16.2. T.Veblen g`oyalari
Veblen iqtisodiy jarayonlarni shakllangan an'analar sifatida tahlil etadi. Ana shunday an'anaviy harakatlantiruvchi kuchlar qatoriga ota-onalar his- tuyg`usi, usta instinkti, ya'ni yaxshi ishlashga intilish, ilmga chanqoqlik, sof qiziquvchanlik kiritiladi. Uning fikricha, dastlabki instinkt avval oilaga g`amxo`rlikda namoyon bo`ladi, keyinchalik esa jamiyat va butun insoniyatga bo`lgan g`amxo`rlikka aylanib boradi.
Darvinizm (biologik) g`oyalari iqtisodiyotga tadbiq etiladi. Veblen "Bekorchi sinflar nazariyasi" ("Теория праздного класса") kitobida quyidagilarni yozadi: "Jamiyatdagi odamning hayoti boshqa turdagi hayot kabi mavjudlik uchun kurashdir va demak, tanlanish va moslashish jarayonini aks ettiradi. Jamiyat strukturasining evolutsiyasi in- stitutlarning tabiiy tanlanish jarayonidir". Darvinning tabiiy tanlanish ta'li- moti ijtimoiy xodisalarga mexanik ravishda ko`chiriladi. Insonning ongli harakatiga yetarlicha baho bermasdan, odamlarning yurish-turishi g`ayriixtiyoriy saboqlar, instinkt, fe'l-atvor va odatlar orqali tushuntiriladi. Jamiyat rivoji biologik qonuniyatlar bilan bir xil deb qaraladi, proletariat- nig sinfiy kurashi inkor qilinadi, markscha inqilobga darvinistik evolyusionizm qarama-qarshi qo`yiladi.
U zamonaviy industrial texnokratik konsepsiyalar asoschisi bo`lib hisoblanadi. Industriya olamiga alohida e'tibor beriladi va unga barcha ish- lab chiqaruvchilar va birinchi navbatda muhandislar va ishchilar kiritiladi. Industriya olami mehnat unumdorligini o`stirish, ishlab chiqarish jaray- onini yaxshilash va samaradorlikni oshirishni bosh maqsad qilib qo`yadi.
310
Unga moddiy ishlab chiqarish sotsial formadan butunlay ajratib qo`yiladi. Ishlab chiqarish asosan texnik ko`rsatkichlar, masalan texnik asos darajasi, malaka, bilim va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biznes olami deganda u moliyachilar, trest tashkilotchilari va tadbirkorlarni tushundi. Uningcha, biznes imkoni boricha yuqori foyda uchun intiladi va shu sababli uni beayov tanqid qiladi, chunki turli moliyaviy va kredit nayranglari, turli ak- sioner jamiyatlari tizimi tufayli sanoat unga to`la bo`ysundirilgan. Shu sa- babli, sanoatni biznes ta'siridan "ozod" qilish kerak, deydi u. "Industriya" va "biznes" nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan uning sotsial-iqtisodiy shakli o`rtasida bog`lanish yo`q. Veblen industriya va biznes orasida keskin qarama-qarshilik bor deb xato qiladi, shular kapi- talizm illatlarining sababchisi qilib ko`rsatiladi.
Insonlarning iqtisodiy rag`bati avvalo qarindoshlik his-tuyg`usi, bilim va bajarilayotgan ishning yuqori sifatiga instinktiv intilishdir (A.Smit
- foyda ketidan quvish).
Bekorchi (to`q) sinflar to`g`risida farq yuritilib, ularga "biznes olami odatlari" xosligi aytiladi. Ular uchun tovarlarga alohida baho belgi- lanadi va ular talab qonunlaridan boshqacha bo`lishi mumkin deyiladi. Buni "Veblen effekti" deb ataladi (bu fikrda jon bor, boy mamlakatlarda boylar uchun alohida do`konlar mavjud).
Veblen nazariyasi jamiyat sotsial strukturasi to`g`risida noto`g`ri tushuncha hosil qiladi, jamiyat sinflarga ajratilmaydi, ishchilar va muhan- dislar yagona sanoatchilar guruhiga kiritiladi, sinfiy kurash tushunchasi esa umuman yo`q.
Mavjud tizimni o`zgartirish to`g`risida gapirib, bu masalani Veblen ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya qo`liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. Buning uchun barcha muhan- dis-texnik xodimlar umumiy ish tashlashlari kerak, shunda tadbirkorlar ularning shartlariga ko`nishga majbur bo`ladilar. Kapitalizm transformatsi- yasi "texniklar kengashi" vositasida bajariladi, hozirgi zamon jamiyatida intelligensiyaning roli birinchi o`ringa qo`yiladi, ya'ni biznes olamini mu- handis- texnik intellegensiya yenga oladi.
Sanoat mutaxassislari yagona sinf sifatida qaraladi va bu sinfning asosiy maqsadi texnikadan foydalanishni takomillashtirishdir. Demak, Ve- blen yangi jamiyatni "texnokratik" ko`z bilan ko`radi va kapitalizmni saqlab qolish yo`lini taklif etadi.
311
Do'stlaringiz bilan baham: |