, shveysariyalikL. Valras M.ning nazariy asoslarini yaratdilar. 19-asr ning 90-yillaridan M. subʼyektiv-psixologik yoʻnalishdan iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntirib berishga oʻtdi. Natijada yangicha iqtisodiy gʻoyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi. Marjinalizm meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy harajatlar kabi koʻrsatkichlardan foydalanadilar, meʼyoriy naflilik, meʼyoriy unumdorlik, meʼyoriy daromadlarning kamayib borishi krnunlariga, talab va taklif qonuniga asoslanadilar, iqtisodiymatematik usullarni keng qoʻllaydilar.M. iqtisodiyotni individual xoʻjaliklarning oʻzaro taʼsiri sifatida qaraydi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektning ishlab chiqarish jarayonidagi va bozordagi iqtisodiy holatini taxlil qilishga asoslanadi. Bu holat M.ga miqdoriy usullardan keng foydalanishga, xususan, tadqiq etilayotgan omillarning funksional bogʻlanishlarini taxlil etishga imkon beradi.SSSR davrida M. markscha siyosiy iqtisod vakillari tomonidan tanqid ostiga olindi. Faqat maʼmuriybuyruqbozlik (rejali) iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtilishi tufayli M.ning asosiy gʻoyalari tan olina boshlandi.
FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR.
1.”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” (o’quv qo’llanma) 2005.
A.Razzoqov. SH.Toshmatov. N.O’rmonov. P.Xoshimov. F.Egamberdiyev.
2.Wikipedia.uz
3.Fayllar.org
4.Tarix.uz
5.Mustaqillik.org
Do'stlaringiz bilan baham: |