6- mavzu. Mo‘G‘illar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin manguberdi mard va jasur ajdodlarimiz asosiy tushuncha va iboralar



Download 28,78 Kb.
bet1/5
Sana31.12.2021
Hajmi28,78 Kb.
#232208
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AReNVFCCSc1OKFmudMSFOQ3SaAtJPfEd


6- MAVZU. MO‘G‘ILLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI KURASH. JALOLIDDIN MANGUBERDI MARD VA JASUR AJDODLARIMIZ

Asosiy tushuncha va iboralar: tuman; ulus; qurultoy; bosqoq; xon; bosqin; begar; payza; aloqa.
6.1. Chingizxon tomonidan moʻgʻullar imperiyasiga asos solinishi hamda uning Xorazmshohlar davlati bilan munosabatlari

XI-XII asrlarda moʻgʻullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda qoloq hisoblanar edi. Ularda xali urugʻ-aymoqchilik munosabatlari kuchli boʻlib, asosan chorvachilik, ovchilik va oʻzaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shugʻullanib kelishgan. XII asr oxiri – XIII asr boshlarida moʻgʻul urugʻ boshliqlari orasida ichki kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda Temuchin ismli bahodir gʻolib chiqib, 1204-1205- yillarda koʻchmanchi chorvador urugʻlarni siyosiy jihatdan birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1206- yilda u Onon daryosining yuqori qismida qurultoy chaqirdi. Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli xon ma’nosini bildirgan.

Ana shu tariqa Temuchin koʻp sonli jangari qabilalar saltanatining kuchli hukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining oʻzagini Chingizxon yurgizgan qattiqoʻl va huquqiy jihatdan asoslangan, markazlashgan siyosat tashkil etdi. Diniy va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini oʻz ichiga olgan bu huquqiy siyosat 1206- yildagi qurultoyda qabul qilingan, “Yasoq” qonunida asoslab berilgan edi. Ta’kidlash joizki, “Yasoq” koʻp yillik hayot tajribasi, qabila va urugʻlarning urfu-odati, an'anasi, oʻzini oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi.

“Yasoq”ning e'lon qilinishi Chingizxonning mutloq hukmdorligini, oʻta qattiq intizomli va kuchli harbiylashgan mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi. Ikir-chikirlarigacha mukammal ishlab chiqilgan va harakatga keltirilgan bu ulkan tizim oʻzga davlatlar uchun jiddiy xavf edi. Chingizxon qoʻshinlari turli qismga boʻlingan boʻlib, oʻn jangchiga bir boshlik-oʻnboshi va shunga oʻxshab yuzboshi, mingboshi va tumanboshilar qoʻyilgan. Davlat unvonlari va mansablar – ulugʻ, oʻrta va kichik hokimlar dorugʻalar, oliy va quyi hokimlardan iborat boʻlgan. Chingizxon davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va oʻqishdan bexabar boʻlgan xon bu boradagi davlat ishlarida uygʻurlar va savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.

Chingizxon 1207- yilda oʻz mamlakatining shimoliy yerlarini, 1207-1208- yillarda Yenisoy daryosi xavzasini, 1211-1215- yillarda Xitoyni egalladi. Ayniqsa, Sin sulolasining qulatilishi va uning natijasida erishilgan behisob harbiy oʻlja va boylik, zamonaviy jang asboblari va uskunalar Chingizxon qoʻshinini yangi yurishlarga ilhomlantirdi. Moʻgʻullar davlati qisqa muddat ichida Oʻrta Osiyodagi Xorazmshohlar davlatiga chegaradosh mamlakatga aylandi.

Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari oʻrtasida elchilik munosabatlari oʻrnatildi. 1216- yil Chingizxon xuzuriga Xorazmshoh oʻz elchilarini yuboradi. Oʻzaro totuvlik va doʻstlik qaror topib, ikki davlat hududlarida savdogarlarning erkin qatnoviga xoxish bildirildi. Soʻng, 1218- yili Xorazmshoh yangi elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalovoch boshchiligida Xorazmshoh davlatiga elchi yuboradi. Ammo munosabatlar borgan sari keskinlashib bormoqda edi.

1218- yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450 savdogarlardan iborat savdo karvonini joʻnatadi. Biroq Oʻtror noibi Inalxonning farmoniga koʻra, karvon talanadi, savdogarlar qirib tashlanadi. O‘tror shahridagi elchi va savdogarlar fojiasi ikki o‘rtada urush bo‘lishini muqarrar qilib qo‘ydi. O‘tror fojiasi xususida turli ma’lumotlar mavjud. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, karvon O ‘tror shahriga yetib kelganida shahar hokimi, Turkon xotunning amakivachchasi Inolchiqxon undagi qimmatbaho mollami ko‘rib, ochko‘zligi avj oladi va niyati buzilib, Xorazmshohga “karvondagilar o‘zlarini josusdek tutayaptilar”, deb shoshilinch xabar yuboradi. Xorazmshoh hokimga karvonni mamlakat ichkarisiga kiritmay, to‘xtatib turish haqida buyruq yuboradi. Lekin Turkon Xotun himoyasiga ishongan Inolchiq katta fojiaga qo‘l uradi, ya’ni uning buyrag‘i bilan karvon qo‘lga olinadi, savdogarlar va boshqa kishilar qatl etilib, karvondagi mollar musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qolgan bir tuyakash Chingizxon huzuriga yetib borib, fojia haqida unga xabar berishga muvaffaq bo‘ladi.

Arab tarixchisi Ibn al-Asming yozishicha, Inolchiqxon katta karvonni O‘trorga yetib kelganligi haqida Xorazmshohga xabar beradi. Xorazmshoh karvondagi barcha savdogar va xizmatchilarni o‘ldirishni va boyliklami saroyga yuborishni buyuradi.

Xorazmshoh albatta, O‘tror fojiasi aybdorlarini Chingizxonga topshirish talablarini bajara olmasligi aniq edi. Chunki bir tomondan, Inolchiq Turkon Xotunni amakivachchasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qipchoq sarkardalari bilan qarindosh edi. Tabiiyki, ular bu ishga, ya’ni Inolchiqni hibsga olib, Chingizxonga yuborilishiga yo‘l qo‘ymasdilar. Shu sabab Chingizxon bilan munosabatlar yanada keskinlashdi. Shuni ta’kidlash joizki, Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasiga elchilarga nisbatan xushmuomalada bo‘lishni, 0 ‘tror fojiasining asosiy aybdori Inolchiqni Chingizxon huzuriga jo ‘natishni maslahat beradi. U Sirdaryo bo‘ylaridan to Suriyagacha cho‘zilgan katta davlatdagi musulmonlarning qoni to‘kilgandan ko‘ra, bitta odamning qoni to‘kilishini afzal bilgan edi. Biroq, shoh Jaloliddinning dono maslahatini inobatga olmaydi. Jaloliddin bo‘lajak dahshatli urushni, qirg‘inni awaldan ko‘ra bilgan edi.

Chingizxon bu voqeadan nihoyatda dargʻazab boʻlsada, gʻazabini bosib, Ibn Kufroj Buhroni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan birga Xorazmshoh xuzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdorni jazolash, Inalxonni unga topshirishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini oʻldirishni va ikki mulozimni soqol-moʻylovini qirib sharmandali qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat oʻrtasida harbiy toʻqnashuv muqarrar ekanligini koʻrsatadi.

Xorazm mamlakatining harbiy qudrati, geografik holati davlat boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon oʻrgangan Chingizxon ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay ekanini tushunadi hamda 1218- yil chaqirilgan navbatdagi qurultoyda harbiy harakatlar taktikasini ishlab chiqadi.


Download 28,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish