6- mavzu. Mo‘G‘illar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin manguberdi mard va jasur ajdodlarimiz asosiy tushuncha va iboralar



Download 28,78 Kb.
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi28,78 Kb.
#232208
1   2   3   4   5
Bog'liq
AReNVFCCSc1OKFmudMSFOQ3SaAtJPfEd

6.2. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar hujumi

1219- yilning kuzida Chingizxonning deyarli 200 minglik qoʻshini toʻrt yoʻnalish boʻyicha Xorazm yerlariga yopirilib keladi. Oʻgillari Chigʻatoy va Oʻqtoy Oʻtror (Sirdaryo boʻyida)ga, yana bir oʻgʻli Joʻji Urganchga, Chingizxonning oʻzi Buxoroga hujum boshlaydi.

Harbiy kengashdayagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan) Shahobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini Sirdaryoning narigi tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan mo‘g‘ul qo‘shiniga dam olgani qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishigayo‘l qo‘yish, keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi. Ba’zilar esa, ko‘p sonli Xorazm qo‘shinini qal’alarga bo‘lib tashlash va har bir qal’aning mudofaasini tashkil etishni o‘sha qal’a himoyachilariga topshirish taklifini kiritdi. Bu taklif Xorazm davlati uchun kuchli dushman bilan yakkama-yakka kurashishda halokatli taklif edi.

Ma’lum sabablarga ko‘ra, Xorazmshohga ushbu taklif ma’qul keldi. Tarixchi Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o‘zining ko‘p sonli qudratli qo‘shinini qaFalarga bo‘lib yuborib, tuzatib bo‘lmaydigan katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Hatto, yevropalik tarixchi olimlar ham o‘z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni Chingizxonga qarshi kurashda noto‘g‘ri taktika qo‘llab, o‘z mamalakatini halokatga olib borganlikda ayblaydilar. Sulton Muhammadning qabul qilgan qat’iy qarori bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo‘g‘ullar bo‘linib-bo‘lmib ketgan harbiy qismlarni osongina birin-ketin tor-mor qilib, qisqa fursatda Movarounnahrni egallashlariga qulay imkoniyat tug‘ilgan edi.

Mo‘g‘ul istilochilari yo‘lidagi dastlabki yirik shahar O‘tror edi. Lekin, shahar mudofaachilari mo‘g‘ullarning quturib qilgan hujumlariga qaramay, ulami qattiq turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali besh oydan ortiqroq davom etgan va uning himoyasida 80 mingdan ziyod askar ishtirok etgan. Qamal paytida mo‘g‘ullarga ham katta talafot yetkazilgan. Inolchiq sarkardalaridan Qoracha Hojib qarshilik ko‘rsatish befoyda deb, mo‘g‘ullarga taslim bo‘lishni taklif qiladi. Inolchiqdan rad javobini olgach, u o‘z qshini bilan shahardan chiqib mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi.

Nihoyat, boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo‘ladi va mo‘g‘ullar shaharga bostirib kirib, juda qattiq vahshiyliklar qiladi. Himoyachilar qirib tashlanadi. Hokim Inolchiq esa, tezda qo‘lga olinib, uning ko‘zi va qulog‘iga qo‘rg‘oshinni eritib quyadilar. Mo‘g‘ullar sotqin Qoracha Hojibni o‘z hukmdoriga sodiq boimagan - bizga ham sodiq boimaydi, deb qatl etdilar. Shunday qilib, 0 ‘tror shahrining mudofaasi Xorazmshohning loqaydligi tufayli fojia bilan tugaydi. Bu vaqtda Jo‘chi boshliq mo‘g‘ul qo‘shini Sirdaryoning quyi qismida joylashgan Sig‘noq shahrini yetti kunlik qamaldan so‘ng ishg‘ol qildi. Dushman shahar himoyachilaridan qattiq o‘ch oldi.

Ammo oddiy xalq va oʻz yerining ozodligi uchun kurashgan hokimlar moʻgʻullar istilosiga qarshi jiddiy kurashga bel bogʻlaydi. Oʻtror shahri Inalxon boshchiligida 5 oy davomida qamal xolatida bosqinchilar hujumlarini daf etadilar. Nihoyatda katta talofat koʻrgan moʻgʻullar kuch safarbar etib shaharni egallagach, uning ximoyachilaridan shafqatsiz oʻch oladilar va ular boʻysunmas shaharni yer yuzidan yoʻq qilib tashlash uchun koʻp harakat qilganlar.

Xo‘jand shahriga endigina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda Temur Malik taqdiriga esa dushmanning katta kuchiga qarshi kurashish yozilgan edi. Jon-jahdi bilan Xo‘jandni himoya qilgan Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni yaxshi tushunib, 72 ta qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko‘p qurbonlar berib, daryo oqimi bo‘ylab suzib, mashaqqatlar bilan bilan Urganchga yetib keldi. Xo‘jand ham dushman tomonidan egallandi. Temur Malik Xorazmda urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga ham erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.

1220-yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni qamal qildi. Noteng dushmanga qarshi Gurxon boshchiligidagi 400 jangchi 12 kun davomida Buxoroning Ark qal'asida taslim boʻlmay, umrining oxirigacha kurashadilar. Alamga mingan moʻgʻullar bunga javoban buxoroliklarning 30 mingini qirib tashlaydilar. 1220- yil martida Samarqandga qarshi harakat boshlanadi. Janglar natijasida shaharliklarning 75 foizi halok boʻlgan yoki asirlikka olingan.

Samarqand jangidan soʻng Alovuddin Muhammad tahlikaga tushib, oʻz mamlakatidan qocha boshlaydi. Avval Iroqqa, soʻng Kaspiy boʻylariga ketadi. 1221- yilning fevralida u ayanchli tarzda vafot etadi. Manbalarga ko‘ra, Xorazmshoh o‘limi oldidan saltanatni faqat Jaloliddingina saqlab qolishi mumkinligiga ko‘zi yetgach, uning beliga qilich taqadi. Jaloliddinni taxt vorisi va valiahd deb e’lon qilingani hamda qolgan farzandlarining uning izmidan chiqmasligi haqidagi barcha vasiyatlarini yozma ravishda Jaloliddinga beradi.

1220-yil kuzida mo‘g‘ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini egallab, uni talon-taroj qildi. Endi Chingizxon xorazmshohlaming markazi, tayanchi bo‘lgan Urganch shahrini egallashga bel bog‘ladi. Chingizxon bu shahar istilosiga eng sara 50 ming kishilik askar kuchlarni tashlaydi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Urganchga mo‘g‘ullar bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o‘g‘illari Uzloqshoh va Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar. Lekin, ular uzoqqa bora olmadi va Niso (hozirgi Ashxobod) shahri yaqinida mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldilar. Shahami himoya qilish esa, qo‘rqoq va amalparast, o‘zini sulton deb e’lon qilgan Xumortegin degan kimsaga tekkan edi.

Uzoq davom etgan ko‘cha janglarida minglab dushman askarlari o‘ldiriladi.\ Mo‘g‘ullar shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash, manbalarda qayd etilishicha, besh oy davom etgan. Moʻgʻullar shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar ximoyasida sabot turgan 76 yoshli shayx Najmiddin Kubro (asl ismi Ahmad ibn Umar Xivakiy) ning “Yo Vatan, yo sharafli oʻlim” deb qilgan xitobi ila har qaysi uy uchun jang olib boriladi. Urganch kurashi yetti oy davom etadi. Xaligacha moʻgʻullar hech yerda bunchalik koʻp talofat koʻrmagan edi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun boigan mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g‘alaba qozonishi mushkul edi. Ilojsizlikdan holi tang boiib, taslim bolgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-taroj etiladi. Juvayniyning yozishicha, 100 ming nafar hunarmand asirga olinib, qolganlari qirib tashlanadi. Shaharning bosh to‘g‘oni buzib yuboriladi va Urganchni suv bosib, vayron boladi.

Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng mamlakat hududini tasvirlash nihoyatda og‘ir. Bu hududlarda gullab-yashnayotgan shahar va qishloqlar bamisoli kultepaga aylandi, hayot butunlay izdan chiqdi. Bir paytlar aholisi gavjum bo‘lgan guzarlar, bozorlar va savdo yo‘llari bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Mo‘g‘ullar bosqini o‘lka xalqlarining moddiy va ma’naviy taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Yozma manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi, oyoq osti qilindi. Ular xalqning turli sohadagi arboblari, olim-u donolarini, ulug‘ kishilarining ko‘pchiligini qirib tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning deyarli yarmiga qadar ham tiklash juda mashaqqatli kechdi.


Download 28,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish