Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Download 1,61 Mb.
bet82/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar


Neoklassika; A. Marshall; "Ekonomiks"; baho, talab, taklif; talab elastikligi; "Marshall xochi"; "iste'mol ortiqchaligi"; "reprezentativ firma"; J.B.Klark; "chegaraviy naflik"; "eng yuqori unumdorlik"; statika va dinamika; V.Pareto; "befarqlik egri chiziqlari"; "Pareto optimumi".




Nazorat va mulohaza uchun savollar





  1. A.Marshall bo`yicha bozor bahosi nima?

  2. Baho, talab va taklif o`rtasidagi bog`lanish qanday?

  3. Taklif elastikligi deganda nima tushuniladi?

  4. "Marshall hochi"ning mazmunini izohlab bering?

  5. Ishlab chiqarish hajmlari o`sishi va nisbiy ishlab chiqarish xarajatlari o`rtasidagi bog`lanish nima?

  6. Doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarni izohlang.

  7. J.B.Klarkning statik va dinamik iqtisodiyot to`g`risidagi g`oyalari nimani anglatadi?

  8. "Eng yuqori unumdorlik qonuni"ning asosiy xususiyatlari.

  9. V.Paretoning umumiy iqtisodiy muvozanat konsepsiyasi mohi- yati nimadan iborat?

  10. Naflikni maksimum qilish uchun nima asos qilib olingan?

  11. V.Paretoning "befarqlik egri chiziqlari" nimani bildiradi?

  12. Pareto optimumini izohlang.

305
Bir kun urush bo`lgan yerdan, qirq kun baraka ko`tariladi.


Maqol.


  1. BOB. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH KONSEPSIYALARI. IQTISODIY TA'LIMOTLARDAGI INSTITUTSIONAL YO`NALISH




    1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari





  1. asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo`lib o`tgan aniq ijti- moiy-iqtisodiy o`zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o`zgardi, ilgari ilg`or bo`lgan davlatlar 2-o`rinlarga (Angliya, Fran- siya), nisbatan qoloq bo`lgan davlatlar esa 1-o`rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko`pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o`tish kuchaydi. Monopoliya kuchayishi monopol foyda ol- ishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo`llash g`oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQSHda ro`y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo`llaydilar.

Antitrest siyosati yo`li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazorat- ning turlicha metod (usul)lari Kullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo`nalishi AQSHda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan "Bekorchi sin- flar nazariyasi" asari bilan bog`liq). Bu yo`nalish nomi lotincha "instituto"
- urf-odat, ko`rsatma, muassasa so`zidan olingan va kapitalizmning imperi- alizm bosqichiga o`tishi bilan bog`liq ravishda ro`y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izoh- lash mumkin bo`lmay qoldi.
Bu ta'limot yo`nalishi vakillarining fikricha, institutlar jamiyat rivo- jlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo`lib xizmat qiladilar. Bu tushuncha tagida ijtimoiy xodisalar, masalan, oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmalari va boshqa muassasalar yotadi, ya'ni jamoat ruhining namoyon bo`lishi, yurish-turish va o`ylash usulini xalqning ma'lum guruhlari uchun odatiy, an'anaviy, shuningdek huquqiy, axloqiy va boshqa ko`rinishlarini o`z ichiga oladi. Bu yo`nalish mafkurachilarining fikricha, iqtisodiy kate-
306
goriyalar bo`lgan xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda, savdo va bosh- qalar jamiyat ruhining paydo bo`lishi shaklidir. Demak, ular obyektiv iqti- sodiy qonunlaning mavjudligini to`la tan olmaydilar va jamoat ruhiyatining evolutsiyasini tahlil etadilar.
Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo`nalishga muxolif-
dir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o`zini-o`zi boshqara oladigan
(A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, axloqiy, huqu- qiy va boshqa omillarga ham bog`liqdir deb o`ylaydilar.
Demak, bu yangi yo`nalishning tadqiqot predmeti sifatida ijtimoiy- iqtisodiy, shu bilan birga noiqtisodiy muammolarni tahlil etish ilgari suri- ladi. Shu bilan birga, tadqiqot obyektlari, ya'ni institutlar birinchi yoki ik- kinchi darajali deb Karalmaydi va bir-biriga qarama-qarshi qo`yilmaydi.
Bu yo`nalishning tadqiqot usulida ayrim olimlar fikricha Germani- yada vujudga kelgan tarixiy maktabga katta o`xshashlik bor.
Tarixiy va ijtimoiy muxit omillarining hisobga olinishi tarixiy mak- tab bilan yaqinlikni anglatsa ham, ammo to`la yakdillik yo`q. Yangi yo`nalish neoklassiklarning marjinalizm g`oyalariga asoslangan matematik va ekonometrik prinsiplarini keng qo`llaydilar.
Institutsionalizmga xos bo`lgan uslubiy xususiyatlar quyidagilardir:

  1. neoklassikaga xos abstraksiyaning yuqori darajasi va ayniqsa baho nazariyasining ortodoksal statik xarakteridan qoniqmaslik;

  2. iqtisodiy nazariyani boshqa ijtimoiy fanlar bilan integratsiyaga intilish yoki fanlararo yondoshuv ustuvorligiga ishonch;

  3. klassik va neoklassik nazariyalarda empirizm (tajribaga suyan- ish) yetishmasligidan norozilik, chuqur miqdoriy tadqiqotlar o`tkazishga chorlash.

Bu yo`nalishning vujudga kelish, shakllanishi va evolutsiyasining ma'lum tarixi bor. Uning mafkurachilari T.Veblen, J.Kommons, U.Mitchell asarlarida iqtisodiy sikl va inqirozlar tarixi bo`yicha faktik materiallar jam- langan. Bu olimlar jamiyat a'zolari uchun xos bo`lgan urf-odat, an'ana, odob-ahloq, instinktlarni o`rganish bilan shug`ullanadilar. Ularda nazariy tadqiqotdan ko`ra, yozib borish, qayd etish uslubi ortiqroqdir.
Institutsionalizm evolutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo`lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-
307
1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson (1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.

  1. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ruzvelt tomonidan ilgari surilgan "Yangi kurs" islohotlarini amalga oshirish bo`yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demo- grafiya va antropologiyani o`rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark "Iqtiso- diy institutlar va insonlar farovonligi", A.Berli "Mulksiz hokimiyat" va "XX asr kapitalistik inqilobi" kitoblarini chop etdilar, G.Minz o`zining maqolalarida aksionerlar soni ortishi, kapital mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.

  2. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo`nalish, ya'ni neoinstitut- sionalizm paydo bo`ldi. 60-yillardagi institutsiona-lizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo`nalish ta'limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.

Bu yo`nalish g`oyalari "iqtisodiy o`sish omillari nazariyasi"ning mafkurachisi U.Rostou, so`l keynschilik yo`nalish (o`sish nazariyasi) ta- rafdorlari hamda Joan Robinson asarlarida ham o`z aksini topgan. Ameri- kalik institutsionalizm vakillari iqtisodiy jarayonlar asosining umumiy tu- shunchasiga ega emaslar. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va antropologiya bilan bog`langan deb hisoblasa, Kommons - ruhshunoslik va huquqni, Mitchell - antropologiya va mate- matik hisob-kitoblarni ustun qo`yadi.
Amerikalik neoinstitutsionalizm nazariyotchilari iqtisodiy jarayonlarni industriya rivoji va texnokratiya rolining o`sishi bilan bog`lamoqdalar, shuningdek bu jarayonlarning borishini tushuntirishda jamiyat ijtimoiy hayotiga asoslanmoqdalar. Bunday xilma-xillik tufayli ijtimoiy-institutsional yo`nalish ichida turli oqim va maktablar vujudga keldi.
Institutsionalizmdagi ana shunday uchta asosiy:

  1. Ijtimoiy-psixologik;

  2. Ijtimoiy-huquqiy;

  3. Empirik yoki konyunktur-statistik oqimni ajratish mumkin. Le- kin, shu bilan birga, barcha yo`nalishlar uchun xos bo`lgan umumiylik ham mavjud. Ularning barchasi ozmi-ko`pmi burjua jamiyatini axloqiy- psixologik jihatdan tanqid ostiga oladilar, iqtisodiyot fanida reformistik

308
yo`lni oqlaydilar va bu oqim olimlari burjua jamiyatini mutlaq maqtashdan chetlangandirlar.
Bu yo`nalish g`oyalariga baho berib, g`arb iqtisodchilari institut- sionalizmni "Formalizmga qarshi g`alayon" deb qaramoqdalar, uni klassik iqtisodiy maktabga qarama-qarshi qo`ymoqdalar. Bu yo`nalishning paydo bo`lishi va avvalgilaridan farq qilishi vaqt va sharoit taqozosi tufaylidir, chunki kapitalizm avvalgi davrdagidan keskin o`zgardi, davlat va jamoat tashkilotlari, ayniqsa, kasaba uyushmalarining roli ortib ketdi. Ularni hi- sobga olmaslikning iloji yo`q edi.
Ikkinchi tomondan bu yo`nalishning "norozilik kayfiyati" "eng yu- qori naf nazariyasi"ga ham qarshi qaratilgan edi. Agar bu nazariya mik- roiqtisodiy tahlil bilan shug`ullansa, institutsionalizm makroiqtisodiy tahlilni amalga oshiradi. "Yuqori naf" vakillari jamiyat asosiy iqtisodiy subyekti sifatida Robinzon (alohida individ)ni tanlashsa, institutsionalizm mafkurachilari kollektiv - jamoa "psixologiyasi"ni birinchi o`ringa qo`yadilar. Ular "yuqori naf" nazariyasiga qarshi chiqib, jamiyatning stixi- yali rivoji o`rniga ishlab chiqarishni boshqarishda ijtimoiy tadbirlar qo`llashni afzal ko`rdilar.
Boshqa maktablardan farqli ravishda, institutsionalizm iqtisodiy hayotning ba'zi ijtimoiy tomonlarini tanqidiy o`rganishni asos qilib oldi, ammo davlat monopolistik kapitalizmi tizimini qo`llab-quvvatladi.
Ularning g`oyalarida "Ijtimoiy nazorat"ni himoya qilish orqali yangi sharoitda iqtisodiyotni tartiblashni tashkil etishni lozim deb ko`rsatiladi. Ayniqsa, bu sharoitda huquqiy masalalarni rivojlantirish muammosi dolzarb qilib qo`yildi. Ular "erkin sohibkorlik" va marjinaliz- mga qarshi chiqib, iqtisodiyotda avtomatik barqarorlik mexanizmi borligini inkor etdilar va iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishning tarafdorlari edilar. Keynsdan ancha avvalroq ular davlat iqtisodiyotga faol aralashishi kerak, degan fikrni ilgari surdilar.
Endi shu yo`nalish tarafdorlarining ayrim g`oyalari bilan tanishib chiqamiz.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Ve- blen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yon- dashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildi- lar. Veblenning asosiy asarlari "Bekorchi sinflar nazariyasi" (1899), "Mo- hirlik instinkti" (1914), "Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o`rni va boshqa ocherklar" (1919), "Muhandislar va baho tizimi" (1921) va "Zamonaviy o`zgaruvchi tizimlar to`g`risidagi ocherklar" (1934) kitoblarida jamlangan. U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo`lgan
309
jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo`nalishni eslang). Xususiy mulkn- ing tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rantye (absenteistik mulk) borligi tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi buzilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo`lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktabr inqilobini qutlagan, uni mavjud tuzumni o`zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o`ylagan. Amalda esa u kapitalizmni "texnokratik" jamiyatda islohotlar yo`li bilan "yaxshilash" usulini taklif etadi. Bu g`oyalar marksizmga zid fikrlardir.



Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish