Kommons ijtimoiy-huquqiy institutsionalizm yo`nalishining asosiy vakili hisoblanadi. Uning asosiy g`oyalari amerika tredyunionizm mafku- rasini ifodalaydi. Uning ta'limoti jamoat institutlari faoliyatini (oila, ishlab chiqarish korporatsiyasi, savdo birlashmalari, tredyunionlar, davlat va yu- ridik huquqiy munosabatlar) tadqiq etish bilan bog`liq.
U mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi, biznes tizimini shunchalik samarali qilish kerakki, u o`zini o`zi saqlashga qodir bo`lsin, deydi u. Kommonsning asosiy g`oyalari "Kapitalizmning huquqiy asoslari" (1924), "Institutsional iqtisodiyot. Uning siyosiy iqtisoddagi o`rni" (1934), "Jamoa faoliyatining iqtisodiy nazariyasi" (1950) asarlarida o`z aksini topgan.
Olimning iqtisodiy qarashlari iqtisodiyotda yuqori naf nazariyasi va yuridik konsepsiyalar to`g`risidagi qoidalarning o`zaro qorishmasidan ibo- rat. Ishlab chiqarishni bir chekkaga surib, kapitalizmning mohiyati bozor munosabatlari bilan almashtiriladi, hozirgi sharoitda bu munosabatlar "odil bo`lmagan raqobat"ga olib kelmoqda. Kapitalizmning bu illatini to`g`rilash, almashuv munosabatlari odil bo`lishini ta'minlash, raqobat xavfini yo`qotish uchun davlat yuridik-qonuniy organlari vositasida hal et- ish mumkin, degan g`oya ilgari suriladi.
Kommons kapitalizmda sinflar mavjudligini inkor etadi. mark- sizmning sinfiy kurash nazariyasiga "sotsial nizo" (konflikt) ta'limotini qarshi qo`yadi, bu nizolar antagonistik xarakterga ega emas. Mutaxassislar bir-birlari bilan kurashishi emas, hamkorlik qilishlari kerak. Paydo bo`ladigan nizolar esa jamiyat evolutsiyasini harakatga keltiruvchi omildir. Nizolarni yechish jarayoni sotsial taraqqiyotga yordam berishi zarur.
Kommons nazariyasi kapitalizmni ba'zi islohotlar yo`li bilan yax- shilash usulini taklif etadi. Bu esa huquqiy, yuridik me'yorlarni takomil- lashtirish orqali amalga oshiriladi. Ishchi va kapitalist o`rtasidagi munosa- bat jamiyatning teng huquqli a'zolari orasidagi yuridik bitim - kelishuv hisoblanadi, chunki ular ma'lum qonun-qoidalar asosida tuziladi. Bu kelishuv ishtirokchilari orasida jamiyatning muhim institutlari: oila, tad- birkorlar ittifoqi va hatto davlatning o`zi ham bo`lishi mumkin. "Kelishuv" uch momentni o`z ichiga oladi: nizo, o`zaro ta'sir, yechim. Yuridik va huquqiy vositalar bilan har qanday ichki qarama-qarshilik, barcha konfliktlar o`z yechimini topishi mumkin. Jamiyatda ijtimoiy qarama- qarshiliklar kuchayishi konfliktlarni yuridik hal qilish mexanizmining kamchiliklari bilan belgilanadi. Iqtisodiy kategoriyalar shu kategoriyalarga
312
oid yuridik munosabatlar shaklida namoyon bo`ladi. Kommons mulk shakllarini iqtisodiy munosabatlar shaklida tahlil etmaydi, ammo "Mulk tituli"ni yuridik shakl sifatida ko`radi. U mulkni uch ko`rinishga ajratadi: moddiy, nomoddiy (qarzlar va qarz majburiyatlari) va ko`rinmas (qimmatbaho qog`ozlar). Ko`rinmas mulk ko`pincha "mulk tituli bilan kelishuv" mazmuni bo`lib amalga oshadi. Shu sababli, Kommons tadqiqotlarining asosini qimmatbaho qog`ozlar - aksiya, obligatsiya va boshqalarni sotish operatsiyalari tashkil etadi. Ko`rinib turibdiki, bu olimning g`oyalarida birinchi o`rinda ishlab chiqarish emas, balki muomala sohasi turadi. Uch shakldagi sanoat kapitali o`rniga fiktiv (soxta) kapital olinadi, bu soha kapitalistik xo`jalikning mohiyati sifatida qaraladi.
U jamoat fikri bilan hisoblashuvchi va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishni amalga oshiradigan hukumat tuzish zarurligiga ishongan. Iqtisodiy islohotlar doirasida davlat qonuniy qarorlari jamiyatdagi qarama- qarshilik va konfliktlarni tugata oladi, bunda ma'muriy kapitalizm bosqichiga o`tiladi.
Yuqorida keltirilgan T.Veblen va J.Kommonslarning g`oyalari amalda, 1929-1933 yy.dagi iqtisodiy inqiroz davrida AQSH prezidentining "yangi kurs" siyosatida amaliy tasdig`ini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |