Ijtimoiy-institutsional yo`nalish evolutsiyasi
Yuqorida institutsional yo`nalishning asosiy g`oyalari va dasturi ko`rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo`nalish g`oyalari dolzar- bligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda, "Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan". Bu yo`nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta'limotda hozirgi
315
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda mu- him o`rinni egallaydi. Ularning fikricha, ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli jamiyatdagi sotsial qarama-qarshiliklar yo`qolib boradi. Jamiyatning kon- fliktlarsiz evolutsiyasi, uning industrial jamiyatdan postindustrial, superin- dustrial yoki "neoindustrial", informatsion jamiyat sari rivoji ro`y beradi. Texnik-iqtisodiy omillarni mutlaqlashtirish tufayli yangi konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt, Pitirim Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen - Niderlandiya).
"Industrial", "postindustrial" jamiyat nazariyasi ikki sotsialistik va kapitalistik tizimni yagona tizimga keltiruvchi "konvergensiya" nazariya- lari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart "Hozirgi zamon kapitalizmi" asarida pluralizm, ya'ni turli sotsial tizimlarni - kapitalistik, sotsialistik, mayda ishlab chiqaru- vchilarni yagona plyuralistik jamiyatga birlashtirish g`oyasini aytgan edi.
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to`laroq ifodasini top-gan. Unda ikkala tizimda ro`y berayotgan umumiy o`zgarishlar qayd etiladi (rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o`rtasidagi farqlarning yo`qolib borishi, tashqi muhitni o`rganish, fan va ta'limning mehnat taqsimoti o`sishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta-sekin kapitalizmning "yomon" tomonlari sotsializmning "yaxshi" xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, "kapitalizm transformatsiyasi" ro`y berishi bashorat qilinadi.
J.K.Gelbreytning asosiy asarlari quyidagilardir: "Mo`l-ko`lchilik jamiyati" (1958), "Yangi industrial jamiyat" (1967), "Iqtisodiy nazariyalar va jamiyat maqsadlari" (1973), "Pullar" (1975), "Ishonchsizlik asri" (1977). Bundan tashqari, olimning ko`pgina maqola va intervyulari ham bor.
Superindustrial jamiyat to`g`risidagi g`oyalar amerikalik futurolog Tofflerning "Uchinchi to`lqin" kitobida bayon etiladi. Unda "yangi sivilizatsiya" davri vujudga keladi, deyilgan.
Keyingi paytlarda neoinstitutsionalizm nazariyalari ham paydo bo`lmoqda. Bu nazariyalarda texnik omillarni mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e'tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo`l bilan mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi (Jeyms Bukenen - AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ham
316
o`zgarmoqda, bu siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g`oyasi shuki, inson postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun o`z siyosatini qayta ko`rib chiqishi kerak bo`ladi, XXI asr esa "inson asri" deb e'lon qilinadi.
Iqtisodiy evolutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi iqtisodiy-globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolutsiya turli iqtisodlarning o`zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta'minlaydi, bunda inson bosh, hal qiluvchi o`z o`rnini egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |