Iqtisodiy geografiya


-jadval O’zbekiston aholisining soni, o’sish sur’ati va joylashishi



Download 296,14 Kb.
bet92/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

29-jadval O’zbekiston aholisining soni, o’sish sur’ati va joylashishi





Yillar


Aholining umumiy soni ming

Shu jumladan

Shaxar aholisi

Qishloq axolisi

Shahar foiz

Qishloq foiz

1897

3948

374

3205

18,8

81,2

1913

4334

1060

3274

24,5

75,5

1926

4621

1012

3609

22,0

78,0

1939

6374

1470

4877

23,0

77,0

1940

6551

1606

4945

24,5

75,5

1959

8119

2729

5390

33,6

66,4

1970

11799

4322

7477

36,6

63,4

1979

15391

6348

9043

41,2

58,8

1989

19906

8106

11800

40,7

59,3

1990

20322

8282

12040

40,8

59,2

1991

20738

8344

12364

40,3

59,7

1995

22562

8733

13829

38,7

61,3

1997

23444

8944

14500

38,2

61,8

1998

23885

9100

14785

38,1

61,9

Aholining son jihatidan o’sish bosqichlarida Vatan urishi yillari alohida ajralib turadi. Urush tufayli ayni kuch-quvvatga to’lgan erkaklarning uzoq muddatga oilasidan tashqarida qolishi (ularning anchagina qismini jangohlarda nobut bo’lishi), amalga oshishi lozim bo’lagan ko’plab nikoxlarning kechiktirilishi, demografik tartibga ta’sir ko’rsatdi. Garchi urush yillarida aholi dinamikasida chuqur uzilishlar kuzatilgan bo’lsada (respublikada aholining urush arafasidagi ko’rsatkichlar faqat 1952 yilda erishildi) undan keyingi yillarda demografik statistikasida rasman tan olinganidek aholini to’ldirish davri – demografik faolligi tufayli O’zbekistonda aholi soni tez o’sdi. 1940-1959 yillarda aholining yillik o’sish sur’ati 1,1%ni tashkil qilgan.


Garchi 1960- yillardagi tug’ilish pasaygan davr avlodi tiklanish (reproduktiv) yoshga kirgan bo’lsa, aholi sonini yuqori sur’atlarda o’sishi 80-yillarda ham davom etdi. 1979-1989 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yhati ma’lumotlariga ko’ra keyingi o’n yil mobaynida O’zbekistonning aholisi 4,5 mln. Kishiga ko’payib, uning o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6%ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich O’zbekistonda, Sobiq SSSRning boshqa respublikalarida va jahonning deyarli barcha davlatlarida aholining ko’payish sur’atlarida kuzatilayotgan tabiiy sustlashish jarayoni sodir bo’layotganidan dalolat beradi.
Aholi soning tadrijiy o’sishi (dinamikasi) ma’lumotlarining tasdiqlashiga ko’ra, O’zbekiston aholisi soni XX asr moboynida ancha tez ko’payib bordi. Masalan,
1926-1990 yillar orasida O’zbekiston aholisi 436,1 foiz ko’paydi. Bu Hamdo’stlik davlatlari orasida eng yuqori ko’rsatkichlardan bo’lib, sobiq SSSRning ushbu davrdagi aholisi ko’payish sur’atlariga nisbatan 2,2 barobar ortiq bo’lgan.
O’zbekistonda aholi tabiiy ko’payishi ko’rsatkichlarining bu qadar yuqori holda bo’lishi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy sabablar bilan bog’liqdir.

  1. O’zbeklar va boshqa maxalliy millatlar vakillari (ular respublika aholisining 84%ga yaqinini tashkil qiladilar) orasida an’anaviy ko’p bolalilikning barqaror holdaligi;

  2. Rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lgan zamonaviy ilmiy va industrial ishlab chiqarish madaniyatining nisbatan pastligi;

  3. Urbanizatsiya darajasining pastligi tufayli aholi asosiy qismining qishloq xo’jaligi va u bilan bog’liq ishlab chiqarish sohalarida bandligi;

  4. Oilada bolalar sonini oldindan belgilash va tug’ilishni cheklash choralarini qo’llashning keng tarqalmaganligi;

  5. Mahalliy millat ayollari orasida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar salmog’ining yuqoriligi va boshqalar.

O’zbekistonda tug’ilishning yuqori bo’lishida nikoxda bo’lganlarning ko’pligi va oilalarning ajralish xolatlarining kamligi ham ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, nikohda turganlar va nikoh qurayotganlar sonining ko’p bo’lishi, ajralishning kam bo’lishi tug’ilish ko’rsatkichlarining sezilarli darajada yuqori bo’lishiga olib keladi.
Mazkur jarayonlarni e’tiborga olgan holda ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston aholisi faqat tabiiy o’sish hisobiga ko’paymoqda. Uning ko’rsatkichlari 1995 yilda 533,8 ming, 1996 yilda 509,0 ming, 1997 yilda 500,0 ming kishini tashkil etdi. Davlatlararo salbiy migratsiya aloqalari natijasida respublika aholisining mutloq soni bir muncha kamayishda davom etmoqda (1995 yilda 88,9 ming, 1996 yilda 72,5
ming, 1997 yilda 58,0 ming kishiga).

Download 296,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish