"Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", degan edi O`zbekiston Res- publikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov. Har qanday tarixni o`rganish avvalo hozirgi kun va kelajak uchun ahamiyatlidir. Taniqli yozuvchi va adibimiz Abdulla Qodiriy aytganidek: "Moziyga qarab ish tutish xayrlidir". Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixini o`rganish katta nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot tarixi (xalq xo`jaligi tarixi) va iqtisodiy ta'limotlar tarixi iqtisodiyot fanining faktologiya va metodologiya asoslarini ta'minlovchi va yaratuvchi asos sifatida ahamiyatlidir. Shu sababli bu fanlar iqtisodiyot fanining ajralmas va tarkibiy qismidir.
Iqtisodiy fanlarning o`zaro aloqadorligi
Manba: Новая экономическая теория (Политэкономия). Учебник М. Промоме- дия.1995, стр. 30
Ayniqsa hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo`shqinlik bilan kirib bormoqda va odamlar iqtisodiyot to`g`risida imkoni boricha ko`proq bilishga intilmoqdalar. Xo`sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o`rganishda nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug`ilishi tabiiy.
3
Bizningcha, bu ishni, shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi, tarixdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to`la hal etishda o`tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo, o`tgan donishmandlarning fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to`g`risida to`g`ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog`i, velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Ammo, shunday bo`ldiki, oxirgi 25-30 yil davomida bu fanlarga kam e'tibor berildi, hatto "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" qatag`onga uchradi, faqat mustaqillik yillari bu fanni oliy o`quv yurtlarida qaytadan o`qitish boshlandi. Bu o`z-o`zidan bo`lgani yo`q, albatta.
Sovetlar tuzumi davrida ko`pgina fanlar, shu jumladan, iqtisodiyot fani sinfiylik, partiyaviylik mafkurasi asosida o`rganildi, marksizm- leninizm g`oyalari birdan-bir to`g`ri ta'limot deb qabul qilindi va barcha masalalar yechilgan, tarixga, uzoq o`tmishga hech qanday hojat yo`q, degan umumiy qayfiyat yuzaga keldi. Sotsialistik va kommunistik jamiyat qurishda dasturilamal bo`lgan mafkuraga muqobil bo`lgan barcha fikrlar tanqidga uchradi; asosiy e'tibor markscha-lenincha iqtisodiy ta'limotni o`rganishga, kapitalizm, bozor munosabatlarining kelajagi yo`qligini zo`rma-zo`raki "isbotlash"ga qaratildi.
Ammo, bu yo`l tarix sinovidan o`tmadi. Iqtisodiyotda sinfiy, mafkuraviy tamoyillar ertaklardagi qum saroylari kabi vayron bo`la boshladi. Tabiatning yomon ob-havosi bo`lmaganidek, tarix ham bo`lib o`tgan yaxshi yoki yomon voqealar uchun hech kim oldida tavba-tazarru qilmaydi.
Hozirgi davr olimlari avvalgi mualliflardan ko`ra ko`proq biladilar, bu obyektiv jarayon, ammo shunisi ham ayni haqiqatki, biz ular tufayli ham shu narsalarni bilamiz.
Yana shuni ham alohida ta'kidlab o`tish kerakki, sobiq SSSR davrida qaysi fanni o`qish, qanday dastur v` darslik asosida o`qitish "markaz"ning to`la ixtiyorida bo`lgan. Tarjima qilish ham shu yo`sinda olib borilgan. Oxir-oqibat o`zbek tilida biror jiddiy asar yaratishga yo`l berilmagan. Ayniqsa, Sharq, xususan O`rta osiyolik olimlar, donishmandlar va allomalarning iqtisodiyot va boshqa fanlarga qo`shgan hissasi doimo kamsitib kelingan.
Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan o`zbekistonlik olimlar oldida, ko`pgina fanlar kabi, iqtisodiyot fani borasida ham katta ishlarni amalga oshirish vazifasi turibdi. Yangi dastur, o`quv qo`llanma va darsliklar
4
yaratish eng muhimdir. Iqtisodiyot insoniyat tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlar ham ko`p ming yillik tarixga ega. Lekin ularning asosiy qismi yozuv paydo bo`lganidan so`ng, yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g`oyalar avvalo insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o`rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo`lsa, ulardagi nodir fikrlarni hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiy`t kasb etadi, katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Iqtisodiyot baynalmilal xodisa bo`lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar va mamlakatlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. Hozirgi davrda ham bozor iqtisodiyotining prinsiplari hamma uchun bir xil bo`lishiga qaramasdan natijalar turlichadir.XVIII asr oxirida klassik iqtisodiy maktab vakillari Adam Smit va David Rikardo obyektiv, ya'ni inson xohishiga bog`liq bo`lmagan, ammo, ular tomonidan o`rganilishi mumkin bo`lgan qonunlar asosida amal qiluvchi xo`jalik tizimi to`g`risidagi ta'limotni yaratdilar. Ularning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati bu qonunlarga xilof bo`lmay, aksincha, bu qonunlarga suyanishi kerak, ana shunda iqtisodiyot ravnaq topadi va aksincha. Demak, bu qonun va qonuniyatlarni bilish, ulardan amaliyotda to`g`ri foydalanish hayot talabi bo`lib bormoqda. Uzoq o`tmishdagi ko`pgina o`gitlar, hayotiy tajribalar, allomalarning fikri va g`oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o`rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish zarur.
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi deyarli to`rt ming yillik rivoji davomida bir qancha bosqichlarni bosib o`tdi. Ularning turli yo`nalishlari va maktablari mavjud (1-chizmaga qarang).
Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasidagi 60 dan ortiq oliy o`quv yurtlarining ko`pchiligida, iqtisodiyot universiteti, in-stituti, ayrim fakul'tet va guruhlarida "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" iqtisodiy zarur fan sifatida o`qitilmoqda. Ayrim akademiya, kollej, iqtisodiy yo`nalishdagi litsey, o`rta maktablarda "Iqtisodiyot tarixi" va "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" ham maxsus fan sifatida o`qitilmoqda. Ammo bu fanlarni o`qish va o`qitish bilan bog`liq bo`lgan uslubiy ishlar aslini olganda bir kafedrada olib borilmoqda.
1963 yili, Toshkent Xalq xo`jaligi instituti, hozirgi iqtisodiyot universitetida taniqli iqtisodchi olim SAIDAHMAD G’ULOMOVICH G’ULOMOV (1910-1994) tashabbusi bilan tashkil etilgan, hozircha O`zbekistondagi, hatto Markaziy Osiyodagi yagona "Iqtisodiy tarix" kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholi qudrat dastur, o`quv
5
qo`llanmalari va boshqa materiallar tayyorlanmoqda va nashr etilgan. Kafedra rasman bo`lmasa ham amalda uslubiy markazga aylangan. Ammo yaratilgan materiallar sifatini jahon andozalari darajasiga ko`tarish vazifasi turibdi.
1992 yili kam tirajda chop etilgan ma'ruzalar matni, 1997 yili chiqqan o`quv qo`llanma allaqachon tarqalib, yangi darslik yaratish zarur bo`lib qoldi.
Antik olimlarning iqtisodiy qarashlari
Fiziokratlar
Merkantilizm
O`rta asrdagi iqtiso- diy qarashlar
Ili klassik maktab
Tarixiy maktab
Utopik-sotsialistik nazariyalar
Liberal maktab
Angliya klassik maktabi
Yangi tarixiy mak- tab
Markscha iqtisodiy ta’limot
Marjinalizm
Neoklassik yo`nalish
20-30 yy.
neoklassik nazariyalar
Neoklassi- kaning tan- qidi
Institutsionalizm
Marksizmning sotsial-demok- ratik yo` nalishi
Marksizmning bolshevik yo`- nalishi
Keynschilik
Sovet davridagi iqti- sodiy g`oyalar
Hozirgi davr neok- lassik maktabi
Hozirgi davr keyn- schiligi
Hozirgi davr insti- tutsionalizmi
Do'stlaringiz bilan baham: |