O’zbekiston aholisi ko’p millatliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibini 100 dan ortiq millat va elatlar vakillari tashkil etadi. Oktyabr to’ntarishiga qadar aholi ro’yhatlari o’tkazilmaganligi bois O’zbekiston aholisining u davrdagi milliy tarkibi xaqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Avvalo, aholining milliy tarkibini
kuzatilganda quydagi holat ko’zga tashlanadi: yillar davomida O’zbekistonda yashagan barcha millatlar garchi son jihatdan ancha ko’paygan bo’lsalar-da, mahalliy tub millatlar aholi tarkibida salmoqli o’rinni egallaydilar.
So’nggi o’n yillar mobaynida tub mahalliy millatlar miqdori va salmoq ko’rsatkichlariga ko’ra yuqori o’sish sur’atlariga erishganlar. Respublikada o’zbeklar, tabiiyki, aholining mutloq ko’pchiligini tashkil qiladi va ularning aholi umumiy soni aholi ro’yhati o’tkazilgan davrlar oralig’ida 2,8 marta ko’paydi va ularning respublika aholisidagi salmog’i 62,1 foizdan 71,4 foizgacha o’sdi. Shuningdek, mahalliy millatlardan tojiklar 3 barobar, qozoqlar va qoraqalpoqlar 2,5 barobarga o’sdi. Ayni paytda boshqa mahalliy millatlar ham butun aholiga nisbatan tutgan salmog’ini nafaqat saqlab qola oldilar, balki ma’lum ma’noda miqdor jihatdan ko’payib ham bordilar. Masalan, tojiklarning umumiy aholiga nisbatan salmog’i aholi ro’yhati o’tkazilgan davr oralig’ida 3,8%dan 4,7%gacha ortdi. Turli davrlarda mamlakat hududiga kelib joylashgan boshqa millat vakillari, avvalo yevropaliklar ham o’tgan yillar moboynida son jihatdan birmuncha ko’paydilar. Jumladan, ruslar soni 624 ming va boshqa millat vakillari soni esa 545 ming kishiga ko’paydi. Ammo, shunga qaramay ularning umumiy aholiga nisbatan salmog’i shu yillar moboynida sezilarli darajada ko’payib bordi. Bunday miqdoriy o’zgarish rus millatiga mansub aholi o’rtasida 1959 yildagi 13,5 %dan 7,9%gacha kuzatildi (31- jadval).
Ta’kidlash lozimki, Hamdo’stlikdagi mamlakatlarning birortasida ham, mahalliy millat vakillari to’laligicha o’z respublikalari hududida yashayotganlari yo’q. Tabiiyki, o’z respublikalarida yashayotganlarning butun millatga nisbatan salmog’i turlicha. Masalan, sobiq SSSRda yashagan barcha gruzinlar, turkmanlar va boltiqbo’yi millatlariga mansub aholining 90%dan ortig’i o’z respublikalarida istiqomat qiladilar. Hozirgi paytda Hamdo’stlikda yashayotgan barcha o’zbeklarning 84,7%i O’zbekistonda yashamoqda. Sobiq SSSRning boshqa respublikalarida 2556 ming yoki barcha o’zbeklarning 15,3%i istiqomat qilmoqda. Bunda tub millat vakillarining o’z ona vatanlariga ko’chib borishini ifodalovchi intilish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |